Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYAT TUZILMASI VA UNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Xasanova Farida Shodiyarovna
Образовательные инновации и интеграция · 41-43 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlari, ularning shakllanish omillari hamda psixologik asoslari tahlil etilgan. Komunikatsiya jarayoni nafaqat axborot almashinuvi, balki shaxslararo munosabatlarning barqaror shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida qaraladi. O‘qituvchining samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari o‘quvchilarda o‘z fikrini aniq, ravon ifoda eta olish, ijtimoiy muhitga moslashish, emotsional barqarorlik kabi muhim fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada kommunikativ qobiliyat tuzilmasi – nutqiy madaniyat, tinglash malakasi, mimika va jestlardan foydalanish, ijtimoiy intuitsiya va refleksiya kabi tarkibiy qismlar asosida ochib berilgan. Bu qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari, yosh xususiyatlariga mos psixologik yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Kommunikativ qobiliyat, o‘qituvchi, o‘quvchi, muloqot, psixologik asoslar, shaxslararo munosabat, nutqiy madaniyat, refleksiya. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali kommunikatsiya muhim o‘rin tutadi. O‘zaro muloqot vositasida bilim, ko‘nikma va malakalar uzatiladi, tarbiyaviy ta’sir amalga oshiriladi va ijtimoiy moslashuv ta’minlanadi. Shuning uchun kommunikativ qobiliyat nafaqat o‘qituvchida, balki o‘quvchida ham shakllanishi lozim bo‘lgan asosiy psixologik fazilat hisoblanadi.1 Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgani quvonarlidir. Uning kelajakdagi taraqqiyoti, yuksalishi esa, avvalo, hozirgi yosh avlodning kamoloti bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun bugungi yoshlar har tomonlama yetuk, o‘ziga, boshqalarga, jamiyat va atrof-muhitga ongli munosabat bildira oladigan, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondashuvga ega, tashabbuskor va tadbirkor bo‘lib yetishishi zarur. Ushbu sifatlarning shakllanishi esa, o‘z navbatida, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil eta olishi hamda o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnata bilishiga bog‘liqdir. Kommunikativ qobiliyat deganda, pedagogik jarayonda muloqot qilishga layoqatlilik tushuniladi. Psixologik adabiyotlarda bu qobiliyat turlicha shakllarda namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Jumladan: Insonning boshqani anglay olish qobiliyati – bu shaxs sifatida qaralayotgan insonning o‘ziga xos jihatlarini, motivatsiya va ehtiyojlarini tushunish, uning tashqi 1 Azizxo‘jayeva. N. N. Pedogogik texnologiya va mahorat. - Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. https://scientific-jl.com/ 1 4 1 43-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi xatti-harakatlarida ichki kechinmalarini ko‘ra bilish, yuz ifodasi, qo‘l va gavda harakatlarini talqin qila olish qobiliyatidir. Insonning o‘zini anglay olishi – bu o‘z bilim va salohiyatini, xarakterini baholay olish, boshqalar tomonidan qanday qabul qilinishini his qila olishdan iborat. Muloqot holatini to‘g‘ri baholash – bu mavjud vaziyatni chuqur kuzatish, unga xos belgilarni ajratib olish, diqqatni kerakli nuqtalarga qaratish va jarayonning ijtimoiy-psixologik mohiyatini to‘g‘ri anglash qobiliyatidir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari orasida quyidagilar muhim ahamiyatga ega: talab qo‘yish, istiqbolni ko‘rsatish, rag‘batlantirish va jazo choralarini qo‘llash, jamoatchilik fikridan foydalanish. Talab – bu o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan shaxsiy yondashuvi sifatida namoyon bo‘lib, unda o‘quvchining harakatlari nazorat ostida bo‘ladi, ijobiy xatti-harakatlar rag‘batlantiriladi, salbiy jihatlar esa o‘z vaqtida to‘xtatiladi. Kommunikativ qobiliyat – bu insonning atrofdagilar bilan mazmunli, samarali, ijobiy ruhda muloqot qilish qobiliyatidir. U nutqiy faoliyat, tinglash, neverbal vositalardan foydalanish, emotsional sezgirlik va ijtimoiy tajriba kabi tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu qobiliyatlar rivojlanganda shaxs o‘z fikrini aniq ifoda eta oladi, boshqalarni tushunadi va ularga moslashadi. O‘qituvchi uchun kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Nutqiy madaniyat: aniq, ravon, tushunarli nutq. Didaktik muloqot ko‘nikmasi: bilimni tushunarli tarzda yetkazish. Empatiya: o‘quvchini his qilish va tushunish. Psixologik moslashuv: turli xulqli o‘quvchilar bilan ishlay olish. Neverbal vositalardan (mimika, jest, tana harakati) foydalanish. O‘quvchilarda bu qobiliyat quyidagicha rivojlanadi: 1. Faol tinglash va fikr bildirish ko‘nikmalari orqali. 2. Guruhiy ishlarda ishtirok etish orqali. 3. O‘yinli va rolli mashg‘ulotlar orqali. 4. O‘qituvchi bilan ochiq muloqot orqali. O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’siri o‘quvchilarning ruhiyatiga ko‘p yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir orqali o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlar, to‘g‘ri xulq-atvor, munosabatlar va xatti-harakatlar shakllanadi hamda mustahkamlanadi. Biroq, ishonch hosil qilish va tushuntirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Yoshlar ijtimoiy muhit hamda tabiat bilan faol aloqada bo‘lib, bu o‘zaro ta’sir ul
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlari, ularning shakllanish omillari hamda psixologik asoslari tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlari, ularning shakllanish omillari hamda psixologik asoslari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Kommunikativ qobiliyat, o‘qituvchi, o‘quvchi, shaxslararo munosabat, refleksiya., psixologik asoslar, nutqiy madaniyat, muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025