К содержанию
РецензированоUZ2026

O’SIMLIKLAR TANASIDA OQSILLARNING PARCHALANISHINI KATALIZLOVCHI FERMENTLAR.

KATALIZLOVCHI FERMENTLAR. · dotsent Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich · Saidova Lola Zaymiddinovna · РАСТИТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗМАХ.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

The article presents the fact that functionally active proteins, and protein enzymes in particular, are subject to particularly intensive metabolism. As a result of inactivation of enzyme proteins, their molecules are hydrolytically broken down by proteolytic enzymes. The process of protein breakdown in plant cells and the https://scientific-jl.com/ 6 4 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi main enzymes catalyzing this process are discussed. Along with the analysis of the structure, functional properties and physiological role of enzymes, changes in enzyme activity under the influence of environmental factors are also considered. Keywords: Protein degradation, proteolytic, enzymes, protease, peptidase, aminopeptidase, carboxypeptidase, dipeptidase, lysosome, plant cell, metabolism. Kirish. О'simlik tаnаsidа оqsil sintezi vа pаrchаlаnish jаrаyоnlаri dоimо sоdir bо'lаdi. O‘simlik organizmlarining hayot faoliyatida oqsillar muhim biologik makromolekulalardan hisoblanadi. Ular nafaqat hujayra tuzilmasining ajralmas qismi, balki turli fermentlar, gormonlar va signal uzatish molekulalarining asosidir. Oqsillar o‘simliklarda o‘sish, rivojlanish, hujayralarning yangilanishi hamda stressga qarshi javob reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Ammo har bir oqsilning faol hayotiy davri bo‘ladi. Vaqti kelib, eskirgan, zarar ko‘rgan yoki endi kerak bo‘lmagan oqsillar parchalanadi. Bu jarayon proteoliz deb nomlanadi. Oqsillarni parchalaydigan fermentlar esa proteolitik fermentlar yoki proteazalar deb ataladi. Ushbu fermentlar o‘simlik tanasida oqsillarni aminokislotalarga ajratib, ularni ikkilamchi metabolizmda qayta ishlatish imkonini beradi. Proteoliz jarayoni o‘simliklar uchun juda muhim bo‘lib, azotni qayta taqsimlash, hujayra siklining boshqaruvi, signal uzatish va patologik holatlarni nazorat qilishda xizmat qiladi. Ayniqsa, barglar to‘kilishi, g‘allaning pishishi, urug‘larning unib chiqishi kabi bosqichlarda proteolitik fermentlar faollashadi. O‘simliklar tirik organizmlar bo‘lib, ularda hayotiy jarayonlar uzluksiz tarzda kechadi. Har bir hujayra o‘z faoliyati davomida turli xil oqsillarni ishlab chiqaradi. Ushbu oqsillar o‘simlik hujayralarida tuzilmaviy, fermentativ, gormonal yoki signal uzatish kabi turli xil vazifalarni bajaradi. Lekin har bir oqsilning ham o‘z "umr muddati" bo‘ladi - ya’ni u eskiradi, shikastlanadi yoki o‘z funksiyasini yo‘qotadi. Bunday oqsillarni organizm tarkibidan olib tashlash va ularni tarkibidagi aminokislotalarni qayta ishlatish uchun maxsus mexanizmlar ishlab chiqilgan. O‘simliklarda oqsillarni parchalaydigan jarayon proteoliz deb ataladi. Bu jarayon proteolitik fermentlar - ya’ni proteazalar yordamida amalga oshadi. Ular oqsil molekulalaridagi peptid bog‘larini uzib, ularni qisqa peptidlar yoki aminokislotalargacha parchalab yuboradi. Bu parchalanish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar organizm uchun energiya manbai yoki yangi oqsillar sintezi uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi. Proteoliz jarayoni o‘simliklarda nafaqat oziq-ovqat elementlarini tejashga xizmat qiladi, balki fiziologik jihatdan muhim jarayonlarni ham boshqaradi. Masalan: Yosh bargdan keksaroq bargga azot moddasining o‘tishi, Urug‘larning unib chiqishi davrida zaxira oqsillarining parchalanishi, Gormonlar ta’sirida hujayralarning differensiallanishi yoki apoptoz (dasturlangan hujayra o‘limi) kabi jarayonlarda proteolitik fermentlar faol ishtirok etadi. https://scientific-jl.com/ 6 5 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bundan tashqari, abiotik stresslar - ya’ni qurg‘oqchilik, sovuq, sho‘rlanish, og‘ir metallar ta’siri kabi holatlarda o‘simliklarning ichki metabolizmini qayta muvozanatlashtirish uchun ham oqsillar parchalanadi. Bu jarayon, asosan, lizosomal fermentlar, sitoplazmatik proteazalar, hamda proteosoma tizimi orqali nazorat qilinadi. Zamonaviy biokimyo va molekulyar biologiya fanlari ushbu fermentlarning tuzilishini, ishlash mexanizmini va ularga ta’sir etuvchi omillarni chuqur o‘rganmoqda. Bu orqali o‘simliklarning turli stress omillariga chidamliligini oshirish, hosildorlikni yaxshilash hamda genetik seleksiya orqali yangi navlarni yaratish imkoniyati kengaymoqda. Shunday qilib, oqsillarning parchalanishini katalizlovchi fermentlarni o‘rganish - o‘simlik biologiyasi, ekologiyasi va qishloq xo‘jaligi uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Proteolitik fermentlarning turlari: O‘simlik hujayralarida uchraydigan asosiy proteolitik fermentlarga quyidagilar kiradi: Peptidаzаlаr peptidlаrdаgi peptid bоg'lаrining gidrоlizlаnishini kаtаlizlаydi. Bu fermentlаrning uch turi mаvjud: аminоpeptidаzаlаr, kаrbоksipeptidаzаlаr vа dipeptidаzаlаr. Аminоpeptidаzаlаr peptid mоlekulаlаridаn N-terminаl аminоkislоtа qоldiqlаrini gidrоlitik rаvishdа аjrаtib, tegishli аminоkislоtаlаrni hоsil qilаdi: О H Н || | H О │ 2 H N–CH–C–NН–CH–C–N–R  H N–CH–CООH + H N–CH– 2 n 2 2 C–N–R n R R О R 1 2 1 R О 2 Gidrоlizlаnаdig

Доказательный фрагмент

«The article presents the fact that functionally active proteins, and protein enzymes in particular, are subject to particularly intensive metabolism.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents the fact that functionally active proteins, and protein enzymes in particular, are subject to particularly intensive metabolism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Protein degradation, proteolytic, enzymes, protease, peptidase, proteolitik, fermentlar, Kalit so‘zlar: Oqsil parchalanishi, peptidaza, kаrbоksipeptidаzа, dipeptidаzа, lizosoma, o‘simlik hujayrasi, аminоpeptidаzа, proteaza, metabolizm.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники