К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB FIZIKA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING TASAVVUR DOIRASINI KENGAYTIRUVCHI KROSS-FAN YONDASHUV USULI.

Karimova Roziya Komilovna · Xojiakbarova Nodiraxon Abdumutal qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

In the modern educational process, it is important to develop students' deep and broad imagination. This indicator is especially relevant when teaching physics, since physics is a science that affects almost all areas of life. Key words: interdisciplinary approach, interdisciplinary connections, analytical thinking, laws of thermodynamics, electrical engineering, astronautics, STEM project, integration. Fizikani boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish – ya’ni kross-fan (interdisiplinar) yondashuv – o‘quvchilarda chuqurroq tushuncha hosil qilish, murakkab hodisalarni yaxlit tasavvur etish, fanlararo aloqalarni anglash va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. Kross-fan yondashuv deganda, bir fan doirasidagi mavzularni boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lab o‘rganish nazarda tutiladi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar nafaqat konkret fizika qonunlarini o‘zlashtiradi, balki ularni amaliyotda, boshqa sohalarda qanday qo‘llanilishini anglaydi. Bu esa o‘z navbatida ularning tasavvur doirasini kengaytiradi, analitik fikrlashini, bog‘liqliklarni topish qobiliyatini oshiradi [1]. Fizika fani, avvalo, matematik formulalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan fandir. Kross-fan yondashuvda matematik model tuzish, grafik chizish, hisob-kitoblar qilish orqali fizikaviy jarayonlarni chuqurroq tushunishga erishiladi. Masalan, harakat tenglamalarini grafikda tasvirlash, funksiyalar orqali tezlik va yo‘l orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish o‘quvchiga mavzuni ancha chuqurroq idrok ettiradi. Fizika qonuniyatlari tirik organizmlar faoliyatida ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, yurak ishi-nasos mexanizmi sifatida, nafas olish jarayoni-bosimlar farqi asosida, tovush- to‘lqin shaklida tarqaladi va boshqalar [2]. Bunday kross-fan yondashuv orqali o‘quvchilar fiziologik jarayonlarga fizik ko‘z bilan qarashni o‘rganadi, bu esa ular tasavvurini boyitadi. Kimyo fanida sodir bo‘ladigan reaksiyalarni chuqur tushunish uchun fizik tushunchalar – energiya, issiqlik almashinuvi, atom tuzilishi, molekulalarning harakati kabilar zarurdir. Termodinamika qonunlarini kimyoviy reaksiyalar bilan bog‘lab o‘rganish o‘quvchiga ikkita fanni bir butun sifatida qabul qilish imkonini beradi. Bu esa tafakkur va tasavvurni kengaytirishga xizmat qiladi. Fizika va geografiya integratsiyasi bu iqlim o‘zgarishlari, atmosferadagi bosim farqlari, shamol va havo oqimlari, yomg‘ir va qor yog‘ishi kabi hodisalar fizik qonunlarga asoslanadi. Agar bu hodisalar fizika bilan bog‘liq holda tushuntirilsa, o‘quvchi nafaqat darsda, balki atrof-muhitda ham o‘z bilimlarini qo‘llay oladi. Bu bilimlar hayotiy, amaliy va mustahkam bo‘ladi. Axborot texnologiyalari, muhandislik, https://scientific-jl.com/ 1 1 9 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qurilish, elektrotexnika, kosmonavtika kabi sohalarda fizikaning qo‘llanilishi o‘quvchilarni kelajak kasblariga qiziqtiradi, ilm-fanga bo‘lgan munosabatini kuchaytiradi. Dars jarayonida robototexnika elementlari, STEM loyihalaridan foydalanish aynan shu yondashuvning zamonaviy ifodasidir. Fanlararo yondashuv nafaqat bilimlarni kengaytiradi, balki o‘quvchini turli sohalardagi hodisalarni yagona tizimda ko‘ra olishga, mantiqiy bog‘liqliklarni sezishga, zamonaviy muammolarni kompleks hal eta olishga o‘rgatadi [3]. Bu esa XXI asr ko‘nikmalari – tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatni hal qilish, jamoaviy ish va texnologik savodxonlik kabi sifatlarni rivojlantiradi. Xulosa qilib aytganda Fizika fanini kross-fan yondashuv asosida o‘qitish-bu nafaqat bilimlar integratsiyasini ta’minlovchi, balki o‘quvchilarning fikrlash darajasi va tasavvur doirasini kengaytiruvchi kuchli vositadir. Bunday yondashuv orqali o‘quvchi olamni yaxlit ko‘ra oladi, fanlararo bog‘liqliklarni anglaydi va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. Shunday ekan, maktab fizika darslarida kross-fan yondashuv elementlarini izchil joriy etish hozirgi ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. B.Mirzaxmedov., N.G’ofurov va boshqalar. Fizika o’qitish nazariyasi va metodikasi Toshkent-2015. 2. B.S.Aliev. Fizika fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. Toshken. 2014. 3. A.Shamsiev. Fizika fanini o‘qitishning yangi metodlari. Toshkent. 2012. https://scientific-jl.com/ 1 2 0 43-son_2-to’plam_Aprel -2025

Доказательный фрагмент

«In the modern educational process, it is important to develop students' deep and broad imagination.»

Образец извлечения

Демо-превью

In the modern educational process, it is important to develop students' deep and broad imagination. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interdisciplinary approach, interdisciplinary connections, analytical, termodinamika qonunlari, analitik fikrlash, Kalit so‘zlar: kross-fan yondashuv, fanlararo aloqalar, kosmonavtika, integratsiya., elektrotexnika, STEM loyiha
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники