К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O‘ZGARISHLAR MAZMUN VA MOHIYATI

AVLONIY VA BOSHQALAR) · Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich · Isoqova Salimaxon Qahramonjon qizi (Nаmаngаn dаvlаt pegаgоgikа instituti) · АВЛОНИЙ И ДРУГИЕ) (Namangan davlat pedagogika instituti) · Тиллаев Бобомурод Абдувохидович (Namangan davlat pedagogika instituti) · Isoqova Salimaxon Qahramonjon qizi (педагогический институт)

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

This article presents information about the national, cultural and educational revival that began among the peoples of Central Asia, the Caucasus, and Central Siberia, which were considered a Russian colony in the late 19th and early 20th centuries, manifested itself as the Jadid movement, the Jadids of Turkestan put forward the idea of liberating the people, reforming the principles of the situation, spreading enlightenment to the people, and achieving national autonomy, and the Jadids sought ways to renew and elevate society through national unity and spiritual and educational reforms. Key words: New, enlightenment, new method, national uplift, press, autonomy, national idea, "Behbudiya", "Turan", teaching house, "Debate". Jadid ma’rifatparvarlari o‘zbek xalqining tarixiy taraqqiyotida, ayniqsa, XX asr boshlarida yurt ijtimoiy-ma’naviy hayotida chuqur iz qoldirgan, xalqni ilm-ma’rifat sari yetaklagan, islohotlar orqali millatni uyg‘otishga harakat qilgan fidokor ziyolilar qatlamidir. Ular orasida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, https://scientific-jl.com/ 1 0 7 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi allomalar alohida o‘rin egallaydi. Ular millatparvarlik ruhida xalqni tarbiyalash, milliy uyg‘onishni kuchaytirish, ta’lim tizimini yangilash, o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni rivojlantirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib borishgan. Jadidlarning asosiy maqsadi xalqni johillikdan qutqarish, uni ilg‘or zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va milliy o‘zlikni anglashga undash edi. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Bu harakatning ildizlari Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan musulmon xalqlari orasida paydo bo‘lgan yangi maktablar va dunyoviy ta’lim tizimiga bog‘liq edi. O‘zbek jadidchiligi ham bu harakatdan ilhomlangan holda shakllanib, mahalliy sharoitga moslashgan ijtimoiy, siyosiy va madaniy oqimga aylandi. Bu harakatning asosiy markazlaridan biri Turkiston bo‘lib, u yerda yashagan ziyolilar orasida jadid g‘oyalari keng tarqaldi. Jadidlar mustamlaka zulmiga qarshi chiqish bilan birga, avvalo xalqning ongini, tafakkurini o‘zgartirishga intildilar. Ular “avvalo ma’rifat, keyin siyosat” shiorini ilgari surdilar. Jadidlarning asosiy e’tibori ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. Ular qadimiy usuldagi, faqat diniy bilimlarni o‘rgatadigan maktablar o‘rniga yangi usuldagi maktablar – jadid maktablarini ochdilar. Bu maktablarda arab, fors tillari bilan birga ona tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi, matematika, geografiya, tarix, tabiatshunoslik kabi dunyoviy fanlar ham o‘rgatilgan. Munavvarqori Abdurashidxonov Toshkentda ilk yangi usuldagi maktabni ochgan jadidlardan biri bo‘lib, bu borada katta jasorat ko‘rsatdi. U zamonaviy o‘qituvchilar tayyorlash, darsliklar yaratish, uslubiy qo‘llanmalar yozish kabi ishlarda faol ishtirok etdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy esa jadidchilik harakatining eng yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, o‘zining publitsistik va pedagogik faoliyati bilan tanilgan. U “Taraqqiy”, “Samarqand”, “Oyna” kabi gazetalarni nashr ettirib, xalqni yangicha tafakkurga chorlagan. Behbudiy xalqning uyg‘onishi ilm, bilim va siyosiy ong bilan chambarchas bog‘liq, deb hisoblagan. U “Padarkush”, “Biyxon”, “Zamonasr” kabi sahna asarlari orqali milliy g‘urur, vatanga sadoqat, jaholatga qarshi kurash g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Aynan shu faoliyati sababli u milliy teatr va dramaturgiyaning asoschilaridan biri sifatida tan olingan. Uning “Risolai jadida” asari maktab darsligi sifatida xizmat qilgan va ko‘plab maktablarda asosiy manba bo‘lgan. Abdurauf Fitrat jadidchilik g‘oyalarini nazariy jihatdan asoslagan, ularni ilmiy- falsafiy yo‘nalishda yoritgan yetuk allomalardan biri edi. U Istanbulda tahsil olib, zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtirgan va ularni Turkistonga olib kelgan. Fitratning “Hind sayyohi”, “Munozara”, “Rahbari najot”, “Oqibat” kabi asarlarida milliy uyg‘onish, ma’rifat, diniy islohotlar, siyosiy erkinlik kabi mavzular yoritilgan. U o‘z asarlarida xalqni o‘zligini anglashga, milliy birlikka, jaholatdan qutulishga da’vat etgan. Fitrat til, madaniyat, tarix, adabiyot sohalarida ham serqirra faoliyat olib borgan. U o‘zbek https://scientific-jl.com/ 1 0 8 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tilining rivoji, adabiyotning yangilanishi, milliy g‘ururni uyg‘otish masalalariga alohida e’tibor bergan. Abdulla Avloniy esa jadidchilik harakatining muhim arboblaridan bo‘lib, u ham pedagog, shoir, dramaturg, noshir sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni”, “O‘g‘il va qizlar uchun axloq” kabi asarlari maktablarda asosiy tarbiyaviy qo‘llanmalar sifatida keng qo‘llanilgan. Avloniy ma’rifatparvarlikni xalqni jaholatdan qutqarishning yagona yo‘li deb bilgan. U bolalar tarbiyasiga alohida ahamiyat bergan, o‘qituvchilar tayyorlash, maktablarni rivojlantirish, darsliklar

Доказательный фрагмент

«This article presents information about the national, cultural and educational revival that began among the peoples of Central Asia, the Caucasus, and Central Siberia, which were considered a Russian colony in the lat…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents information about the national, cultural and educational revival that began among the peoples of Central Asia, the Caucasus, and Central Siberia, which were considered a Russian colony in the lat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
New, enlightenment, new method, national uplift, press, autonomy, ishsizlik, Kalit so’zlar: bandlik, ijtimoiy muammolar, ta’lim, yoshlar daftari, ijtimoiy himoya, temir daftar, ayollar daftari, ijtimoiy yordam, farovonlik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники