К содержанию
РецензированоUZ2026

FONOLOGIK USLUBIYAT

FONOLOGIK USLUBIYAT · PHONOLOGICAL STYLISTICS · ФОНОЛОГИЧЕСКАЯ СТИЛИСТИКА · Ergasheva Muslimaxon Omonjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning turlari va badiiy nutqdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Fonetik vositalarning uslubiy imkoniyatlari, ayniqsa, she’riy matnlarda qanday ta’sir kuchiga ega ekani tahlil qilinadi. Maqolada onomatopoeiya, alliteratsiya, assonans kabi fonetik hodisalar misollar orqali yoritiladi va ularning obraz yaratishdagi roli ko‘rsatib beriladi. Аннoция: В данной статье рассматриваются теоретические основы фонетического стилистического анализа, его виды и значение в художественной речи. Анализируется, как фонетические средства, такие как ономатопея, аллитерация и ассонанс, усиливают выразительность поэтических текстов. Примеры иллюстрируют роль звуковых явлений в создании художественных образов. Annotation: This article discusses the theoretical foundations of phonetic stylistics, its types, and its significance in literary speech. It analyzes how phonetic devices such as onomatopoeia, alliteration, and assonance contribute to the expressiveness of poetic texts. Examples demonstrate the role of sound patterns in creating artistic imagery. Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat, onomatopoeiya, alliteratsiya, assonans, badiiy nutq, obrazlilik. Ключевые слова: фонетическая стилистика, ономатопея, аллитерация, ассонанс, художественная речь, образность Keywords: phonetic stylistics, onomatopoeia, alliteration, assonance, literary speech, imagery. Tilshunoslik sohasida fonetika tilda tovushlarning paydo bo‘lishi, aytilishi, talaffuzi, akustik xususiyatlari va ularning o‘zaro aloqasini o‘rganadigan fandir. Fonetika tilning eng muhim darajalaridan biri bo‘lib, barcha boshqa til birliklari – morfema, so‘z, gap, matn – fonetik birliklar asosida shakllanadi. Fonetika faqat nazariy masalalarni emas, balki amaliy nutq jarayonida tovushlar qanday tus olishini ham o‘rganadi. Uslubiyat esa til vositalarining har xil uslubiy ko‘rinishlarini, ularning vazifalarini, uslubiy ifoda kuchini, konnotativ ma'nolarini tahlil qiladi. Fonetik https://scientific-jl.com/ 2 9 9 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi uslubiyat esa fonetika bilan uslubiyat chorrahasida joylashgan fan bo‘lib, tilning fonetik imkoniyatlaridan estetik, emotsional, ekspressiv maqsadlarda foydalanishni o‘rganadi. Fonetik uslubiyat tushunchasi: Fonetik uslubiyat — nutqda qo‘llaniladigan fonetik vositalarning uslubiy vazifasini, ularning ifodaviy, ta’sirchanlik darajasini o‘rganadigan fan sohasi hisoblanadi. Bu fan til tovushlarining, intonatsiya, urg‘u, pauza, tembr, nutq sur’ati kabi fonetik hodisalarning uslubiy rolini tahlil qiladi. Fonetik uslubiyatning asosiy vazifasi – badiiy matn, og‘zaki nutq, publitsistik asarlar yoki hatto rasmiy nutqlarda tovush vositalarining qanday ishlatilayotganini aniqlash, ularning uslubiy ta’sirini ochib berishdir. 1 Jumladan: Alliteratsiya (bir xil tovushlar takrori), Assonans (unli tovushlar takrori), Intonatsion bezaklar, Urg‘u bilan ifoda. Bu vositalar orqali nutq ohangdor, emotsional va esda qolarli bo‘lishi mumkin.2 Fonetik uslubiyat vositalari: Fonetik uslubiyatda bir necha asosiy vositalar mavjud bo‘lib, ular matnga turli xil uslubiy tus bag‘ishlaydi: a) Alliteratsiya – so‘zlar boshida yoki ichida bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Masalan: "Bog‘larda bodomlar bog‘lab bog‘ichlar." Bu yerda "b" tovushining takrorlanishi ritmik uyg‘unlik yaratadi va esda qolarli bo‘ladi. b) Assonans – unli tovushlarning takrorlanishi orqali emotsional ta’sir kuchaytiriladi: M: "Yuragim yondi, yolg‘iz yurtimda." A) Urg‘u – tovushning kuchaytirilgan aytilishi orqali ma'no yoki emotsiya kuchayadi. B) Intonatsiya – gap ohangi orqali muallifning kayfiyati, munosabati yoki ta’kidlari seziladi. D) Pauza (tanaffus) – gapdagi pauzalar uslubiy jihatdan dramatik effektlar hosil qiladi. Fonetik uslubiyatning badiiy matndagi roli: Fonetik uslubiyat, ayniqsa, she’riyatda muhim o‘rin tutadi. She’rlarda ritm, ohang, musiqiylik fonetik uslub vositalari orqali yaratiladi. Masalan, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar asarlarida alliteratsiya va assonans vositalaridan keng foydalangan. She’riy misralarda tovushlarning takrorlanishi nafaqat musiqa uyg‘unligi, balki hissiyotlarning teran ifodasini ta’minlaydi. Ayniqsa, onomatopoeik vositalar – tovushni ifodalaydigan 1 1. Abduraxmanova, Z., & O‘ktamova, M. (2023). Fonetik uslubiy vositalarning badiiy adabiyotdagi roli. 2 2. Saparova, Q. (2022). Rus va o‘zbek tillarida fonologik o‘tishlar va fonostilistik vositalar. Foreign Languages in Uzbekistan. https://scientific-jl.com/ 3 0 0 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi so‘zlar (masalan: shildir-shildir, g‘uvilladi) ham fonetik uslubning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.3 Fonetik uslubiyat va boshqa uslubiy darajalar bilan aloqasi: Fonetik uslubiyat boshqa darajalar – leksik, morfologik, sintaktik uslubiyat bilan chambarchas bog‘liq. Biror gapdagi ohang yoki urg‘u o‘zgarishi uning ma’nosini tubdan o‘zgartirishi mum

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning turlari va badiiy nutqdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning turlari va badiiy nutqdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonetic stylistics, onomatopoeia, alliteration, assonance, literary, onomatopoeiya, alliteratsiya, badiiy nutq, obrazlilik., Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat, assonans
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники