К содержанию
РецензированоUZ2025

YANGI O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MA’NAVIY O‘ZGARISHLAR

Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich · Toshboyeva Xusnida Tursunmaxamadovna (Nаmаngаn Dаvlаt pegаgоgikа instituti kаttа о’qituvchisi,) · Тиллаев Бобомурод Абдувохидович (Namangan davlat pedagogika instituti talabasi, xusnidatoshboyeva086@gmail.com) · Наманганский государственный (Namangan davlat pedagogika instituti talabasi, xusnidatoshboyeva086@gmail.com) · Тошбоева Хуснида Турсунмухаммадовна (педагогический институт, старший преподаватель,) · Наманганский государственный (педагогический институт, старший преподаватель,)

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

This article highlights in detail the ongoing reforms in the spiritual sphere, their practical significance, the results achieved and achievements in this area on the way to the creation of a new Uzbekistan. Among other things, reviews, recommendations and conclusions are given about the importance of spiritual and cultural reforms that are planned to be carried out across our country. Keywords: new Uzbekistan, initiative, spirituality, value, science, technology, progress, strategy, cultural diplomacy, national art, cinematography. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamdagi ma’naviy- ma’rifiy islohotlar Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etishda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan ayni paytda ilm-fan, texnika-texnologiya, madaniyat, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur’atlari tobora jadallashmoqda. Shuning bilan birga axborotlar asri talablariga muvofiq o‘zgarayotgan turmush tarzimiz ehtiyojlari jamiyat oldiga ko‘plab yangidan-yangi vazifalarni amalga oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Bu muammolarga qarshi turish uchun bizga samarali yechim va chora-tadbirlar suv va havodek zarur bo‘lib bormoqda. Har qanday xalqning, jamiyatning a’zolari ongida ma’naviy-madaniy saviya va salohiyatni yuksaltirish, ularning dunyoqarashini va tafakkurini oʻstirish bugungi kunda mamlakat rivojida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu masala xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydilar: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim” [1]. Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning orzu-maqsadlarni, xohish-istaklarini o‘zida ifoda etib, butun dunyoda yuksak e’tirof https://scientific-jl.com/ 9 6 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi etilmoqda. Shundan kelib chiqib, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etish har bir fuqaroning zimmasiga yuklangan burchi va mas’uliyatiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir” [2]. Darhaqiqat, ma’naviyatli, ma’rifatga oshno inson har tomonlama yetuk, zukko va ilmli inson bo‘la oladi. Sababi, qalbida ma’naviyat nuri bo‘lgan inson harakatdan to‘xtamaydi, barcha ilmlarni o‘rganishga, o‘zining xalqi, yurti uchun foydali ishlar qilishga urinadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar - bu keng ommani ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularning umumiy ma’naviy saviyasini yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga ko‘mak beruvchi tadbirlar tizimini ifodalovchi tushunchadir. Shu maqsadda bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan har bir ma’naviy-madaniy islohotlarimiz quyidagi masalalarni o‘z oldiga dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda [3]: birinchidan, mamlakatimizda ma’naviy-madaniy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash, xalqimizning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarni oʻzida mujassam etgan namunali o‘quv-dasturlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish; ikkinchidan, fuqarolarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, xalq ijodiyoti va badiiy sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, turli havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli va samarali ravishda boyitib borish; uchinchidan, yoshlarni amaliy toʻgaraklarga jalb etish, xorijiy tillarni oʻrganish va “nutq madaniyati” hamda “notiqlik” boʻyicha kurslarni uzviy ravishda tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yoʻnalishlari, havaskorlik sanʼati va nomoddiy madaniy merosni keng targʻib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish; to‘rtinchidan, adabiyot hamda sanʼat arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini oʻtkazish; beshinchidan, ma’naviy tadbirlar, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha sanʼatining tuman (shahar) miqyosidagi festival

Доказательный фрагмент

«This article highlights in detail the ongoing reforms in the spiritual sphere, their practical significance, the results achieved and achievements in this area on the way to the creation of a new Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights in detail the ongoing reforms in the spiritual sphere, their practical significance, the results achieved and achievements in this area on the way to the creation of a new Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
new Uzbekistan, initiative, spirituality, value, science, technology, strategiya, madaniy diplomatiya, milliy sanʼat, texnologiya, Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston, ma’naviyat, tashabbus, ilm-fan, kinematografiya., qadriyat, taraqqiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники