Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“HIDOYATUN NAHV” ASARI MUALLIFINING HAYOTI VA UNING ASARLARI
Iminov Omadbek
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article explores the life and scholarly legacy of Husayn ibn Muhammad, the author of the well-known Arabic grammar book Hidāyat an-Nahw. The work’s methodological approach, its importance in Arabic linguistic studies, and its educational significance are discussed. A brief overview of the author's other contributions to Islamic sciences is also provided. Keywords: Hidāyat an-Nahw, Husayn ibn Muhammad, Arabic grammar, Nahw, scholarly legacy, Islamic education. Аннотация: В данной статье рассматривается жизнь и научное наследие Хусейна ибн Мухаммада — автора знаменитого труда по арабской грамматике «Хидаят ан-Нахв». Освещаются методология книги, её значение в изучении арабского языка и образовательная ценность. Также кратко упоминаются другие труды автора и их роль в исламской науке. Ключевые слова: Хидаят ан-Нахв, Хусейн ибн Мухаммад, арабская грамматика, нахв, научное наследие, исламское образование. “Hidoyatun nahv” kitobi muallifining to‘liq ismi Asriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf ibn Hayyon al-Andalusiy al-G‘arnotiy al-Jayyoniy bo‘lib, u hijriy 654 yilda tug‘ilgan va ulamolar oraisda “Abu Hayyon” laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Yoshligida Qur’oni karimni yod olib, qiroat, tajvid, hadis fanlarida katta martabalarga erishgan. Ustozlari: Abu Hayyon rohmatullohi alayh Abu Muhammad Abdulhaq rahmatullohi alayhdan tajvid fanini, Abu Ja’far G‘arnotiy, Abu Ali Husayn ibn Abdulaziz rahmatullohi alayhlardan qiroat ilmini, Abdul Halim rohmatullohi alayhdan hadis ilmini, Iroqiy rohmatullohi alayhdan fiqh, usulu din ilmini, mantiq, kalom ilmlarini https://scientific-jl.com/ 2 0 9 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Abu Ja’far ibn Zubayrdan, nahv ilmini Abul Hasan Abu Ja’far ibn Zubayr va ibn Soig‘dan olgan. Abu Hayyon qiroat ilmida ham mashhur, ulug‘ ustozlar huzurida tahsil olgan hofiz edi. U avval qiroatni al-Xatib Abu Ja’far ibn at-Tabbo’ huzurida, undan so‘ng esa al-Hofiz Abu Ali ibn Abul-Ahvas huzurida o‘rganib, qiroat ilmining mashhur usullarini ham egalladi. Andalus va Afrikaning boshqa hofizlariga ham quloq tutdi. Keyin Iskandariyaga keldi va u yerda qiroat ilmidan Abdunnasir ibn Ali al-Marbutiy huzurida, Misrga kelib esa Abu Tohir Ismoil ibn Abdulloh al-Maliyjiy huzurida ta’lim oldi. Ustoz ash-Shayx Bahouddin ibn an-Nahhosni uchratgandan so‘ng, uning etagidan mahkam tutdi va uning huzurida juda ko‘p adab kitoblarni o‘qidi1. Abu Hayyonning o‘zini guvohlik berishicha, u ta’lim olgan ustozlarining soni to‘rt yuz ellikdan oshgan. As-Safadiy: “Men Abu Hayyonni qachon ko‘rmayin, u birovdan ta’lim olayotgan yoki yozayotgan yoki biror kitobni mutolaa qilayotgan holda bo‘lardi, hech bekor o‘tirmasdi”, deydi. Shuningdek, Abu Hayyon she’r va muvashshah2 yozardi, lug‘at, nahv, sarf ilmlarida ustozu mutloq edi. Nahvga oid “Jam’ul javomi’” kitobining muallifi Suyutiy rahmatullohi alayh: “Kitobimda yozilgan ma’lumotlarni Abu Hayyon rohmatullohi alayhning asarlaridan olganman”, degan3. Olimning ham asri bo‘lgan Salohiddin Safaviy Abu Hayyon rohmatullohi alayh haqida quyidagilarni aytgan: “U nahvda amirul mo‘miniyn bo‘lgan”. U Misr, Iroq, Shom, Hijoz va Yamanga ilmiy safarlar qilgan. Uning ilmida benazrligi, ustozlarning ko‘pligidan tashqari ilmning turli sohalarini egallagan shogirdlari ham ko‘paydi. Shogirdlari: Ibn Aqiyl va Ibn Hishom rohmatullohi alayhlar Abu Hayyon rohmatullohi alayhning shogirdlari hisoblanishadi. Yozgan asarlari: Olim 65 ga yaqin arab, fors tillarida kitob yozgan. Ulardan eng mashhurlari quyidagilar:.”Al-Bahrul muhiyt”,” Sharhi tas’hiyl”, “Manhajus solik” (Alfiya ibn Molikning sharhi), Hidoyatun nahv”, “G‘aribul Qur’on” “Nihoyatul- e’rob”, “Xulosatul-bayon” nomli kitoblarni sanab o‘tishimiz mumkin. Qur’on tajvidi haqida Ash-Shotibiyning mazmumasi kabi unga nisbatan qisqaroq bo‘lgan mazmuma (she’riy kitob)i ham bor. Abu Hayyon avvalda hech bir mazhabda bo‘lmagani, keyinroq Shofiiy mazhabini qabul etgani haqida ulamolardan rivoyatlar bor. U falsafa va e’tizoldan yiroq, salaf ulamolarning yo‘lini mahkam ushlagan kishi edi. U 745 hijriy yilda Misrda vafot etgan4. 1 Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 163. 2 Muvashshah-biror odamning ismidagi harflar tartibida yozilgan bag‘shlov g‘azal. 3 Ramatulloh qori Obidov. Qur’on, Tafsir va Mufassirlar. Toshkent: Movarounnahr. 2013. – B. 163. 4 --O‘sha asar.. – B. 163. https://scientific-jl.com/ 2 1 0 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Abu Hayyon rohimahullohning “al-Bahrul-muhit” asari sakkizta kitobdan iborat, ulamolar xususan qiroat usullari va kalimalarning tarkiblanishi bilan qiziqqan toliblar bu kitobga ko‘p murojat qiladilar. Muallif ushbu nahv qoidalarini yozayotgan paytda hali juda yosh edi. Shunga qaramasdan, Alloh bergan iste’dod sababli, nahviy olimlar o‘trasidagi ixtiloflarni shu qadar batafsil yoritib berganki, uning bayonlariga qaraganda kitob tafsirdan ko‘ra nahv kitobiga yaqinroq bo‘lib qolgan.
Доказательный фрагмент
«This article explores the life and scholarly legacy of Husayn ibn Muhammad, the author of the well-known Arabic grammar book Hidāyat an-Nahw.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the life and scholarly legacy of Husayn ibn Muhammad, the author of the well-known Arabic grammar book Hidāyat an-Nahw. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hidāyat an-Nahw, Husayn ibn Muhammad, Arabic grammar, Nahw, ilmiy meros, Kalit so‘zlar: Hidoyatun Nahv, diniy ta’lim., arab tili grammatikasi, nahv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025