К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNING RIVOJLANISHI.

Toshmatova Yulduzxon Dilshodjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the development processes of inclusive education in New Uzbekistan, adopted legal and regulatory documents, practical results and existing problems. The essence, importance of inclusive education and its implementation are discussed, as well as the equal education and integration of children with disabilities into society. Future plans and proposals are also outlined. Kirish: Zamonaviy jamiyatda ta’limning inklyuzivligi inson huquqlarining muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash — bu demokratik va barqaror rivojlanishga asoslangan jamiyat qurishning zaruriy shartidir. O‘zbekistonda ham “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasida ta’lim tizimi jadal islohot qilinmoqda va bu jarayonda inklyuziv ta’lim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimida muhim islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ta’limning inklyuziv yo‘nalishini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi asosida mamlakatda har bir fuqaroning teng huquqli va to‘laqonli hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada inklyuziv ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirish dolzarb masalaga aylandi. https://scientific-jl.com/ 3 7 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Inklyuziv ta’lim (lot. inclusio — “ichiga olmoq”, “kiritmoq”) — bu nogironligi bo‘lgan yoki o‘qishda qiyinchiliklarga duch keladigan bolalarni alohida emas, balki umumta’lim tizimida, boshqa o‘quvchilar bilan birga o‘qitishni nazarda tutuvchi pedagogik yondashuvdir.Inklyuziv ta’lim — bu barcha bolalarning, shu jumladan nogironligi bor yoki rivojlanishida o‘ziga xosliklar mavjud bo‘lgan bolalarning birgalikda, umumiy ta’lim muassasalarida o‘qishi va rivojlanishini ta’minlovchi tizimdir. Bu yondashuv farzandlarning teng huquqli bo‘lishini, ijtimoiylashtirilishini va jamiyatga to‘laqonli integratsiyalashuvini ko‘zda tutadi.Dunyo bo‘ylab tan olingan bu model O‘zbekistonda ham jadal rivojlanmoqda. Inklyuziv ta’lim orqali barcha yoshdagi bolalarga sifatli va moslashtirilgan ta’lim xizmatlari ko‘rsatilib, ularning jamiyatda faol ishtirok etishi uchun zarur ko‘nikmalar shakllantirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida so‘nggi yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan: 2021-yil 6-dekabrdagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida"gi Qonun; 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ta’limda tenglik va inklyuzivlik masalalari asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi; 2023-yilgi Prezident qarori asosida inklyuziv ta’limga ixtisoslashgan maktablar soni oshirildi va pedagoglar malakasini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga qo‘shilish orqali O‘zbekiston xalqaro majburiyatlar doirasida inklyuziv ta’limni keng joriy etishga harakat qilmoqda. O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim bo‘yicha quyidagi natijalarga erishilmoqda: Respublikada 200 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilgan; Pedagoglarga logoped, defektolog, psixolog kabi mutaxassislar bilan ishlash ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda; Maxsus ehtiyojga ega bolalar uchun moslashtirilgan darsliklar, o‘quv dasturlari va texnik vositalar ishlab chiqilmoqda; Hududiy ixtisoslashgan markazlar orqali ota-onalarga maslahat va yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Inklyuziv ta’limning asosiy prinsiplari: Teng huquqlilik: barcha bolalarning teng ta’lim olish huquqini tan olish; Moslashtirish: o‘quv dasturlari, metodikalar va infratuzilmani o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish; Ijtimoiy integratsiya: bolalarning jamiyatga to‘liq qo‘shilishiga ko‘maklashish; https://scientific-jl.com/ 3 8 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv: har bir bolaning qobiliyati va ehtiyojidan kelib chiqib ta’lim berish. Muammolar va istiqbollar Shunga qaramay, ayrim muammolar hanuzgacha mavjud: malakali mutaxassislarning yetishmasligi, infratuzilmaning to‘liq moslashtirilmaganligi, jamoatchilikda tushunchaning yetarlicha shakllanmaganligi shular jumlasidandir. Shu sababli, inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni davom ettirish muhim: Pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; Infratuzilmani to‘liq moslashtirish (panduslar, liftlar, maxsus xona va jihozlar); Ijtimoiy ongni o‘zgartirish, inklyuzivlik madaniyatini targ‘ib qilish; Innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish. Xulosa Yangi O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim siyosatining bir yo‘nalishi, balki umuman jamiyatni adolatli va insonparvar qilishga yo‘naltirilgan yondashuvdir. Bu jarayonning muvaffaqiyati pedag

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the development processes of inclusive education in New Uzbekistan, adopted legal and regulatory documents, practical results and existing problems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the development processes of inclusive education in New Uzbekistan, adopted legal and regulatory documents, practical results and existing problems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tayanch so`zlar: Yangi O‘zbekiston, pedagogik islohotlar, maxsus ehtiyoj, ta’lim tizimi., teng huquq, nogironligi bo‘lgan bolalar, ijtimoiy integratsiya, inklyuziv ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники