К содержанию
РецензированоUZ2026

“MUHOKAMAT UL-LUG‘ATAYN” ASARIDA IKKI TIL MUBOHASASI

Mirtolipova Xulkar Mirxusan qizi · Ilmiy rahbar: A.U.Muyidinova

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article talks about Alisher Navoi's rare views on Turkic linguistics through his work "Muhokamat ul-lughatayn" and the importance of the language today, including the study of the richness of the language compared to the Persian-Tajik and Arabic languages. Keywords: Turkic language, persian language, morphologikal analysis, phonetic analysis, comparative analysis, semantic scope, comparison, the breadth of possibilities, lexical unites. O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri Alisher Navoiy tilshunoslikka oid ko‘plab qimmatli asarlar yaratgan. Ulardan eng ko‘p e’tiborga molik ijod namunasi umrining oxirida, 1499-yilda yozilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn”ni ya’ni ikki til muhokamasiga doir beqiyos asardir. Asarning kirish qismi an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi. Asar davomida turkiy-o‘zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o‘rganish vositasida turkiy-o‘zbek tilining Sharqda mashhur bo‘lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeyidan so‘z yuritiladi hamda ulardan, xususan, fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari ochib beriladi. Jumladan, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, o‘zbek tilida esa unlilar bir qancha ma’no farqlovchi variantlarga ega ekanligi va ular o‘zaro uzun-qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali ko‘rsatib bergan. Alisher Navoiy so‘zlarning ko‘p ma’noliligi, sinonimlar jihatidan ham o‘zbek tilining imkoniyati kengligi, ularning she’riyatda turli nozik ma’nolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sog‘in, tuz, ko‘k kabi so‘zlar talqinida) ko‘rsatadi. Shoir o‘zbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabiat manzaralari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ov jarayoni, https://scientific-jl.com/ 2 5 6 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi hayvon va qushlarning turlari kabi juda ko‘p sohaga oid yuzlab so‘zlarni keltirib, bu so‘zlarni muqobalasi forschada yo‘qligini, forslar ko‘pincha o‘sha o‘zbekcha so‘zni o‘zini ishlatishini ta'kidlab, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama ochib bergan. Ma’lumki, qaysi til fikrni qisqa va ravon yo‘l bilan ifodalasa, o‘sha til rivoj topgan til sanaladi. O‘zbek tilining taraqqiy etgan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan izohlab beradi. Masalan, o‘zbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali yasaladi: “va masdarg‘a bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va o‘pushmoq va bu shoye lafzdur”.¹ Forslar bu ma’noni so‘z birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qo‘shimchaning xususiyatini 30ga yaqin so‘z misolida izohlab (qo‘rchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qo‘ychi, turnachi, kiyikchi va hokazo), o‘zbek tilining so‘z yasash va fikr ifodalash jihatidan ham o‘ziga xos imkoniyati mavjudligini ko‘rsatgan. Alisher Navoiy turk va fors xalqini solishtirar ekan turk sortdin tez fahmroq va baland idrokroq, xilqati sofroq, ilmda daqiqroq, kamol-u fazl fikratida amiyroq zuhur qilibdur va bu hol turklarning sidqu safo va tuz niyatidin va sortlarning ilmu funun va hikmatidin zohirdirur deya ta’rif beradi. Turklar forslarga qaraganda yumshoq ko‘ngilli hamdir.Ularning katta-kichigi, amaldori hamda oddiy xalqi ham fors tilini biladilar shu tilda so‘zlashadilar. Hatto fors tilda hikoya va she’rlar bitadilar. Ammo forslar turk tilini o‘rganmaydilar, bilmaydilar va so‘zlamaydilar. Agar birortasi so‘zlasa ham forsiy ekani so‘z boshlagandayoq bilinadi. Bundan tashqari, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida eski o‘zbek tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish maqsadida shu tilning o‘ziga xos bo‘lgan 100ta so‘zni misol qilib keltiradi. Bular: quvarmoq, quruqshamoq, usharmak, kekkaymoq, udayman, chekirmak, xumsaymoq, umunmoq, usanmoq, igirmak, egarmak, uxranmoq, toriqmoq, aldamoq, ishanmak, inglanmoq, aylanmoq, orikmak, ingranmoq, ovunmoq, istamoq, qiynamoq, qo‘zg‘almoq, sovrilmoq, siljimoq, shamolda tozalanmoq, chaqalmoq, yovdashmoq, kimsamoq, qimirlamoq, qizg‘anmoq, nikamak, siylanmoq, tanlamoq, qimirdamoq, sirpmak, kanorgamak, sig‘riqmoq, qilimoq, yalinmoq, munglamoq, tergamak, tevramak, shig‘aldamoq, singramak, yashqamoq, isqarmoq, ko‘ngramak, suxranmoq, siypamoq, qoralamoq, surkanmoq, quymanman, ingramak, tushalmoq, mung‘aymoq, kuruksamak, tanchqamoq, tushurg‘anmoq, g‘umsamoq, kirkinmak, sukadamak busmuq, burmak, turmoq, tomshimoq, qahamoq, sipqormak, murkanmak, o‘rtanmak, qiynalmoq, sig‘g‘irmoq, gurpaklashmak, chuprutmoq, yirg‘amoq, bichimoq, sungurmak, kundalakmak, yumaloq qilmoq, kumurmak, bikirmak, ko‘ngirdamak, bo‘shashmoq, kinarkamak, kezarmak, duptulmoq, chidamoq, tuzmak, qazg‘anmoq, qichig‘lamoq, gangiramak, yodamoq, qadamoq, chiqanmoq, so‘ndirmak, suqlatmoq, ko‘ndirmak, chimdalamak, tepilmaq. https://scientific-jl.com/ 2 5 7 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Navoiy so‘zlarning fonetik va morfologik tuzilishiga ham e’tibor qaratadi. Masalan, “ilm” so‘zi umumiy bilim va donishmandlikni bildirsa-da, turkiy til bilan qi

Доказательный фрагмент

«This article talks about Alisher Navoi's rare views on Turkic linguistics through his work "Muhokamat ul-lughatayn" and the importance of the language today, including the study of the richness of the language compare…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about Alisher Navoi's rare views on Turkic linguistics through his work "Muhokamat ul-lughatayn" and the importance of the language today, including the study of the richness of the language compare… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkic language, persian language, morphologikal analysis, imkoniyat kengligi, taqqoslash, qiyosiy tahlil, leksik birliklar., morfologik tahlil, fonetik tahlil, fors tili, Kalit soʻzlar: Turkiy til, semantik qamrov
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники