К содержанию
РецензированоUZ2026

SIYOSIY MAFKURALAR MADANIY ANTROPOLOGIYA FENOMENI SIFATIDA

Komilova Orzigul

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada siyosiy mafkura tushunchasi madaniy antropologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Siyosiy mafkuralar jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar, qadriyatlar, an’analar va e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishida muhim ro‘l o‘ynaydi. Maqolada mafkuralarning kelib chiqishi, ularning madaniy kontekstdagi ahamiyati hamda zamonaviy global jarayonlarga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, siyosiy mafkuralarning antropologik yondashuv orqali tahlil qilinishi ular ortidagi ijtimoiy va madaniy omillarni chuqur anglashga imkon berishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: siyosiy mafkura, madaniy antropologiya, qadriyatlar, ijtimoiy tafakkur, mafkuraviy kurash, identitet, globalizatsiya. Insoniyat tarixi davomida mafkura doimo ijtimoiy hayotning muhim qismi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, siyosiy mafkura — insonlar jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglashlari, davlat va hokimiyatga munosabatlari, ijtimoiy adolatga bo‘lgan qarashlarini belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniy antropologiya esa inson madaniyatini, turmush tarzini, e’tiqod va urf-odatlarini o‘rganuvchi fan bo‘lib, siyosiy mafkuralarning shakllanishi va tarqalishini keng ijtimoiy-kultural kontekstda tahlil qilish imkonini beradi. Mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-umidlari va maqsadlarini ifoda etuvchi qarashlar majmuasi hamda ularni hayotga tatbiq etish tizimidir. Unda ushbu guruh yoki qatlamning o‘tmishdagi tajribasi, hozirgi holati va kelajakdagi rejalarining aks etishi muhim o‘rin tutadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix davomida insoniyat turli mafkuralarni yaratgan va ulardan foydalanib kelgan. Har bir xalq va ijtimoiy kuchlar o‘z manfaat va maqsadlariga asoslangan mafkuraviy qarashlar, ta’limotlar va dasturlarni ishlab chiqqanlar. Har qanday yangi mafkura jamiyatda paydo bo‘layotgan yangi siyosiy-ijtimoiy kuchlarning ehtiyoj va intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy tizim sifatida yuzaga keladi. U odatda quyidagi vazifalarni bajarishga intiladi: g‘oyani odamlarning ongiga singdirish, jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirish, belgilangan maqsadlar sari odamlarni safarbar qilish, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yoshlarni g‘oyaviy https://scientific-jl.com/ 2 1 7 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, boshqa zararli mafkuraviy ta’sirlardan himoya qilish. Mafkura odatda ma’lum falsafiy yoki diniy qarashlarga asoslanadi, ilmiy fikrlar va axloqiy qadriyatlarga tayangan holda shakllanadi. Mafkura o‘z tabiatiga va ta’sir darajasiga qarab, jamiyatni birlashtirishi hamda rivojlantirishi, yoki aksincha, uni bo‘linishga olib kelishi mumkin. U davlatning xalqaro maydondagi mavqeiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi, xalqlarni taraqqiyot sari yetaklashi yoki tanazzulga olib borishi mumkin. Agar mafkura erkinlik, ozodlik, tinchlik va hamkorlik kabi yuksak g‘oyalarga asoslangan bo‘lsa, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi, ma’naviyatni oshiradi va insonlarni ezgu ishlar sari ilhomlantiradi. Bunday mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Aksincha, zo‘ravonlik, tajovuzkorlik, mustabidlik va ekstremistik g‘oyalarga tayanuvchi mafkura esa jamiyatga zarar yetkazadi, xalqlarni zulm va asoratga olib keladigan vayronkor kuchga aylanadi.1 Siyosiy mafkuralar insoniyatning ilk ijtimoiy tuzilmalaridan boshlab mavjud bo‘lgan. Dastlabki e’tiqodlar, urug‘-qabila boshqaruvi, diniy hokimiyatlar shakllanishida mafkuraviy asoslar mavjud edi. Ularning rivojlanishi jamiyatning madaniy evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Har bir tarixiy bosqichda siyosiy mafkura yangi shakllarga ega bo‘lib, o‘z davrining ehtiyojlari va madaniy xususiyatlarini aks ettirib kelgan. Antropologik yondashuv siyosiy mafkuralarni faqat siyosiy g‘oya sifatida emas, balki ular bilan bog‘liq bo‘lgan rituallar, ramzlar, til, urf-odatlar va ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali tahlil etadi. Masalan, bir xalqning tarixiy xotirasi, diniy marosimlari yoki ramzlar tizimi ma’lum mafkuralarning shakllanishi va mustahkamlanishiga zamin yaratadi. Bugungi global dunyoda siyosiy mafkuralar tezkor tarqalmoqda va turli madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir kuchaymoqda. Bu holat madaniy antropologlar uchun yangi tahlil maydonini ochadi: siyosiy mafkuralarning transmillashuvi, madaniy identitetlarning shakllanishi va mafkuraviy kurashlarning zamonaviy shakllari chuqur o‘rganishga muhtoj. Shuni ham aytish joizki, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda eng asosiy mafkuraviy omil – bu fuqarolarning yuksak siyosiy ongiga ega bo‘lishidir. Sababi, siyosiy ong inson voqelikni anglash va uni tushunish asosida shakllanadi, hamda ishlab chiqilgan siyosiy g‘oya, me’yor, qarash va e’tiqodlar orqali odamlarning ijtimoiy xulq-atvorini tartibga soladi. Siyosiy mafkura esa jamiyatdagi turli qatlam va guruhlarning siyosiy hokimiyatg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada siyosiy mafkura tushunchasi madaniy antropologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada siyosiy mafkura tushunchasi madaniy antropologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madaniy antropologiya, qadriyatlar, ijtimoiy tafakkur, Kalit so‘zlar: siyosiy mafkura, globalizatsiya., identitet, mafkuraviy kurash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники