К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA ICHKI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI.

RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI. · Ramazonov Zafar Ulug'bekovich

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

In this article, modern methods of poverty reduction and internal development strategies in Uzbekistan are scientifically studied. In addition, the article analyzes the significance and results of the economic and social reforms carried out in the country. Keywords. Poverty, domestic development, strategy, education and healthcare, social reforms. Kirish. Zamonaviy O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy barqarorligini ta'minlashda kambag'allikni qisqartirish eng dolzarb vazifalardan biridir. Respublikada kambag'allikni yengish, aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy adolatni ta'minlash va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va strategiyalar samaradorligi katta ahamiyatga ega. Kambag'allik O'zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning oldinga siljishiga to'sqinlik qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, uning qisqartirilishi uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan siyosat va strategiyalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham keng ko'lamli o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Aholining keng qatlamlari uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, ish o'rinlari yaratish, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida yangiliklarni amalga oshirish kabi chora-tadbirlar kambag'allikni kamaytirishga qaratilgan asosiy mexanizmlardir. https://scientific-jl.com/ 4 5 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirishning zamonaviy usullari va ichki rivojlantirish strategiyalari shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Bu jarayonda davlat, xususiy sektor, va xalqaro tashkilotlar hamkorligi muhim rol o'ynamoqda. Shuningdek, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va iqtisodiyotda diversifikatsiya jarayonlarini kuchaytirish kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Maqsad — kambag'allikni qisqartirishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar va strategiyalarni tahlil qilib, ularning samaradorligini baholash, shu bilan birga, o'zbek xalqining farovonligini oshirishga xizmat qiladigan istiqbolli yo'nalishlarni belgilashdir. Bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar nafaqat kambag'allikni kamaytirishga, balki iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, yangi ish o'rinlarini yaratish, va aholi farovonligini oshirishga ham qaratilgan. Tahlillar va natijalar. O'zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ichki rivojlantirish strategiyalari natijalarining tahlili, mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samarali bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Biroq, kambag’allikni to‘liq yo‘qotish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada kengaytirish va ijtimoiy yordamlarni kengaytirish zarur. 1. Kambag’allikni qisqartirishning asosiy strategiyalari. Zamonaviy O’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo'nalishlari 2017 yildan boshlab davlatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatida o'zgarishlar yuz berishi bilan yangi bosqichga kirdi. Respublikada kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan asosiy strategiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: Iqtisodiy islohotlar: O'zbekistonda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilgacha aholi jon boshiga yillik yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi sust bo‘lsa, so‘nggi yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari sezilarli darajada oshdi. Bu esa, ish o'rinlari yaratish va kambag'allarni qisqartirishga yordam bermoqda. Ijtimoiy islohotlar: Kambag’allikni kamaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida davlat ijtimoiy yordamlar, nafaqa tizimining takomillashtirilishi, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalariga investitsiyalarni oshirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Misol uchun, Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash, shuningdek, aholining ijtimoiy jihatdan zaif guruhlariga davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamni taqdim etishning yagona tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda belgilanganidek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat https://scientific-jl.com/ 4 6 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni taqdim etishda fuqarolardan 11 ta hujjat yoki ma'lumotnoma talab qilish taqiqlanadi. Eng asosiysi, fuqarolar ijtimoiy yordamning 7 xil turidan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan yangi strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatda ish o'rinlari yaratish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlar mavjud. Bular orasida, “Yoshlar bandligini ta'minlash” dasturi, ayollarni ish bil

Доказательный фрагмент

«In this article, modern methods of poverty reduction and internal development strategies in Uzbekistan are scientifically studied.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, modern methods of poverty reduction and internal development strategies in Uzbekistan are scientifically studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Poverty, domestic development, strategy, education and healthcare, strategiya, ta’lim va sog’liqni saqlash, ichki rivojlanish, Kalit so’zlar. Kambag’allik, ijtimoiy islohotlar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники