К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO AMRLIGI DAVRIDA CHIROQCHI BEKLIGI MASKANLARINING O‘RGANILISHI

MASKANLARINING O‘RGANILISHI · Abduraimova Sabohat Ergash qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro Amrligi tarkibida bo’lgan Chiroqchi bekligi aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, mehnat munosabatlari aks ettirilgan. Bu ziddiyatli davrda Chiroqchi bekligi Buxoro Amrligi ijtimoiy iqtisodiy hayotida alohida ahamiyat kasb etganligi va ularning turmush tarzi yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Buxoro amrligi, Chiroqchi bekligi, Sho‘r-quduq, Uch-quduq, Jar- quduq, Qo‘sh-quduq, Go‘r-quduq, Gala-quduq, Uz-quduq, Chor-quduq, Yetti-quduq, “shuvoq” bargi, sho‘ra, Beglarsoy, Qushbegi, G’uzor, Qarshi. Buxoro amirligiga qarashli maʻmuriy-hududiy birliklardan biri bo‘lmish Chiroqchi bekligi o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra amirlik ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Beklik tarixiga oid yozma maʻlumotlar nisbatan kam bo‘lgani uchun aholining xo‘jalik turmush tarzi va iqtisodiy-maishiy hayotini yoritish birmuncha mushkul. Aslida bu holatga beklik aholisining ijtimoiy-madaniy hayoti tarixini yoritishda ham duch kelinadi. Shunga qaramay, Buxoro amirligiga tegishli ayrim tarixiy asarlar va Qushbegi arxiv hujjatlaridagi aholi maskanlari bilan bog‘liq maʻlumotlar hamda XIX – XX asr boshlari oralig‘ida hududda bo‘lgan asosan rus, qisman esa boshqa Yevropa vakillari yozib qoldirgan qaydlar, shuningdek, XX asr ilk yarmiga tegishli etnografik materiallar asosida Chiroqchi bekligi aholisining kundalik turmushi, xo‘jaligi, tirikchilik manbai va hokazolar haqida muayyan tarixiy tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin.[1,23] Chiroqchi bekligida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi ko‘pchilikni tashkil etib, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, ular beklikdagi barcha amlokliklardagi qishloq va ovullarda istiqomat qilishgan. Asosan, qo‘y va echki, qisman esa yirik shoxli qoramollarga ega bo‘lgan beklik aholisi orasida tuyachilik ham o‘ziga xos o‘rin tutgan. Aholi bahor, yoz va kuz oylarida yaylovlarda o‘tlatish orqali o‘z chorvalarining qornini to‘yg‘izib, qish oylarida esa g‘amlab qo‘yilgan yem-xashak bilan boqishgan. Mol-hollarning suvga bo‘lgan ehtiyoji quduq suvlari orqali qondirilgan. Quduqlar Qashqadaryo vohasining asosan cho‘l va dasht hududlarida ko‘pchilikni tashkil etib, Chiroqchi, G‘uzor va Qarshi bekliklaridagi amlokliklarga https://scientific-jl.com/ 1 8 6 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qarashli aholi maskanlarida mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, katta qismi dashtlardan iborat Chiroqchi bekligi qishloqlarida o‘nlab quduqlar mavjud bo‘lgan. Amlokliklardagi qishloqlarning nomi Sho‘r-quduq, Uch-quduq, Jar-quduq, Qo‘sh-quduq, Go‘r-quduq, Gala-quduq, Uz-quduq, Chor-quduq, Yetti-quduq deb atalgani ham shu kabi omillar bilan bog‘liq.[2,45] Chiroqchi bekligidagi qishloqlarning kichik bir qismi tog‘oldi hududlar yoki toqqa yaqin joylashgan qir-adirlardagi buloqlar orqali o‘zlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirganlar. Zarafshon tog‘larining bir qismi – Jom tog‘lariga yaqinidagi Besh-chashma amlokligining nomidan ko‘rinib turganidek, ushbu amloklikka qarashli qishloq Qo‘chqor-buloq toponimi yuzaga kelishida ham ana shunday suv manbaini ko‘rishimiz mumkin. Kezi kelganda aytib o‘tish kerak, Samarqand viloyatiga qarashli bo‘lgan Jom mavzesi bir necha tog‘oldi qishloqlarni o‘z ichiga olib, aholisi Chiroqchi bekligi aholisi bilan yaqin iqtisodiy-madaniy aloqalarga ega bo‘lgan. Shuningdek, tog‘oldi hududlarga yaqin qishloqlar aholisi ekin-tikinlarni sug‘orish maqsadida maxsus suv yig‘iladigan inshootlar qurishgan. Bunday inshootlar “band” deb atalib, qish va bahor fasllarida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan kezlarda ortiqcha suvlarning bekorga sarflanib ketishining oldini olish, ehtiyoj bo‘lgan yoz va kuz oylarida undan unumli foydalanish uchun aholi hashar orqali yoki hokimiyat vakillarining tashabbusi bilan tog‘oldi hududlarida bandlar barpo qilingan. Besh- chashma amlokligiga qarashli qishloqlar orasida Qiz-band, Arabbandi, Xon-bandi (Xom-bandi) kabi aholi maksanlarining bo‘lgani bu qarashni tasdiqlaydi. [3,57] Yuqorida keltirib o‘tilganidek, Chiroqchi bekligining Besh-chashma amloklikligidagi bandlardan biri Xon-bandi deb atalgani ham shu anʻana bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. X asrga tegishli Forish tumanidagi Pasttog‘ darasida qurilgan va hozirgi kunda Xon-bandi deb atalayotgan suv inshooti, XVI asrga oid Nurota tumanidagi Beglarsoy darasida qurilgan Abdullaxon bandi yirik suv to‘g‘onlarining davlat boshliqlari tashabbusi bilan qurilgani yoki shunday ishlarni amalga oshirgan kishilar hokimiyat vakillari – amaldorlar bo‘lgani bilan bog‘liq. Chiroqchi bekligida oqar suvlar kam bo‘lgani uchun asosan yerdan chuqur qilib qazilgan quduqlardan suv tortib olish orqali o‘z ehtiyojlarini qondirganliklari bir qator xorijlik sayyoh va elchilarning diqqatini o‘ziga tortgan. Chiroqchi bekligida yo‘lda oqar suv bo‘lmagan deyarli 50 chaqirimdan ortiq masofada o‘nlab quduqlar joy olib, ular shimolda Jom tog‘idan to Qashqadaryo daryosigacha, yaʻni Qarshi shahri atroflarigacha cho‘zilib ketgan keng dashtdagi qishloqlar aholisining suvga bo‘lgan ehtiyojini qond

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro Amrligi tarkibida bo’lgan Chiroqchi bekligi aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, mehnat munosabatlari aks ettirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro Amrligi tarkibida bo’lgan Chiroqchi bekligi aholisining yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli, mehnat munosabatlari aks ettirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Chiroqchi bekligi, Qo‘sh-quduq, Jar- quduq, Chor-quduq, Qushbegi, Gala-quduq, “shuvoq” bargi, Qarshi., sho‘ra, G’uzor, Yetti-quduq, Uch-quduq, Uz-quduq, Sho‘r-quduq, Go‘r-quduq, Kalit so‘zlar: Buxoro amrligi, Beglarsoy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники