К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIX FANINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O‘QITISH METODIKASI

O‘QITISH METODIKASI · Maxmadiyorova Nigora Egamshukurovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tarix fanini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning samarali metodlari tahlil qilinadi. Interaktiv usullar, raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalarining dars jarayoniga integratsiyalashuvi yoritiladi. Maqolada tarix darslarida o’quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish hamda bilim olishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Tarix ta’limi, zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar, AKT, multimedia, sun’iy intellekt, virtual ta’lim. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayniqsa, tarix kabi o’tmish voqealarini o’rgatishda texnologik vositalar orqali talabalarga hayotiy misollarni ko’rsatish, tarixiy joylarga virtual sayohat uyushtirish, animatsiyalar va interaktiv xaritalar yordamida darsni jonlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida interfaol usullar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga bo’lgan qiziqish va e’tibor tobora ortib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg’ulotlar o’quvchilarning bilimlarni mustaqil izlab topishlari, ularni tahlil qilishlari hamda xulosalar chiqarish malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bugun ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’ tibor bilan qaralmoqda. Bu holatning asosiy sabablari quyidagilardir: Birinchidan, pedagogik texnologiyalar shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’ minlaydigan ta’limni tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, ular o’quv-tarbiyaviy jarayonga tizimli va faol yondashuvni keng joriy etishga yordam beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiyalar orqali o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadidan boshlab, tashxis qo’yish va bu jarayonni monitoring qilishgacha bo’lgan bosqichlarni oldindan rejalashtira oladi.1 1 Mavlonova R. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. T.: Fan va texnologiya, 2020. https://scientific-jl.com/ 4 9 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tarix fanini chuqur o’rgatishda ijtimoiy fan o’qituvchilariga jamiyat tomonidan yangi talablar qo’yilmoqda. Hozirgi zamon tarix o’qituvchisi ta’lim jarayoniga butun umr davom etadigan faoliyat sifatida qaraydi. O’quvchilarda tarixiy tafakkur va tarixiy ongni shakllantirish, turli xalqlar va ko’pmillatli xalqimiz tarixiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, davlatimiz tarixining jahon sivilizatsiyasidagi o’rnini anglatish tarix fanining asosiy maqsadlaridandir. Shu bilan birga, o’quvchilarda tarix faniga oid umumiy va chuqurlashtirilgan kompetensiyalarni shakllantirish ham muhim vazifadir. Tarix ta’limida AKT vositalaridan foydalanish quydagilardan iborat:  Multimedia taqdimotlari tarixiy voqealarni vizual materiallar bilan boyitish.  Interaktiv doskalar dars jarayonini jonli va o’zaro aloqador qilish.  Online platformalar testlar, videodarslar, interaktiv topshiriqlar uchun. Shuningdek, Virtual muzeylar va tarixiy joylarga 3D sayohatlar orqali o’quvchilarning qiziqishini oshirish. Chatbotlar va sun’iy intellekt yordamida tarixiy shaxslar bilan “virtual suhbatlar’’. Interaktiv metodlar orqali o’quvchini faollashtirish uchun esa quydagilarni ko‘rishimiz mumkin:  Tarixiy rolli o’yinlar va debatlar tashkil etish.  Gamifikatsiya usuli orqali tarixiy faktlarni oson eslab qolish.  Krossvord va savatga joylashtirish metodlari. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar yoshlarning hayotiy muammolar va yutuqlarga nisbatan o’z munosabatlarini bildirish istaklarini ro’yobga chiqaradi, ularni mustaqil fikrlashga va shaxsiy qarashlarini asoslashga undaydi. Pedagogik texnologiya esa texnologik yondashuv prinsiplariga tayangan holda amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv deganda, ishlab chiqarish jarayonlariga o’xshash tarzda aniq natijaga erishishga qaratilgan usul va vositalar majmuasi tushuniladi. U ta’lim jarayonida qo’yilgan maqsadlarga erishishni kafolatlaydigan tizimli metodlarni anglatadi. Agar metod bu bilim va ko’nikmalarni egallash, tadqiqot olib borish yoki faoliyatni amalga oshirish usullari to’plami bo’lsa, pedagogik texnologiya bu ta’lim- tarbiya jarayonining uslublari, shakllari, vositalari va metodlarining uzviy tizimidir. Bundan tashqari, dars jarayonida fikrlar xilma-xilligini rag’batlantirish demokratik hayot tarzining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlikning asl mohiyatini tushuntirishda uning ma’naviy chegaralari mavjudligini o’quvchilarga anglatish muhimdir. Bu borada eskicha targ’ibot uslublari va mazmunsiz, siyqasi chiqqan misollardan foydalanishga barham berish lozim. Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, bilimlarni samarali o’zlashtirish va shaxsiy fazilatlarini https://scientific-jl.com/ 5

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarix fanini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning samarali metodlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarix fanini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning samarali metodlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Tarix ta’limi, interaktiv metodlar, AKT, virtual ta’lim., sun’iy intellekt, multimedia, zamonaviy texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники