Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEMIS VA INGLIZ TILLARIDA SAMATIK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI
BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI · Yangiboyeva Marjona Ravshan qizi (Samarqand davlat chet tillar instituti) · Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Sirojiddin Muminkulovich (Samarqand davlat chet tillar instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tana a’zolari ishtirokida shakllangan frazeologik birliklar ko‘rib chiqilib, ularning madaniy, semantik va psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda turli xalqlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va an’analarini aks ettirishdagi roli yoritilgan. Ingliz va nemis tillaridagi frazeologik birliklar taqqoslanib, ularning ma’no va qo‘llanishidagi o‘xshashlik hamda farqlar aniqlangan. Tadqiqot ko‘rsatadiki, tana a’zolari bilan bog‘liq iboralar til ifodalarini boyitib, tilning madaniy kontekstini tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada frazeologizmlarni to‘g‘ri tarjima qilishning madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: frazeologiya, iboralar, tana a’zolari, madaniy tilshunoslik, ingliz tili, nemis tili, semantik farqlar, tarjima, til va madaniyat, kontextual ma’no, lingvistik o'zgarishlar. Abstract. This article examines phraseological units involving body parts in various languages, focusing on their cultural, semantic, and psychological implications. It highlights the unique characteristics of such idiomatic expressions and their significance in reflecting the worldview, values, and traditions of different societies. By comparing English and German phraseological units, the study identifies similarities and differences in their meanings and usage. The analysis reveals how body-part-related idioms enrich linguistic expression and play a vital role in understanding the cultural context of a language. Additionally, the paper emphasizes the importance of accurate translation of idioms for cross-cultural communication. Key words: phraseology, idioms, body parts, cultural linguistics, English, German, semantic differences, translation, language and culture, contextual meaning, linguistic changes. Frazeologik birliklar tilning leksik boyligini ko‘rsatib, xalqning madaniyati, an’analari va tarixiy tajribalarini aks ettiradi. Nemis va ingliz tillarida frazeologik birliklarni qiyosiy o‘rganish nafaqat lingvistik farqlarni, balki o‘xshash madaniy qadriyatlarni ham tushunishga yordam beradi. Misol uchun, biror frazeologizmning https://scientific-jl.com/ 7 2 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bitta tilda qanday ishlatilishini va boshqa tilda qanday ifodalanishini ko‘rib, biz tilning qanday o‘zgarishini yoki rivojlanishini, shuningdek, har bir xalqning o‘ziga xos psixologik yoki madaniy holatini tushunishimiz mumkin. Bu jarayon, ayniqsa, tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya kontekstida juda muhimdir. Noto‘g‘ri tarjima, frazeologik birliklarning asl ma’nosini o‘ziga xos madaniyatga moslashtirmaslik, ko‘plab noxush tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, frazeologik birliklar tilshunoslar uchun tilda yuz beradigan o‘zgarishlarni kuzatish, yangi frazeologizmlarni aniqlash, hamda tilni o‘rganishda madaniy kontekstni hisobga olish imkonini beradi. Bu esa tilni faqat grammatika yoki so‘zlashuv nuqtai nazaridan emas, balki uning ijtimoiy va madaniy rolini inobatga olgan holda o‘rganishga imkon beradi. Frazeologizm (yoki frazeologik birliklar) – bu tilning ma’lum bir semantik ma’noga ega, o’ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan va ma’lum bir kontekstda ishlatiladigan so’z birikmalaridir. Frazeologizmlar odatda oʻz maʼnosida qoʻllanilmaydi. Ya’ni, frazeologizmning ma’nosi uning tarkibidagi so‘zlarning alohida ma’nolaridan farq qiladi. Frazeologizm birikmalarining o‘ziga xosligi shundaki, ular qotib qolgan bo‘lib, shu shaklda ishlatiladi va bunday birikmalarni o‘zgartirish yoki moslashtirish til qoidalariga zid bo‘ladi. Frazeologik birliklar bir marta shakllangandan so’ng, ularning tuzilishi o’zgarmas va doimiy bo’lib qoladi. Bundan tashqari, ularning ma’nosi asosan kontekstga bog’liqdir. Frazeologizmlar ko’pincha bir xalqning madaniy qadriyatlari, psixologik holati va tarixiy tajribalarini aks ettiradi. Tana a’zolari frazeologizmlari deganda esa tilda tana a’zolarini o’z ichiga olgan frazeologik birliklar tushinilishi barchamizga maʼlumdir. Tana a’zolari, odatda, frazeologizmda figurativ ma’nolarda ishlatiladi. Tana a’zolarining frazeologik birliklarda ishlatilishi, til va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Til va madaniyatda tana a’zolariga nisbatan turli xil ramzlar, belgilovchi va ifodalovchi ma’nolar koʻrsatiladi. Bunday frazeologizmlar tilga xos bo‘lib, ko‘plab madaniyatlarda mavjud bo‘lishi mumkin. A.V. Koonin va M. S. Kamenetskyning asarlarida tana a’zolari frazeologizmlari tilga qanday ta’sir ko‘rsatishini koʻrishimiz mumkin. Quyida frazeologizmlarning tilga taʼsirining turlarini koʻrib chiqamiz. Birinchi boʻlib smantik farqlarga toʻxtaladigan boʻlsak, tana a’zolarining frazeologik birliklardagi ma’nolari tilga xos farqlarni ko‘rsatadi. Masalan, “bosh” so’zi bir tilda boshqaruv yoki rahbarlikni anglatishi mumkin, boshqa bir tilda esa bu so‘z aqllilik yoki rahbarlikni ifodalashi mumkin. Kulturologik ahamiyatida, tana a’zolariga oid frazeologizmlar, o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tana a’zolari ishtirokida shakllangan frazeologik birliklar ko‘rib chiqilib, ularning madaniy, semantik va psixologik ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tana a’zolari ishtirokida shakllangan frazeologik birliklar ko‘rib chiqilib, ularning madaniy, semantik va psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, idioms, body parts, cultural linguistics, English, tana a’zolari, kontextual ma’no, nemis tili, Kalit so‘zlar: frazeologiya, madaniy tilshunoslik, semantik farqlar, lingvistik o'zgarishlar., iboralar, tarjima, ingliz tili, til va madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024