Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK XALQINING BAG‘RIKENGLIGI XUSUSIDA
BAG‘RIKENGLIGI XUSUSIDA · Usanov Shuxrat Musurmonovich
Образовательные инновации и интеграция · 1941
Аннотация
В данном научном исследовании представлены информация о политике переселения населения советским правительством в годы Второй мировой войны, аспекты толерантности у узбекского народа, понятие толерантности и межэтнические отношения в Узбекистане в годы Второй мировой войны. Annotation: This scientific research provides information about the Soviet government's population relocation policy during World War II, the aspects of tolerance in the Uzbek people, the concept of tolerance, and interethnic relations in Uzbekistan during the years of World War II. Kalit so‘zlarlar: mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, Shoahmad Shomahmudov, Hamid Samadov, tolerantlik, milliy guruhlari deportatsiya qilinishi, milliy va diniy qadriyatlar, millat erkinligi va barqarorligi, ijtimoiy guruh. Ключевые слова: Гостеприимство, толерантность, Шоахмад Шомахмудов, Хамид Самадов, толерантность, депортация национальных групп, национальные и религиозные ценности, национальная свобода и стабильность, социальная группа. Keywords: Hospitality, tolerance, Shoakhmad Shomakhmudov, Khamid Samadov, tolerance, deportation of national groups, national and religious values, national freedom and stability, social group. KIRISH Insoniyat tarixida eng ko‘p qirg‘inbarotlar olib kelgan ikkinchi jahon urushi natijasida yer yuzida juda ko‘plab aholi vafot etdi. 1941-yilning 22-iyun kuni tongida fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga hujum qildi. Mamlakat va partiya rahbari I.V.Stalin 1941-yil 16-avgustda 270-sonli buyruqni e’lon qildi. Unga binoan urushda asir tushganlar o‘ta ketgan dizetirlar (harbiy xizmatni tashlab ketgan qochoqlar) deb e’lon qilindi, ularning oila a’zolari esa “qasamyodni buzganlar va Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash”ga mahkum etildi. https://scientific-jl.com/ 1 3 0 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ikkinchi jahon urushining birinchi kunlaridan boshlab to oxirigacha o‘zbekistonlik jangchilar unda juda faol qatnashdilar. Tarix ularning mardligi, qat’iyati va fidokorligi haqidagi xotiralarini o‘tmish, bugungi va kelajak avlodlar uchun mangu saqlanib qolgan. Urushning og‘ir yillarida o‘zbek xalqining asosiy ma’naviy axloqiy xususiyatlari, uning insonparvarligi yorqin namoyon bo‘ldi. O‘zbek xalqi Sharq ma’naviyatining eng yaxshi an’analariga amal qilib, urushning ayanchli yillarida ittifoqning dushman vaqtincha bosib olgan hududlaridagi aholiga do‘stona bag‘rikenglik qilib, o‘z yurtidan ajralgan quvg‘inlarga g‘amxo‘rlik va mehmondo‘stlik bilan ko‘nglini ko‘tardi. Qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo‘lga qo‘yishda yordam berdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisi urush yillarida nihoyatda nochor yashashiga qaramasdan shunday yordam qo‘lini cho‘zdi. Urush odatdagi hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi. Urushning dastlabki kunlaridanoq butun mamlakatda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham oziq-ovqat va sanoat mollari keskin kamayib ketdi. Ko‘chirib keltirilgan aholi oqimining ortishi munosabati bilan uy-joy muammosi haddan tashqari keskin tus oldi. Elektr quvvati, yoqilg‘i bilan ta’minlashdagi uzilishlar transport va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari ishiga salbiy ta’sir qildi. Urush har bir xonadonga, har bir oilaga yopirilib kirdi, odamlarni og‘ir sinovlarga mahrumliklar va azob-uqubatlarga mubtalo qildi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mustqillik yillarida jamiyat kishilarini bag‘rikenglik, tolerantlik ruhida tarbiyalash hamda milliy mafkura va mustaqillik g‘oyalariga asoslangan holda shakllantirish va boyitib borishda bugungi kunda ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, R.H. Murtazayeva tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab izlanishlar, da O‘zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlar hamda bag‘rikenglik tamoyillari, sovet hukmronligi yillarida hamda istiqlol davrida mamlakatda ko‘p millatlilikning qaror topishi, tarixiy jihatdan shakllanishi va ildizlari, rivojlanish bosqichlari, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash hamda unga doir chora- tadbirlarning amalga oshirilishi, o‘zbek xalqi orasida boshqa xalq va millat vakillarining taraqqiyot jarayonlari, tarixiy manbalar, mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar yordamida o‘rganilgan[1]. Bundan tashqari bir qator olimlar ham ushbu soha bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, Rashidov Oybek (O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik o‘quv qo‘llanma — Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022.- 200b.), Normatov K., Ishoqov F., Nurillin R. (Миллатлараро муносабатлар маданияти ва байналминал дунёқараш. – Тошкент: Ўзбекистон. 1993. 135 б.), Mirazamov K. (Миллий-маданий манфаатлар ва миллий маданиятларнинг ривожланиши. Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент: 1995. 143 б.), Muminov A. (Миллатлараро муносабатлардаги https://scientific-jl.com/ 1 3 1 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi муаммоларни ўрганишнинг долзарб масалалари. – Тошкент: Фан. 1996. 176 б) (Миллий сиёсат ва маданий соҳа
Доказательный фрагмент
«В данном научном исследовании представлены информация о политике переселения населения советским правительством в годы Второй мировой войны, аспекты толерантности у узбекского народа, понятие толерантности и межэтниче…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данном научном исследовании представлены информация о политике переселения населения советским правительством в годы Второй мировой войны, аспекты толерантности у узбекского народа, понятие толерантности и межэтниче… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hospitality, tolerance, Shoakhmad Shomakhmudov, Khamid, Hamid Samadov, Kalit so‘zlarlar: mehmondo‘stlik, Shoahmad Shomahmudov, milliy guruhlari deportatsiya qilinishi, millat erkinligi va barqarorligi, milliy va diniy qadriyatlar, ijtimoiy guruh., tolerantlik, bag‘rikenglik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025