Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO XONLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARI
Hasanova Ozoda Abdurashid qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xonlik davridagi davlat yerlarining (mulki devoniy), vakolatli shaxslar egaligidagi (mulki xususiy) yerlar, hamda diniy muassasalarga ajratilgan (vaqf) yerlar asosida jamiyatda shakllangan ijtimoiy tabaqalanish, iqtisodiy munosabatlar va boshqaruv tizimi yoritiladi. Yer egaligi bilan bog‘liq soliqlar, majburiyatlar va ijarachilik tizimi ham tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi, yer egaligi, mulki devoniy, mulki xususiy, vaqf yerlar, soliq tizimi, ijarachilik, agrar munosabatlar, ijtimoiy tabaqalanish. Buxoro xonligi O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin egallagan davlatlardan biri bo‘lib, uning iqtisodiy asosini qishloq xo‘jaligi, xususan, yer egaligi tizimi tashkil qilgan. Yer munosabatlari xonlikda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan. Ashtarxoniylar davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi. XVIII asr boshlariga oid manbalarda xonlikka bo‘ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O‘ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon hukmronligi davrida Hisor, Turkiston, Farg‘ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta birlashtirilgan bo‘lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo‘qon xonliklari alohida davlat edi. Ashtarxoniylar sulolasi Jo‘jixon avlodidan bo‘lib, XIV asrning oxirlaridan boshlab Ashtarxon va uning atrofidagi hududlarga hokimlik qilgan. 1556-yilda Rossiya Astraxanni bosib olgach, Ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oilasi va qarindoshlari bilan Buxoroga ko‘chib keladi. Buxoro xoni Iskandarxon ularni hurmat bilan kutib oladi va o‘z qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek Sultonga turmushga beradi. Bu nikohdan Dinmuhammad, Boqi Muhammad va Vali Muhammad ismli uch o‘g‘il dunyoga keladi. Jonibek Sulton va uning o‘g‘illari Buxoro xonligida yuqori lavozimlarga ega bo‘lib, viloyatlar hokimi sifatida faoliyat yuritadilar. 1601-yilda Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tiradi va shu bilan Buxoroda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Bu sulola 175 yil davomida mamlakatni boshqargan. Boqi Muhammad boshqaruv davrida davlat sarhadlarini https://scientific-jl.com/ 1 1 7 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi mustahkamlashga intilgan. 1602-yilda Eron Safaviylariga qarshi yurish qilib, Balxni egallaydi va ukasi Vali Muhammadni u yerga hokim qilib tayinlaydi. Shuningdek, Toshkent uchun qozoqlarga qarshi kurashib, 1604-yilda ularni yengib, Buxoro xonligi tarkibiga qo‘shadi. Boqi Muhammad vafotidan so‘ng, ukasi Vali Muhammad taxtga chiqadi. Biroq qabila beklarining noroziligi kuchayib, Buxorolik amirlar isyon ko‘taradi. Natijada, Vali Muhammad asir olinib, qatl etiladi. Uning o‘rniga Imomqulixon taxtga chiqadi. U qozoqlar, jung‘orlar, qalmoqlar va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli harbiy yurishlar olib boradi. 1613-yilda Toshkentni xonlik tarkibiga qo‘shadi va o‘g‘li Iskandar Sultonni u yerga hokim etib tayinlaydi. Ammo Iskandar Sultonning zulmkor siyosati natijasida Toshkentda qo‘zg‘alon ko‘tarilib, u o‘ldiriladi. Imomqulixon bu isyonga qarshi qo‘shin yuborib, isyonchilarning jazolanishiga buyruq beradi. Imomqulixon davrida markaziy hokimiyat kuchaysa-da, viloyatlarni o‘z qarindoshlariga mulk sifatida taqsimlashi davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645- yilda qozoqlar Movarounnahrga yurish qilib, Xo‘jandgacha yetib keladi. XVI-XVII asr davri haqida aynan Buxoroning ijtimoiy-iqtisodoiy strukturasi haqida va hukmdorlarning shaxsiy fazilatiyu olib borgan islohotlari to’g’risida Yaqin Sharq va Uzoq Sharq davlatlari yozma hujjatlarida uchraydi. Eron va Hindiston bilan olib borilgan diplomatik aloqalari natijasida qoldirilgan hujjatlar ham bunga guvohlik beradi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday bo’lishidan qat’iy nazar Ashtarxoniylar ilm, madaniyat, san’at va me’morchilikka homiylik qilganlar. Shuning uchun ham Shayboniylar davrida rivoj topgan fan va madaniyat o’z an’analari bo’yicha ashtarxoniylar davrida ham davom etdi. Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va o‘zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo‘lgan qishlok xo‘jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg‘ona vodiysidagi dehqonlarning o‘z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o‘lponlarni o‘z vaqtida va doimiy yig‘ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishga harakat qilsalar-da, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko‘plab sug‘oriladigan yerlar jo‘ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko‘ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo‘lmasada, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug‘orish kanallarining xo‘jayinlari edilar. Yer egaligi – bu yerni egallash va undan foydalanish huquq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlarining tarixiy shakllanishi, asosiy yer mulk turlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy tabaqalanish., Kalit so‘zlar: Buxoro xonligi, mulki xususiy, ijarachilik, mulki devoniy, yer egaligi, vaqf yerlar, soliq tizimi, agrar munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025