Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU ABDULLOH HALIMIYNING HAYOTI
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Абу Абдуллоҳ Халимий был одним из выдающихся учёных своего времени. В данной статье мы постарались изучить среду, в которой он вырос, условия той эпохи, в которой он жил, его учителей, восхваления в его адрес, его нрав и качества, написанные им труды и его научную деятельность. Ключевые слова: Абу Абдуллоҳ Халимий, Абу Бакр Каффоль Шоший, Абу Бакр Увдани, Джурджан, Бухара, Мавераннахр, Хорасан, хадис, калам, фикх, Китаб аль-Минхадж. Abu Abdulloh Halimiy o‘sgan muhit: Inson o‘z davri va yashayotgan muhiti ta’sirida voyaga yetadi. Abu Abdulloh Husayn ibn Hasan ibn Muhammad ibn Halimiy (Jurjoniy) hijriy 338-390 milodiy 949- 950-yilda Jurjon dengizini (bu dengiz kasbiy dengiz bilan tanilgan) janubiy- sharqiy qismida joylashgan Jurjon shahrida tug‘ilgan. Jurjon shahri hazirgi Fors davlatining Usturobod viloyatida joylashgan. Jurjon shahri Sosonoylar davrida muhum ahamiyatga https://scientific-jl.com/ 1 1 9 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ega bo‘lgan. Chunki Jurjon shimoldan davlat yerlariga bostirib keladigan ko‘chmanchi qabilalarning hujumlarini qaytaruvchi chegara qal’asi vazifasini bajargan.1 Abu Abdulloh Halimiyning nisbati: U imom, hofiz Abu Abdulloh Husayn ibn Hasan ibn Muhammad ibn Halim, shofeiy mazhabidagi faqih bo‘lib, u "Halimiy" yoki "Jurjoniy" nomlari bilan mashhurdir. Bu nisbat uning bobosi Halimga bog‘liqdir. Uning otasi esa mashhur faqih Abu Muhammad ibn Halim ibn Ibrohim ibn Maymun as-Soig‘ al-Halimiy al-Marvaziy bo‘lgan. Abu Abdulloh Halimiy ba’zan tug‘ilgan joyi Jurjon shahriga nisbat berilib "Hofiz al-Jurjoniy" deb ataladi. Boshqa hollarda esa u voyaga yetgan va ilm olgan Buxoro shahriga nisbatan "Buxoriy" deb ham tilga olinadi. bobosiga nisbatan Halimiy, tug‘ilgan joyiga nisbatan Jurjoniy deb tanilgan.2 Abu Abdulloh Halimiy ilm, fiqh, adab bilan tanilgan mashur oilada tug‘ilgan. Otasi Abu Muhammad al- Hasan ibn Muhammad ibn Haliym ibn Ibrohim ibn Maymun as-Soig‘ al-Halimiy al-Marvaziy, faqih, muhaddis bo‘lgan. Keyin otasi Abu Muhammad ibn Halim al-Marvaziy, uni yoshligida davrning yirik ilm markazi va Somoniylar saltanati ostida bo‘lgan Buxoroga olib borgan. O‘sha davrda Buxoro adabiyot, fiqh va hadisning poytaxti edi va odamlarni o‘ziga tortuvchi ajoyib tabiiy manzarasi bilan mashhur edi. Buxoro haqida “as-Suvarul aqlam” kitobi sohibi aytadi: "Movarounnahr diyorlarining eng go‘zalini aytadigan bo‘lsam, islom yurtlari ichida Buxorodan ko‘ra tashqi ko‘rinishi chiroyliroq bo‘lgan biror joyni na ko‘rdim va na eshitdim. Chunki qayerga qarama, har tomonda osmonning moviyligi bilan uyg‘unlashgan cheksiz yashillik ko‘rinadi. Go‘yo osmon yashil gumbazday bo‘lib, yashil gilamga yotqizilgandek tuyuladi. Qal’alar va saroylar bu yashillik orasida g‘uj-g‘uj turgan marvaridlar singari ko‘zga tashlanadi. Bu diyordagi yerlar to‘g‘ri va tekis bo‘lib, oynadek silliqdir. Movarounnahr va Xuroson ichida o‘z yerlariga buxoroliklardan yaxshiroq g‘amxo‘rlik qiladigan xalq yo‘q. Maydon jihatidan o‘lchaganda ham Buxoroning aholisi juda ko‘p. Bu fazilatlar aynan shu shaharga xosdir. Dunyoning eng go‘zal maskanlari Samarqandning bog‘lari va O‘bullo daryosi bo‘lsa-da, Buxoroning tabiati va aholisining o‘ziga xosligi alohida e’tiborga loyiq."3 Shuningdek, fors allomasi as-Sa’alabiy "Yatimat ad-dahr" kitobida shunday yozgan: "Somoniylar davrida Buxoro ulug‘vorlik markazi, hukmdorlarning qiblasi, zamonasining tengsiz kishilari to‘planadigan maskan, yer yuzining adab ahli uchun yulduzlar chiqadigan joyi va asrning fozillari uchun uchrashuv makoni edi." 4 1 Imom Zahabiy. Tazkirotul Huffoz. – Haydarobod: Majlisu dairotul maoriful usmaniyya, 1957. – J. III. – B. 1030. 2 Imom Subkiy. Tobaqot ash-Shofeiyya. – Qohira: al-Matbaul Husniyya, 1324-h. – J . III. – B. 137. 3 Yaqut al-Hamaviy. Mo‘jamul Buldon. – Bayrut: Doru Bayrut, 1956. – J. I. – B. 353. 4 Imom Sa’alabiy. Yatimat ad-dahr. – Bayrut: Dorul kutub al-ilmiyya, 1983. – III. – B. 127. https://scientific-jl.com/ 1 2 0 43-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O‘sha davrda Buxorodagi mutafakkirlar masjidlarda uzoq-uzoq ilmiy muhokamalar olib borishar edi. Ba’zida bu ilmiy muhokamalarga ko‘cha va xiyobonlarda ham duch kelish mumkin bo‘lgan. Ilm-fan va adabiyot, fiqh va hadis ilmi bilan mashhur bo‘lgan bu serhosil va boy shahar – Buxoroda Abu Abdulloh Halimiy hayot kechirdi. Halimiy aynan shunday ilmiy muhitda voyaga yetdi. U ilm ahli bo‘lgan otasi bilan birga o‘qigan va Ash’ariy mazhabining asoschisi Abul-Hasan al-Ash’ariyning muhim shogirdlari qatorida tilga olingan. Halimiy Buxoroda Ash’ariylar va Shofeiylar mazhabining ulug‘ olimlari bilan birga bo‘lib, ulardan saboq olgan. Halimiyning tug‘ilgan uyi ilm, adabiyot va fiqh markazi sifatida tanilgan edi. Faqat otasi emas, balki uning ukasi Abul-Fazl Hasan ibn Hasan ibn Muhammad ibn Halimiy ham ilm bilan shug‘ullangan. Otasi bir vaqtlar sulton Sanjar saroyida muftiylik bilan shug‘ullangan. Hayotining so‘nggi yillarida esa uyini Qur’on b
Доказательный фрагмент
«Абу Абдуллоҳ Халимий был одним из выдающихся учёных своего времени.»
Образец извлечения
Демо-превьюАбу Абдуллоҳ Халимий был одним из выдающихся учёных своего времени. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abu Abdullah Halimi, Abu Bakr Qaffal Shashi, Abu Bakr Uvdani, Buxoro, Kalit so‘zlar: Abu Abdulloh Halimiy, Abu Bakr Qaffol Shoshiy, fiqh, hadis, Xuroson, kitob al- minhoj., Movarounnahr, Jurjon, kalom ilmi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025