К содержанию
РецензированоUZ2020

“UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI BOSHQARUV USULLARI”

MELIBOYEV OLIMJON ALIBAYEVICH · Kalit so’zlar: Tendensiya, ta’lim · Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

Образовательные инновации и интеграция · 2 · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini samarali boshqarishning ilg‘or usullari o‘rganilgan. Zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, innovatsion menejment texnologiyalari va pedagogik jarayonni optimallashtirishga qaratilgan strategiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’lim muassasalarining samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalar, monitoring tizimlari va ta’lim sifatini baholash mexanizmlarining ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xorijiy va milliy ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv usullari o‘rganilib, ularning o‘zbek ta’lim tizimiga implementatsiya qilish imkoniyatlari aniqlangan. Kalit so’zlar: Tendensiya, ta’lim, Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Diagnostik metodlar, akkreditatsiya, litsenziya, ichki monitoring. XXI asrda ta’lim sohasidagi global tendensiyalar, raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsiyalarni joriy etish zarurati ta’lim muassasalarida boshqaruvni takomillashtirishni dolzarb masalaga aylantirdi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish uchun mavjud jarayonlarni chuqur ilmiy asosda o‘rganish zarurati ortib bormoqda. Ushbu tadqiqotda boshqaruv jarayonlarini o‘rganish usullari, ularning turlari, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshqaruv tizimi – ta’lim sifati, samaradorlik, tashkiliy madaniyat va rahbarlik kompetensiyalarining uyg‘unligidan iborat murakkab tizimdir. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (637-son, 2020- yil 23-sentabr) 30-moddasida ta’lim sifatini ta’minlash va baholash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanadi. Ushbu me’yoriy asos boshqaruv tizimini o‘rganishga huquqiy poydevor yaratadi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, umumiy o‘rta ta’limda boshqaruv tizimini tahlil qilish – bu nafaqat tashkiliy boshqaruvda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash, balki ilg‘or tajribalarni joriy qilish va ijobiy o‘zgarishlarni bashorat qilish imkonini beradi. Diagnostik metodlarni qo'llanilishi va yoyilishi bizning mamlakatimizdagi axloqiy standartlarga yoki professional axloq kodeksiga bo'ysunishi kerak. Pedagog - tashxischining professional axloqiy kodeksida insoniyat manfaatidagi fanning shakllanishi bilan ayrim individlarning muvaffaqiyati va huquqlarini himoya qilishdek https://scientific-jl.com/ 1 2 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qadriyatlarning nizolari o'rin olgan kritik vaziyatlarga nisbatan diqqat – e’tibor qaratilgan bo'lishi kerak. Yaxshi malakaga ega bo'lgan pedagog - tashxischi shunday metodikalarni tanlay bilishi kerakki, ham shahsiy maqsad uchun o'tkazayotgan diagnostik jarayonga mos kelishi, ham tekshirilayotgan konkret kishi uchun mos tushishi lozim. Shuningdek, tanlangan metodikalarga aloqador ilmiy adabiyotlarni ham o'rgangan bo'lishi, hamda texnik ko'rsatkichlar bo'lgan norma, ishonchlilik kabi xarakteristikalarni yaxshi bilishi kerak. Monitoring – ta’lim jarayonining uzluksiz tahlilidir. U o‘quvchilar, pedagoglar, rahbarlar va umumiy muassasa faoliyatini baholashni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon ichki va tashqi monitoring ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ichki monitoringni muassasa ma’muriyati, tashqi monitoringni esa xalq ta’limi boshqarmalari, nodavlat ekspertlar olib boradi. Ta’lim sifatini baholashda tashqi va ichki monitoringning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Tashqi mustaqil baholash ta’lim dasturlarining amalga oshirilish shart-sharoitlari va ularning natijalarini obyektiv o‘lchash, ta’lim muassasasining imidjini shakllantirish, shuningdek, mustaqil ekspertlar ishtirokida sifat tahlilini amalga oshirish imkonini beradi. Bunda ikkita asosiy yo‘nalish mavjud: birinchisi – akkreditatsiya va litsenziyalash tartibida amalga oshiriladigan tashqi baholash; ikkinchisi – ichki baholash orqali uzluksiz monitoring va ichki tahlil asosida ta’lim faoliyatining sifatini oshirish. Akkreditatsiya jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bo‘lib, unda ekspertlar ta’lim tashkilotining nizomida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borayotganini nazorat qiladi. Shu bois ta’lim muassasalari bunday baholashga puxta tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Ichki baholash esa ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga, o‘quvchilar tayyorgarligining sifatli monitoringini yuritishga qaratilgan bo‘lib, u ta’lim faoliyatining holatini dinamik kuzatish, tahlil qilish va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi. Ichki monitoringning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash; ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan asoslangan boshqaruv qarorlarini axborot bilan ta’minlash; ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; barcha ishtirokchilarni sifatli ma’lumot bilan ta’minlash; boshqaruv tizimini doimiy yangilab borish. Shuningdek, ta’lim sifati monitoringining yana bir yo‘nalishi ish beruvchilarning bitiruvc

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini samarali boshqarishning ilg‘or usullari o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini samarali boshqarishning ilg‘or usullari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Tendensiya, litsenziya, ta’lim, Diagnostik metodlar, ichki monitoring., Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, akkreditatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники