Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURLI XIL MOSH NAVLARIDA POYANING O‘SISH DINAMIKASI
R.O.Atoyeva · Y.A.Abdug‘aniyeva · A.A.Komilova · Sh.I.Ibotova
Образовательные инновации и интеграция · 2023
Аннотация
Mazkur maqolada turli xil mosh navlaridan “AVMU” ning 15 xil navi hamda “Zilola” va “Marjona” navlarining turli xil vegetatsiya davrlar( uch bargchalik, g‘unchalash, gullash, pishish)da poyaning o‘sish dinamikasi o‘rganildi. Natijada, tajriba tizimiga muvofiq ravishda eng ijobiy natija16-variantda hamda “AVMU” ning 15 xil navlari orasidan 11-variantda kuzatilganligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: moshning “AVMU” navlari, “Zilola”, “Marjona” navlari, poyaning o‘sish dinamikasi Bugungi kunda progressiv ravishda ortib borayotgan dunyo aholisini sifatli oziq- ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash global miqyosidagi masalalardan biri sanaladi. So‘nggi yillarda, iqlim o‘zgarishi sababali butun dunyoda hosildorlik pasayishi kuzatilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkilotining olib borilgan statistik tahlilariga ko‘ra, keyingi o‘n yillikda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ishlab chiqarish darajasidan yuqori bo‘lishi ma’lum qilingan. qishloq xo‘jalik ekinlari orasida turli xil navlar ichidan ertapishar, yuqori hosildorlikka ega bo‘lganlarini tanlab olish va tavsiya etish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu maqsadda, moshning 17 xil navlari ichida tadqiqot ishlari olib borildi. Mosh tarkibida oqsilning ko’pligi, vitamin va minerallarga boyligi, hamda tezpisharligi bilan boshqa donli o’simliklardan ajralib turadi [1]. Shuningdek, mosh oson hazm boʻladi, unidan makaron, undurilgan donidan salat tayyorlanadi. Ko‘k massasi chorvachilikda toʻyimli ozuqa, poyasidan esa silos bostirishda foydalaniladi [2 ]. Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetining tajraba uchaskasida mosh navlarining turli fenofazalarida poyaning o‘sish dinamikasini aniqlash maqsadida, 2023-2024 yillar davomida tadqiqot ishlari olib borildi hamda turli xil mosh navlari ichidan poyaning o‘sish dinamikasi bo‘yicha eng yuqori bo‘lgan navlar aniqlab olindi. Tajriba tizimiga ko‘ra, Buxoroning o‘tloqi - allyuvial tuproq iqlim sharoitida moshning 15 xil AVMU, Zilola hamda Marjona navlari dala sharoitida ekildi. Bunda 17 xil mosh navlari uch qaytariqda, egatlar ustida ekildi hamda har oyning boshida fenologik - morfologik kuzatuv va tahlil ishlari olib borildi [3]. Kuzatuv va tahlil ishlari har oyning beshinchi kunida moshning barcha variantlar kesimida, turli fenofazalarida ya’ni uch bargchalik, g‘unchalash, gullash va dukkaklash davrlarida olib borildi. Natijada, tajriba tizimiga muvofiq, 17 xil mosh https://scientific-jl.com/ 1 4 6 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi navlarining turli xil fenofazalarida poyaning uzunligi turli xil ko‘rsatkichlarni namoyon etishi aniqlandi (1 jadval). 1-jadval Turli xil mosh navlarida poyaning o’sish dinamikasi (2023-2024 yy.) № Mosh navlari Moshning vegetatsion davrlari poyaning uzunligi sm hisobida Uch bargchalik G‘unchalash Gullash Dukkaklash 1 AVMU 1676 6,1 16,7 49,0 64,7 2 AVMU 1677 7,0 17,6 50,4 56,3 3 AVMU 1678 6,6 17,8 51,5 57,7 4 AVMU 1679 5,2 17,0 41,0 52,3 5 AVMU 1680 7,2 17,9 60,9 70,5 6 AVMU 1681 7,8 18,3 62,9 71,2 7 AVMU 1682 7,1 16,9 49,2 67,4 8 AVMU 1683 3,9 14,2 40,9 48,2 9 AVMU 1684 7,2 17,7 57,8 68,3 10 AVMU 1685 6,3 16,6 50,9 56,1 11 AVMU 2001 11,2 26,5 65,5 72,0 12 AVMU 2002 6,9 17,5 59,3 69,0 13 AVMU 2003 6,8 18,3 57,4 67,5 14 AVMU 2004 7,2 23,2 59,9 67,7 15 AVMU 2005 10,0 24,6 60,0 68,4 16 Zilola 12,6 29,5 69,9 76,9 17 Marjona 3,5 12,8 34,5 44,5 Olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, moshning uch bargchalik davrida, tajriba tizimiga muvofiq, birinchi variantdan o‘n yettinchi variantgacha poyaning uzunligi 3,5 smdan - 12,6 sm oralig‘dagi natijalarni qayd etdi. Shuningdek, AVMU navlarida poyaning uzunligi tajriba tizimiga muvofiq ravishda: 6,1; 7,0; 6,6; 5,2; 7,2; 7,8; 7,1; 3,9; 7,2; 6,3; 11,2; 6,9; 6,8; 7,2; 10,0 smlardagi natijalarni qayd etdi. Mazkur mosh o’simligining fenofazasida AVMU navlari ichida eng yuqori natija 2001 navida 11,2 sm va eng past natija esa 1683 navida 3,9 sm kuzatilishi aniqlandi. Shuningdek, mazkur barcha variantlar kesimida tahlil olib borilganda, eng yuqori natija Zilola navida 12,6 sm va eng past natija Marjona navida 3,5 sm kuzatilishi aniqlandi. Moshning g‘unchalash davrida poyaning o‘sish dinamikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari tahlil qilinganda, tajriba tizimiga muvofiq ravishda AVMUning 1676 navidan 2005 navigacha bo‘lgan variantlarda poyaning uzunligi mos ravishda: 16,7; 17,6; 17,8; 17,0; 17,9; 18,3; 16,9; 14,2; 17,7; 16,6; 26,5; 17,5; 18,3; 23,2; 24,6 smlardagi natijalar qayd etildi. https://scientific-jl.com/ 1 4 7 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Gullash fenofazasida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ijobiy natija 16; 11 hamda 6; 5 variantlarda kuzatilib, eng past natija 8 hamda 17 variantlarda kuzatildi. Mosh o’simligida boshqa bir qator o’simliklar singari poyaning baland bo‘lishi hosil shoxlari va undagi hosil elementlar sonining ortishiga olib kelganligi bois, tajribamizda poyani
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada turli xil mosh navlaridan “AVMU” ning 15 xil navi hamda “Zilola” va “Marjona” navlarining turli xil vegetatsiya davrlar( uch bargchalik, g‘unchalash, gullash, pishish)da poyaning o‘sish dinamikasi o‘rg…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada turli xil mosh navlaridan “AVMU” ning 15 xil navi hamda “Zilola” va “Marjona” navlarining turli xil vegetatsiya davrlar( uch bargchalik, g‘unchalash, gullash, pishish)da poyaning o‘sish dinamikasi o‘rg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: moshning “AVMU” navlari, “Marjona” navlari, poyaning o‘sish dinamikasi, “Zilola”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025