К содержанию
РецензированоUZ1998

O’ZBEK XALQINIMG KELIB CHIQISH MASALASI

Abdunazarova Aziza Ilhom qizi

Образовательные инновации и интеграция · 1998

Аннотация

Ushbu maqolamda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi hamda turli xil tarixchi olimlarning o’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida turlicha fikirlari va qarashlari yoritilgan. Kalit so’zlar. Panturkizim, panironizm, sog’diy, turk xoqonligi, diniy konsepsiya panislomizm, Nux payg’ambar, so’nggi bronza davri, oriylar, etnik qatlamlar. Dastlab sobiq sovet hokimiyati davrida milliy respublikalarni tashkil etish jarayoni ketayotgan kezlarda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi faqat turk etnosi bilan bog’liq holda o’rganilib fanda ‘’panturkizm’’ atamasi paydo bo’ldi. Etnik tarix va millat tarixining har birini olganda ularning boshlang’ich va yakuniy nuqtasi bor. Masalan mana shu ilmiy konsepsiya asosida o’zbek xalqi etnogenezining boshlang’ich nuqtasi sifatida dastlab turk xoqonligi davri qabul qilingan. Bu ta’limot zamirida ‘’ O’rta Osiyo’’ aholisi azaldan turklar bo’lib buyuk Turon so’ng Turkiston bo’lib ketgan” degan g’oya yotadi . Ular o’zbek xalqining turk ildizini turkiy bo’lmagan etnoslar bilan aralashi natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar. Keyinchalik O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgan kundan boshlab o’zbek davlatchiligi masalasi kun tartibigi qo’yildi. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi O’zbekiston tarixining ajralmas tarkibiy qismi, uning bosh masalasi bo’lib qoldi. Mustaqil O’zbekiston davlati oldida turgan bunday o’ta muhim muamolarni chuqur anglab yetgan Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 1998-yilda bir guruh tarixchi va olimlar bilan suhbat uyushtirib, ular oldiga ,,O’zbek xalqi va uning davlatchiligi’’ muamolari ustida ilmiy izlanishlar olib borish masalasini qo’ydi. Pezidentimiz Islom Karimov aytganidek, ,,mustaqil fikrlaydigan olimlarimiz bo’lmasa, o’z davlatimiz xalqimiz, mamlakatimiz tarixini o’zimiz tiklamasak, o’zimiz xolisona yozmasak uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Yozish bilan cheklansa mayliku-ya bizni, o’sib kelayotgan avlodni hatto olimlarmizni ham o’z yo’rig’iga solishga harakat qiladi’’1 O’zbek xalqining kelib chiqishi haqida o’zbek tarixchi va olimlari turlicha fikir va qarashlarni ilgari surmoqdalar. Xozirgi kunda o’zbek xalqi yanada qadimiy ya’ni so’nggi bronza davri bilan belgilanmoqda2. Bunday qarashlarning ilmiy asosda o’zbeklarning o’q tomiri bosh 1 Islom Karimov. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. VII jild.T.:,,O’zbekiston nashryoti’’ 1999-152-bet. 2 Ahmadali Asqarov – ‘’O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi’’ 4-5 betlar https://scientific-jl.com/ 2 1 0 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ildizi ikki tilda so’zlashuvchi etnik qatlamlar (sog’diy va turkiy) qorushuvi natijsida ekanligi va ularning ilk bor aralasha boshlagan nuqtasi so’nggi bronza davridan boshlanganligi hisobga olingan. Sobiq sovet davri tarixiy lingvistik tadqiqotlari va uning ta’sirida bo’lgan tarix fanida O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari tili masalasida, ularni eroniy tilli xalq sifatida talqin qilindi. Chunki ‘’Avesto’’ va ‘’Veda ‘’ kabi eng qadimgi yozma manbalar tili Ovropa xalqlarining qadimiy tillarining tub aholisining barchasi mazkur yozma manbalar tillaridan kelib chiqqan xolda eronzabon deb qabul qilingan. Ular orasida shundaylar ham borki hozir ham uchrab turadi ular o’zbek xalqining kelib chiqishini Nux payg’ambarning o’g’li Yofasdan Yofasning o’g’li Tur yoki Turkdan boshlaydilar. Natijada uning aks sadosi sifatida ‘’ panironizm’’ ta’limoti paydo boladi. Bunga ko’ra ‘’bu zamining tubjoy aholisi eroniy tilli xalq bo’lib bu yurtga turklar keyinchalik kelgan’’ g’ayriilmiy konsepsiya paydo bo’ldi. Eronshunos olimlar Xind- Ovropa nazariyasidan kelib chiqib O’rta Osiyodan to Baykalgacha bo’lgan mintaqalarda eroniy til muxiti hukumron degan asosiz qarashni ilmiy jamoatchilik ongiga singdirdi. O’sha kezlarda bu murakkab masala yechimiga islom aqidaparastlari ham aralashib ,,milliy etnoslar yo’q faqat islom millati bor, xalqlarni tiliga qarab emas, balki diniga qarab millatinini belgilamoq keraak” degan diniy konsepsiyalarning paydo bo’ldi. Bunday qarash fanda ,,panislomizm’’ nomini oldi. Xalqimiz tarixiga boʻlgan yana bir qarashlarda: “ Miloddan oldingi ll va l – ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda ( shu jumladan Oʻzbekistonda ) hindyevropa xalqlarining ajdodlari oriy xalqi yashagan, milodiy VI asrga qadar bu yurtlarda turkiy xalqning (oʻzbeklarning) izi ham boʻlmagan degan qarash ham mavjud. Shuning uchun miloddan oldingi II va I – ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda yashagan turkiy qavmlar Sharqiy Eron tili lahjasida soʻzlashgan xalq sifatida tanishtirilmoqda’’ ( Oʻrol Nosirov “ Oʻzbeklar shajarasi” ). Jahon ilm-fani ibtidoiy odam paydo boʻlgan va rivojlanish davrini boshdan kechirgan azaliy maskan Oʻrta Osiyo boʻlganligini tan olgan . Oʻzbekiston esa Oʻrta Osiyoning qoq markazida joylashganligi uchun ham ibtidoiy odamning paydo boʻlishida azaliy Vatan boʻlganiga hech kim e’tiroz bildira olmaydi. Tarixchi olimlar esa turkiylar ( bu oʻrinda oʻzbeklar nazarda tutiladi ) ning azaliy vatani deya Dashti Qipchoq va

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolamda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi hamda turli xil tarixchi olimlarning o’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida turlicha fikirlari va qarashlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolamda o’zbek xalqining kelib chiqish masalasi hamda turli xil tarixchi olimlarning o’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida turlicha fikirlari va qarashlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so’nggi bronza davri, Kalit so’zlar. Panturkizim, etnik qatlamlar., diniy konsepsiya panislomizm, Nux payg’ambar, oriylar, panironizm, sog’diy, turk xoqonligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники