Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
"FAYNBERG IJODIGA YANGI NAZAR"
Yuldosheva Elmira Akmal qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sheʼrlardagi falsafiy mushohadalar, ruhiy kechinmalar badiiy tasvir vositalari va shoirning ichki iztiroblari qanchalik goʻzal hamda teran aks etganini tahlil qilamiz. Kalit soʻzlar: obrazlilik, nazm, nasr, qiyoslash, toʻrtlik, badiiy boʻyoqdorlik, kulminatsiya, adabiy tushuncha, ijod koʻlami, badiiy adabiyot,tashbeh, epitet, tasviriylik. Adabiyot inson ruhining eng nozik pardalarini chertib, yurakdagi sezgilarga jilo beradigan ilohiy san’atdir. U inson tafakkurining mahsuli, tuyg‘ularning ifodasi, kechinmalarning so‘z vositasida jilo topgan shaklidir. Adabiyot — bu hayotning o‘ziga xos aksidir, unda insoniyatning armonlari, quvonchlari, dardlari va umidlari mujassam. U nafaqat inson qalbining teran qatlamlariga yetib boradigan kuch, balki jamiyatning tarixi, madaniyati va axloqiy qiyofasini aks ettiruvchi ko‘zgudir. She’riyat esa adabiyotning eng nozik va his-tuyg‘ularga boy janrlaridan biri bo‘lib, shoir o‘zining ichki dunyosini, yurak nidosini, qalb haroratini har bir misrada, har bir ohangda ifodalab, o‘quvchi qalbiga yetkazadi. She’riyat tafakkurning eng baland cho‘qqilariga ko‘tarilish, inson ichki olamining eng nozik va murakkab jihatlarini ochib berish vositasidir. Har bir she’rda shoirning ruhiy kechinmalari, shaxsiy dardu iztiroblari, tabiat va borliq bilan munosabati o‘z aksini topadi. She’rlar orqali inson o‘zini anglaydi, o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi bog‘liqlikni his qiladi, hayotning abadiyligi va o‘tkinchiligi haqida mushohada yuritadi. Adabiyot shunchaki so‘zlar yig‘indisi emas, u ong va qalb mahsuli bo‘lib, kishining ichki dunyosini shakllantiradi, hislarini tarbiyalaydi, uni hayot haqiqatlariga ko‘nikishga o‘rgatadi. She’riyat esa inson ruhiyati va kechinmalarining eng nozik va betakror jilvalarini ochib beruvchi badiiy haqiqatdir. Aynan shu sababli har bir she’r o‘zining ichki mohiyati, badiiy obrazlari, hissiyotlarning mujassamlanishi bilan inson yuragiga ta’sir qiladi. Axir, menga kimlar ishongandi- ya, Pinhon umid qilib yurakka malham?! Maysalar, hayvonlar ishongandilar... Menga ishongandi onajonginam. https://scientific-jl.com/ 2 5 2 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Erkinlik deb barin boy berib qoʻydim Onam qabri uzra yuzlarim shuvut Oʻt qoʻydim, maysalar qovjirab kuydi, Oʻt qoʻydim, hayvonlar boʻlishdi nobud. Sheʼrning dastlabki bandi mazmun jihatidan falsafiy va ruhiy iztirobga yoʻgʻrilgan. Shoir oʻziga kim ishonishini, umid va ishonch tuygʻularini qaysi manbalardan topishini soʻroq qilishi bilan sheʼrni boshlaydi. " Maysalar, hayvonlar ishongandilar..." degan misralar esa tabiat bilan inson orasidagi bogʻliqlikni yana bir bor koʻrsatadi. Bu yerda shoir oʻzining yolgʻizligi, jamiyat ichida oʻzini begona his qilishi alohida seziladi. Onaning obrazi esa sheʼrning eng asosiy badiiy unsurlaridan biridir, shuning uchun ham alohida oʻrin egallaydi. " Menga ishongandi onajonginam" satri inson qalbidagi eng yaqin va aziz kishisining ishonchi qanday muhimligini bildiradi. Bu ,oʻz navbatida , individualizm va inson motivlarining kuchayishini taʼkidlaydi. Keyingi misralarda ona vafot etganidan keyingi boʻshliq, dunyoning sovuq va begona koʻrinishi yanada yaqqol seziladi. " Onam qabri uzra yuzlarim shuvut" satri oʻquvchida ogʻir bir qaygʻu hissini uygʻotadi. Qushdek erkin boʻldim, mana, nihoyat Kishandamasman- ku bamisoli qul? Bolaligimdagi soʻlim tabiati Nega tushlarimga kirmaydi nuqul? Ikkinchi bandni " ozodlik va qismat paradoksi" deb nomlasak ham boʻladi. Qolaversa, sheʼrning eng taʼsirli qismlaridan biri bu- erkinlik haqidagi satrlar. " Qushdek erkin boʻldim, mana, nihoyat" degan jumla dastlab insonning ozod boʻlishiga ishora qilayotgandek tuyuladi. Ammo keyingi misralar orqali shoir ozodlikning ham qaramlik ekanligiini koʻrsatadi. " Kishandamasman- ku bamisoli qul?" satri orqali inson erkin boʻlsa- da, baribir nimagadur bogʻliq ekanligini , qismatning taqdiridan qochib boʻlmasligini anglatadi. Bu yerda sheʼriy sanʼatlardan - antiteza( qarama- qarshilik) sanʼati ustalik bilan qoʻllangan. Inson qush kabi erkin boʻlishni istaydi, lekin erkinlik ham uning ichida boʻshliq, yolgʻizlik va mung paydo qiladi. Shoir bolaligini tabiiy va begʻubor holatini sogʻinadi. " Bolaligimdagi soʻlim tabiat, Nega tushlarimga kirmaydi nuqul?" misrasi hayotning shafqatsiz oʻtishini , bolalik begʻuborligini yoʻqotish motivini ochib beradi. Qancha mamlakatlar tushdi kulfatga, Ummonlarim qani? Qani dengizim? Boqdim osmondagi noxush kalxatga, https://scientific-jl.com/ 2 5 3 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Asli shu kalxatni uchirgan oʻzim. Sheʼrning keyingi qismida insoniyat boshiga tushayotgan qiyinchiliklar haqida falsafiy mushohadalar mavjud. " Qancha mamlakatlar tushdi kulfatga" misrasi orqali tarixiy voqealar, insoniyatnig tinimsiz kurashi, jabr- zulm va nohaqliklar haqida oʻy suriladi. Shoir kechinmalari individualistik ruhiy iztirobdan jamiyat va insoniyat muammolariga kengayib boradi. Shoir
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sheʼrlardagi falsafiy mushohadalar, ruhiy kechinmalar badiiy tasvir vositalari va shoirning ichki iztiroblari qanchalik goʻzal hamda teran aks etganini tahlil qilamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sheʼrlardagi falsafiy mushohadalar, ruhiy kechinmalar badiiy tasvir vositalari va shoirning ichki iztiroblari qanchalik goʻzal hamda teran aks etganini tahlil qilamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epitet, badiiy adabiyot, qiyoslash, Kalit soʻzlar: obrazlilik, toʻrtlik, ijod koʻlami, kulminatsiya, badiiy boʻyoqdorlik, adabiy tushuncha, nasr, tashbeh, tasviriylik., nazm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026