Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FONETIK USLUBIYAT
FONETIK USLUBIYAT · Tojimamatova Feruza Ikromjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Filalogiya fakulteti o`zbek tili va adabiyoti) · Karimova Ruxshonaxon Anvarjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Filalogiya fakulteti o`zbek tili va adabiyoti)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
В данной статье освещаются теоретические основы фонетической методологии,ее место и значение в лингвистике.В нем анализируется стилистическая функция фонетических средств,эстетическое влияние голоса,ударения,интонации и ритма в художественных текстах.Также освещаются размышления о том,как фонетическая стилизация проявляется в различных стилистических слоях. KALIT SO`ZLAR: fonetik uslubiyat , fonetik vositalar , tovush tizim , urg`u, intonatsiya,ritm,alliteratsiya,badiiy uslub,og`zaki nutq,ifodaviylik. Keywords:phonetic Stylistics, phonetic tools , sound system ,stress ,intonation, rhythm,alliteration,artistic style,oral speech, expressiveness. Ключевые слова: фонетическая методика,фонетические средства,звуковая https://scientific-jl.com/ 1 0 2 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi система,ударение,интонация,ритм,аллитерация,художественный стиль,устная речь,выразительность. Har qanday nutq tovushi, avvalo, nutq aʼzolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, yaʼni fiziologik xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning maʼlum elastik qatlamini tebratishidan hosil boʻladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan soʻz va morfemaning maʼno tomoni bilan tovush qobigʻi birgalikda inson ongida shakllanadi, zero inson maʼlum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmua zaminidagi maʼnoni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va nihoyat, eng muhimi, nutq maʼlum vazifani bajaradi, binobarin, funksional qimmatga ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga koʻra turli nuqtai nazardan oʻrganilishi mumkin. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan oʻrganishi (maqsadi) nuqtai nazaridan quyidagi turlarga boʻlinadi: umumiy fonetika; tarixiy (diaxron) fonetika; tasviriy (sinxron) fonetika; qiyosiy fonetika; eksperimental fonetika Yuqoridagilar bilan birga xususiy fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir til misolida oʻrganiladi. Fonetik uslubiyat-tilshunoslikning fonetika va uslubiyat sohalarini qamrab oluvchi yo`nalish bo`lib,til birliklarining tovush darajasidagi estetik,ekspressiv va funksional imkoniyatlarini o`rganadi.Har bir nutq uslubida fonetik vositalar ma`no ifodasi,hissiy ts`sir va ohangdorlikni kuchaytirishda muhim ro`l o`ynaydi.Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari,uning turli uslublardagi ko`rinishlari va badiiy matnlardagi estetik vazifalari tahlil etiladi. Fonetik uslubiyat asosan tovushlar tizimi,urg`u, intonatsiya,ritm kabi fonetik hodisalarning matndagi ifodaviy vazifasini o`rganadi.U nafaqat fonetik birliklarni o`zaro uyg`unlashtirish, balki ularning uslubiy yuklamasini ham aniqlashga xizmat qiladi.Ayniqsa, badiiy adabiyotda tovush uyg`unligi alliteratsiya kabi usullar matnning poetik kuchini oshirishda asosiy vosita sifatida qaraladi.Fonetik vositalarning badiiy matndagi funksiyasi badiiy uslubda fonetik vositalar obraz yaratish,hissiy ta`sirni kuchaytirish va matn ohangini belgilashda faol ishlatiladi.Masalan,alliteratsiya-bir xil undosh tovushlarning takroriy ishlatilishi orqali nutqqa musiqa va ritm olib kiradi.Fonetik uslubiyatning boshqa uslublardagi ko`rinishlari faqat badiiy matnlarda emas ,balki rasmiy,publitsistik va og`zaki nutq uslublarda ham o`ziga xos tarzda namyon bo`ladi.Rasmiy uslubda fonetik vositalarning vazifasi aniqlik va lo`ndalikni ta`minlshdir.Bu uslubda urg`u va pauza kabi hodisalar nutqning izchilligi va tushunarli bo`lishiga xizmat qiladi.Publitsistik uslubda esa fonetik vositalar nutqning obrazliligi va ta`sirchanligini kuchaytirish uchun qo`llaniladi. Jumladan, ohangdorlik, urg`u, intonatsiyaning o`rnini oshirish orqali auditoriyani ruhlantirish yoki ishontirishga erishiladi.Og`zaki nutqda fonetik jihatlar alohida o`rin tutadi.So`zlovchining https://scientific-jl.com/ 1 0 3 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi pauza,urg`u va intonatsiyadan to`g`ri foydalanishi tinglovchida to`g`ri tushuncha va emotsional ta`sir uyg`otadi. Fonetik uslubiyat tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo`lib,u til birliklarining tovushi darajadagi estetik va semantik imkoniyatlarini ochib beradi.Har bir nutq uslubining o`ziga xos fonetik xususiyatlari mavjud bo`lib,ular tilning go`alligi,ta`sirchanligi va mazmundorligini ifodalaydi.Fonetik vositalardan oqilona foydalanish o`quvchida chuqur emotsinal taassurot uyg`otadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. ”Fonetik stilistik uslublar” Maktabgacha ta`lim jurnali 2. Gadoyeva M.I. Nazariy fonetika.ZiyoNET,2019. 3. Iminov M.,Numonov T.,Boboxonovz D.O`zbek tili uslubiyati masalalari. 4. Nabiyeva D.A.,Zokirova H.R. O`zbek tili fonetikasi. https://scientific-jl.com/ 1 0 4 43-son_4-to’plam_Aprel -2025
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещаются теоретические основы фонетической методологии,ее место и значение в лингвистике.В нем анализируется стилистическая функция фонетических средств,эстетическое влияние голоса,ударения,интонации…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещаются теоретические основы фонетической методологии,ее место и значение в лингвистике.В нем анализируется стилистическая функция фонетических средств,эстетическое влияние голоса,ударения,интонации… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phonetic Stylistics, phonetic tools, sound system, stress, intonation, alliteratsiya, badiiy uslub, ritm, tovush tizim, KALIT SO`ZLAR: fonetik uslubiyat, ifodaviylik., fonetik vositalar, og`zaki nutq, intonatsiya, urg`u
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026