Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBERXAVFSIZLIK:RAQAMLI DUNYODA MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Akbaraliyeva Munojat G‘ulomjon qizi · Ilmiy raxbar:Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются понятие кибербезопасности, основные угрозы и возможные пути их устранения. Особое внимание уделяется таким проблемам, как утечка данных, фишинг, вредоносные программы и DDoS-атаки, а также техническим, социальным и правовым мерам по их предотвращению. Приводятся актуальные реформы и рекомендации в области кибербезопасности в Узбекистане и за рубежом. Ключевые слова: кибербезопасность, информационная безопасность, цифровые угрозы, фишинг, вредоносное ПО, DDoS, шифрование Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo’lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan : kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan sharoitda amallarni to’g’ri bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya, inson, axborot va https://scientific-jl.com/ 5 2 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo’lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini,etika va risklarni boshqarishni o’z ichiga oladi. Tarmoqlar sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan [2]: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni;foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi.Kiberxavfsizlik nafaqat texnologik masala, balki ijtimoiy, huquqiy va siyosiy ahamiyatga ega yo‘nalishdir. Uni ta’minlashda texnik vositalar bilan birga inson omili, foydalanuvchi madaniyati, qonunchilik bazasi va xalqaro hamkorlik ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi raqamli transformatsiyani bosqichma-bosqich joriy qilayotgan davlatlar uchun bu soha juda muhim hisoblanadi.Mazkur maqolada kiberxavfsizlik tushunchasi, asosiy muammolari, mavjud yechimlari, xalqaro tajriba hamda foydalanuvchi va jamiyat darajasida bu boradagi yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashda dolzarb bo‘lgan tavsiyalar ham keltiriladi. Kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar turlicha va murakkabdir. Eng ko‘p uchraydigan tahdidlar quyidagilardan iborat: 1. Ma’lumotlar buzilishi (Data breach) Turli kompaniyalar va tashkilotlar mijozlari yoki foydalanuvchilariga oid maxfiy ma’lumotlarni saqlaydi. Ushbu ma’lumotlar — parollar, bank ma’lumotlari, shaxsiy hujjatlar kabi nozik axborotlar — kiberjinoyatchilar uchun asosiy nishondir. Bu ma’lumotlar noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilib, sotilishi yoki zararli maqsadlarda ishlatilishi mumkin. 2. Phishing va soxta xabarlar Foydalanuvchining ishonchini qozonish orqali uni aldab, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish usuli. Phishing xatlari ko‘pincha rasmiy tashkilotlardan yuborilgandek ko‘rinadi va foydalanuvchini havola bosishga undaydi. 3. Zararli dasturlar (Malware) Viruslar, troyanlar, spyware kabi zararli dasturlar qurilmaga o‘rnatiladi va u orqali ma’lumotlar o‘g‘irlanadi yoki qurilma ishdan chiqariladi. Ayniqsa, ransomware (garov dasturlari) oxirgi yillarda ko‘p tarqalgan — bu dasturlar ma’lumotlarni shifrlab qo‘yib, ularni qayta ochish uchun pul talab qiladi. 4. DDoS hujumlari Xizmat ko‘rsatuvchi saytlar va serverlarga haddan tashqari ko‘p so‘rov yuborish orqali ularni ishdan chiqarish maqsad qilinadi. Bu, ayniqsa, onlayn xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun katta yo‘qotishlarga olib keladi. https://scientific-jl.com/ 5 3 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun texnik vositalar, foydalanuvchi xabardorligi va davlat siyosati birgalikda harakat qilishi zarur. 1. Texnik himoya vositalari Kuchli antivirus va xavfsizlik devorlari (firewall) ishlatilishi kerak. Ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) foydalanuvchi himoyasini ancha kuchaytiradi. Ma’lumotlarni shifrlash (encryption) va zaxira nusxalarini saqlash muhim. 2. Foydalanuvchi xabardorligi Har bir foydalanuvchi xavfsiz parol yaratish, noma’lum havolalarga kirmaslik, shubhali ilovalarni yuklamaslik kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga amal qilishi kerak. Maktab, oliygoh va ish joylarida kiberxavfsizlik bo‘yicha treninglar o‘tkazilishi foydalidir. 3. Davlat va xalqaro darajadagi chora-tadbirlar Qonunchilikda axborot xavfsizligi bilan bog‘liq qat’iy normalar belgilanishi kerak. Xalqaro hamkorlik kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Yevropa Ittifoqidagi GDPR kabi qonunlar ma’lumotlar himoyasiga alohida e’tibor qaratadi. Hozirgi kunda O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda ham kiberxavfsizlik sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar: 1. Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi 2024-yil oktyabr oyid
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются понятие кибербезопасности, основные угрозы и возможные пути их устранения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются понятие кибербезопасности, основные угрозы и возможные пути их устранения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cybersecurity, information security, digital threats, phishing, shifrlash, axborot xavfsizligi, DDoS, Kalit so‘zlar: kiberxavfsizlik, raqamli tahdidlar, malware
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026