К содержанию
РецензированоUZ2026

KUTUBXONA – BOLALIK ORZULARINING UYI

Nozimaxon Xoshimova · Abdulla Oripov

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalik davridagi kitobxonlik madaniyati, ayniqsa kutubxonalarning bola tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ota-ona va ustozlarning bolaga kitobni sevdirishdagi roli, zamonaviy kutubxonalar imkoniyatlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola bolalarni orzular sari yetaklaydigan kutubxona muhitining beqiyos ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Kalit so‘zlar: kutubxona, bolalik, orzu, kitob, tarbiya, ota-ona, ustoz, bilim, zamonaviy kutubxona, bolalar kitobxonligi, ma'naviyat, tasavvur, mustaqil fikrlash Bolalik – inson hayotidagi eng nozik, eng beg‘ubor va eng quvonchli davrdir. Bu davrda inson tafakkuri hali jadal rivojlanayotgan, tasavvuri cheksiz, orzulari esa parvozli bo‘ladi. Bolalikda eshitilgan har bir ertak, ko‘rilgan har bir rasmli kitob, o‘qilgan har bir sahifa bolaning dunyoqarashiga katta ta’sir o‘tkazadi. Aynan shu jarayonda kitoblar va ularni jamlagan mo‘jizaviy joy – kutubxona eng muhim rolni bajaradi. Kutubxona – bu oddiygina javonlar to‘plami emas, bu bolalik orzularining uyi, ko‘ngil olamining kengayish nuqtasi, bilim sari yo‘l ochuvchi manba hisoblanadi. Har bir bola o‘z hayotining muayyan bir bosqichida kitob bilan tanishadi. Lekin bu tanishuv faqatgina uyda emas, balki jamiyatning muhim bo‘g‘ini – kutubxona orqali yanada mazmunli va chuqur kechadi. Kutubxona – bu faqat o‘qish joyi emas, bu – bolaga mehrli muhit yaratadigan, uni yangi bilimlar sari yetaklaydigan, mustaqil fikrlashga undaydigan makondir. Bolaning kitobga muhabbati aynan kutubxona orqali shakllanadi. Bu yerda bolaning har bir savoliga javob topiladi, har bir tushunmovchilik izohlanadi. Bu esa bolani bilimga chanqoq, izlanishga moyil shaxs qilib tarbiyalaydi. Bolaning ilk bor kutubxonaga kirib kelgani – bu uning dunyoni yangi nigoh bilan ko‘rishining boshlanishidir. Rang-barang muqovali kitoblar, sokinlik va tinchlik hukm surgan muhit, mehribon kutubxonachi – bularning barchasi bolaga iliqlik bag‘ishlaydi. Bu yerda u ilk bor she'r yozishni orzu qiladi, qahramon bo‘lishni xohlaydi, tarixiy sarguzashtlarni his etadi. Har bir kitob – bu yangi dunyo, yangi kashfiyot. Bolalar bu orqali bilim oladilar, til boyliklarini oshiradilar, nutq madaniyatini shakllantiradilar. https://scientific-jl.com/ 1 2 1 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Aynan shunday muhitda orzular ulg‘ayadi, shakllanadi va hayot yo‘lining yo‘nalishini belgilab beradi. Zamonaviy bolalar kutubxonalari nafaqat axborot markazi, balki tarbiyaviy va ma’naviy maskan hamdir. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi kutubxonalarni faqat kitoblar emas, balki audio, video, elektron resurslar bilan boyitishga imkon yaratdi. Bu esa bolalarning turli uslubda o‘rganishlariga, orzularini turli yo‘llar bilan ifoda etishlariga sharoit yaratadi. Bunday sharoitda har bir bola o‘z orzusi sari mustahkam qadamlab boradi. Interaktiv mashg‘ulotlar, ijodiy uchrashuvlar, kitobxonlar tanlovlari bolalarning ichki dunyosini boyitadi, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ruhlantiradi. Bola kitobni sevishni o‘rganishi uchun, avvalo, unga yaqin kattalar – ota-onalar va ustozlar bu borada namuna bo‘lishi lozim. Ota-onaning kitobxonligi, kutubxonaga bo‘lgan muhabbati bolaning kitobga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. Ustozlarning esa darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kutubxona resurslaridan foydalanishi, u yerga tashriflar uyushtirishi bolaning bilimga bo‘lgan munosabatini kuchaytiradi. Har bir katta yoshdagining vazifasi – bolani kitobga oshno qilish, uning qalbida orzular o‘sishiga yordam berishdir. Har bir kasb egasi – u shifokor bo‘ladimi, muhandis yoki yozuvchimi – o‘z orzusini bolaligida shakllantiradi. Bu orzular esa ko‘pincha kutubxonadagi kitoblarni o‘qish orqali paydo bo‘ladi. Kitoblar orqali bola o‘zining kelajakdagi kasbi haqida tasavvur hosil qiladi. U kashfiyotlar olamiga sho‘ng‘iydi, qahramonlar hayoti orqali jasorat, sabr, sadoqat kabi tushunchalarni anglaydi. Shunday qilib, kutubxona bolani nafaqat o‘qitadi, balki uni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, hayotda maqsad sari intilishga ilhomlantiradi. Kutubxona – bu bolalikda boshlangan orzular manzili. Har bir kitob javoni – yangi imkoniyatlar, har bir sahifa esa yangi hayot darsi. Bolalar bu yerda nafaqat bilim oladilar, balki orzu qilish, hayot haqida fikr yuritish, o‘zini topish san’atini ham o‘rganadilar. Shuning uchun har bir maktab, mahalla, jamiyatda kutubxonalar faoliyati kuchli bo‘lishi zarur. Zero, kutubxona – bu kelajak poydevori, bolalik orzularining uyi, umidlar ostonasi va ertangi kun yo‘lchisi bo‘lib qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oripov, A. (2008). Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2. Rasulov, N. (2016). Kitob va bolalik olami. Toshkent: Yangi asr avlodi. 3. Qodirova, Z. (2020). Kutubxonachilik asoslari. Toshkent: Ilm Ziyo. 4. Karimova, M. (2018). Axborot-kutubxona madaniyati. Toshkent: Fan va texnologiya. 5. Ismoilova, D. (2021). Bolalar kutubxonalari: zamonaviy yondash

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalik davridagi kitobxonlik madaniyati, ayniqsa kutubxonalarning bola tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalik davridagi kitobxonlik madaniyati, ayniqsa kutubxonalarning bola tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalik, tarbiya, ustoz, ma'naviyat, ota-ona, tasavvur, bilim, mustaqil fikrlash, kitob, zamonaviy kutubxona, orzu, bolalar kitobxonligi, Kalit so‘zlar: kutubxona
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники