Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОСТОЯНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЁТА ПРОИЗВОДСТВА И РЕАЛИЗАЦИИ ТОВАРОВ (РАБОТ, УСЛУГ) В БЮДЖЕТНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ
Roziqova Dildora Umrboy qizi.
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning qissa va romanlari haqida so‘z yuritilib, ular syujet jihatidan tahlil qilinadi. Shuningdek, Sho‘ro tuzumidagi mudhish va ayanchli voqealar ham batafsil fosh etilgan. Tayanch tushunchalar: Obraz, yozuvchi mahorati, Sho‘ro tuzumi, syujet, ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya, tragediya. Syujet badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanadigan, qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga chiqaradigan omillardan biri hisoblanadi. Aynan syujet voqealar izchilligini, rivoji, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisaga munosabat beradi. “sujеtning badiiy asardagi funksiyalari haqida so‘z kеtganda, avvalo, uning asar problеmasini badiiy tadqiq etishga imkon bеradigan hayot matеrialini uyushtirib bеrishini aytish kеrak. Dеmak, sujеt asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo‘lishi mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog‘liq bo‘lib qoladi”1. Aytish mumkinki, syujet mavzuning mohiyatini ochib beradigan, ijodkor niyatini ro‘yobga chiqaradigan badiiy unsur hisoblanadi. Aynan syujet va uning unsurlari orqali, asar o‘qib tushunilishga, g‘oyasini kitobxonga yetkazishga qodir bo‘ladi. Syujetning ikki xil turi farqlanadi. Tashqi harakatga bog‘liq rivojlanib boradigan va ichki harakatga bog‘liq holda rivojlanadigan. Dastlabki turida asar qahramonlarining muayyan maqsad yo‘lidagi intilishlari, kurash va to‘qnashuv hayotdagi burilishlar ifodalanadi. Bunday syujet turida voqealar bir-biriga o‘zaro bog‘langan va to‘laqonli izchillikda beriladi. Xalq og‘zaki ijodi namunanalari: ertak, hikoya va dostonlar tashqi syujetga asoslangan bo‘ladi. Zamonaviy o’zbek nasri namunalari: "O‘tkan kunlar", "Mеhrobdan chayon", "Kеcha va kunduz", "Qutlug‘ qon", "Sarob" — bu asarlar barchasida tashqi harakat dinamikasi yеtakchilik qiladi. Syujetning ikkinchi tipi ancha yoshroq hisoblandi, chunki u o‘tgan asrning 80- yillarida ko‘zga tashlana boshladi. Syujetning bu turida asar voqealarida emas balki, qahramonlar ruhiyatida tub burilishlar, o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. “Badiiy asar sujеti ekspozitsiya, tugun, voqеa rivoji, kulminatsiya, yеchim singari unsurlardan tarkib topadi. Ba’zi asarlarda ekspozitsiyaga juda keng 1 Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish- www.ziyouz.com kutubxonasi. – B. 108 https://scientific-jl.com/ 2 8 1 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o‘rin beriladi va ko‘pincha asarning boshlanishida beriladi. Ammo, ba’zi bir asarlarda u umuman, bo‘lmasligi, boshqa unsurlardan keyin joylashishi mumkin. O‘zbek adabiyotida Cho‘lponning “Kecha va Kunduz” hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlarida ekspozitsiya keng va atroflicha berilgan. Asar qahramonlari Zebi, Kumushbibi, Anvar va Ra’nolarni yaqindan tanibgina, so‘ngra, asarga kirishib ketamiz. Ularning xarakterini, ham botiniy ham zohiriy gzalligini anglab, tushunib, ajib bir muhabbat ila o‘qishda davom etamiz. Ammo Tog‘ay Murod asarlarida ekspozitsiyaga alohida o‘rin berilmagan, asar qahramonlarining kim va qanday ekanligini butun asar mobaynida anglash mumkin. Asardagi qahramonlar ruhiyati yoki asar kechadigan voqealar asar boshlanishida alohida boshlab berilmagan. Uning hikoyalaridan tortib toki romanlarigacha alohida ekspozitsiya qismi yo‘q. “Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi… Yaxshi shoir O‘rolboy ko‘rpaga burkanib, ishqiy she’r bitdi. Misralarini farzandiday ardoqlab, voyaga yetkazdi. Beixtiyor o‘zining birinchi muhabbatini — sinfdoshi Xolbuvini esladi…”2 . Ushbu “Er va xotin” deb nomlangan hikoyada asar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tugun qismidan boshlanib ketgan, uchrashuvga kimlar chiqdi? Ularning xarakteri, ko‘rinishi tanishtirilmay o‘quvchiga notanish bo‘lgan uchrashuv haqida gap boradi, biroz asar ichiga kirgandan so‘nggina bu uchrashuv shoir yigit O‘rolboy va sodda, samimiy qishloq qizi bo‘lmish Barchinoyga tegishliligini bilish mumkin. Tog‘ay Murod ijodida umumbashariy adabiyotga aloqador bo‘lgan talqin o‘zbek milliy mentaliteti bilan uyg‘unlashtirib yuborilganining guvohi bo‘lishimiz mumkinki, betakror badiiy mukammal qissalari bilan XX asrning 80-yillari o‘zbek nasri rivojiga katta hissa qo‘shdi. Tog‘ay Murodning asarlariga e’tibor bersak, aksariyat hollarda fojia bilan tugaydi. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida Oymomo vafot etadi va bu hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan fojia hisoblanadi, ammo “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi Dehqonqul va unga o‘xshash odamlar tragediyasi aynan ijtimoiy holat bilan bog‘liq. Bu birgina Dehqonqulga emas, butun millatga kelgan fojiadir, chunki bunday insonlarni tuzatishniyam, o‘zgartirishniyam imkoni yo‘qdek tuyuladi. Binobarin, dastlabki asarda barcha qahramonlar o‘zining vazifalariga mos tarzda tanlanganligini ko‘rishimiz
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning qissa va romanlari haqida so‘z yuritilib, ular syujet jihatidan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Tog‘ay Murodning qissa va romanlari haqida so‘z yuritilib, ular syujet jihatidan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- товары для перепродажи, розничная торговля, возврат готовой продукции покупателям., услуг) в бюджетных организациях, Ключевые слова: учёт производства и реализации товаров (работ
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024