К содержанию
РецензированоUZ2026

NAVOIY POETIKASI

NAVOIY POETIKASI · Teshaboyeva Sevinch · Ilmiy rahbar: A.U. Muydinova

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Navoiy lirikasining tub mohiyati – falsafiy, ijtimoiy va yuksak poetik shakldagi ifodasi bo’lganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Biz birinchi marta Navoiy ijodiyotida lirikaning davrning yetakchi falsafiy-ijtimoiy oqimlari bilan bevosita aloqasini ko’ramiz. Lirikaning ijtimoiy muhit bilan munosabati, asosan, chuqur norozilikka asoslangan qarama-qarshiliklar, ilg’or bir mutafakkir – ijodkor isyoni sifatida ko’rinadi. Kalit so'zlar: poetika, ijod, harakat, davr, ritm, iztirob. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, deya bejiz taʼkidlamadi. Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur boʻlgan koʻplab muammo va vazifalar mavjud. U – hayot tomirlaridagi ichki harakatni davr yuragi- murakkab chuqur ritmni his eta oladigan zukko olim va siyosiy arbob. Ayni zamonda ishqning quvonch va alamlari, bekaslik va musofirlikning og’ir ruhiy iztiroblaridan ham mahrum emas. Binobarin, bir o’rinda ana shu insoniy tuyg’ular girdobida turib oh-u nola qilsa, ikkinchi bir o’rinda osmon-u falakni larzaga soladigan darajada na’ra tortadi. Bir qarasangiz, u olam va odam naslidan hafsalasi pir bo’lib ulardan etak siltaydi; bir qarasangiz; din, hokimiyat arboblarining chirkin basharasiga ta’na toshlarini urib, podshohning giribonidan mahkam tutgan holda, uning yuziga bor haqiqatni keskin bir shaklda to’kib soladi.Shoir shaxsida yoshlik davridayoq ko’rina boshlagan mavjud muhitga tanqidiy bulish hissi davrlar o’tishi bilan, uning hayotiy tajribasi bilan bog’liq holda tobora kuchayib bordi va nihoyat, u xilma – xil shakldagi chuqur https://scientific-jl.com/ 2 5 9 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi muhokamalardan keyin “olamni odam manfaatlariga mos qilib va u bilan birga odamni ham qaytadan yaratish kerak” degan buyuk Shuning uchun ham mazmunan g'oyaviy pafos jihatdan yuksak va badiiy barkamol bu she'riy durdonalar shoir hayotligi chog'idayoq milliy va geografik chegaralarni yoritib o'tib, Xuroson, Movarounnahr, Kichik Osiyo va Sharqiy Turkmanistonga kengayib, shuhrat qozondi.Navoiy lirik she'rlarining xalq orasidagi naqadar tez yoyilganligini shundan ham bilish mumkinki, shoir 24 - 25 yoshlik chog'ida uning muxlislari bir qancha she'rlarini to'plab, maxsus devon holiga keltirishgan Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Navoiy lirikasi haqidagi dastlabki fikrlar uning hayotlik paytida bayon qilingan va ularda shoir lirik merosining mohiyati ixcham, ammo mukammal baholangan. Hakimshoh Qazviniy ham "Majolisun - nafois" tarjimasining ilova qismida Alisher Navoiyning ham turkiy, ham forsiy tilda yuksak mahorat bilan she'rlar yozganligini bayon etib, o'z fikrini quyidagicha xulosalaydi: "Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan".Umuman, XVI - XIX asrlarda Hindiston, Eron, Afg'oniston, Turkiy a va O'rta Osiyoda tuzilgan va Alisher Navoiy nomi koʻp kiritilgan tazkiralarda Navoiy ijodi jumladan, uning lirikasi haqida bayon qilingan fikrlarni shunday umumlashtirish mumkin: Alisher Navoiy har ikkki tilda (o'zbek va fors tillarida) mahorat bilan she'rlar bitgan. Biroq, uning ta'bi turkiy she'rga ko'proq moyil bo'lgan ,undan boshqa hech kim yaxshiroq she'r yaratgan emas. Alisher Navoiy lirikasini nazariy jihatdan tadqiq etish sohasida ananaviy navoiyshunoslik yerishgan dastlabki jiddiy muvaffaqiyatlardan biri Maqsud Shayxzodaning "Navoiyning lirik qahramoni haqida" nomli ilmiy ishidir. Mana yillar osha buyuk mutafakkir lirik she'rlaridagi badiiy tasvir vositalari hamda usullarini Sharq poetikasining ananaviy qoida va qonuniyatlari nuqtai nazaridan tahlil etish asosida Navoiy badiiy tasvir poetikasi uchun xos bo'lgan yetakchi anananalarni ochib berish, buyuk shoir poetik mahoratining ayrim qirralarini namoyish etishdan iborat. Navoiyning poetika sohasidagi peshqadamligini uning devon tuzish an'anasiga bo'lgan ijodiy munosabatidanoq yaqqol sezish mumkin.Alisher Navoiyning o'zi tomonidan tuzilgan birinchi devon "Badoeul-bidoya" deb ataladi. 1469- yildan keyin tuzilgan bu devon turli janrga mansub 842 ta she'rdan tashkil topgan.Alisher Navoiyning o'zi tuzgan ikkinchi devon "Navodirun-nihoya" deb ataladi. Bu devon 1480 - 1487- yillar orasida tuzilgan. Alisher Navoiy 1492 - 1498 -yillar orasida o'zining avvalgi ikkinchi devoniga

Доказательный фрагмент

«Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Alisher Navoiyning lirik merosi o’zbek lirikasining milliy hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng ilg’or an’analarini o’zida mujassam etgan o`lmas va yuqori bosqichi hisobladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetika, ijod, harakat, davr, ritm, iztirob, iztirob., Kalit so'zlar: poetika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники