К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAXONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI, O‘SHA DAVRDAGI, MUSIQIY VA MADANIY HAYOT VA O‘SHA DAVRDA YASHAB O‘TGAN MUSIQASHUNOS OLIMLAR.

Xomidov Zokir Djurakulovich · Abduraimov Ozod Vohid o’g’li · Махмуда Ширази.

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Musical and cultural life during the Karakhanid period, Oriental scholars in various fields who lived during that period, the contribution of Khoja Abdulkadir Maroghi to music, the life and work of Safiuddin Urmavi and Mahmud Shirazi. Kalit so‘zlar: Urmaviy, Mahmud Sheroziy, Abdulqodir, musiqa va risola, maqola, muqaddima, fas, bastakor Qoraxoniylar, Buxoro, Yettisuv, yurish qilishadi, Temuriylar. Ключевые слова: Урмави, Махмуд Ширази, Абдулкадир, музыка и трактат, статья, введение, фас, композитор Караханиды, Бухара, Семь вод, поход, Тимуриды. Keywords: Urmavi, Mahmud Shirazi, Abdulkadir, music and treatise, article, introduction, fas, composer Karakhanids, Bukhara, Seven Waters, marching, Timurids X asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida «podshoh yag'ma» yoki «elikxon» boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Turkiy millatlar – qorluqlar, chigillar, arg‘ular, yag‘malar va boshqa xalqlar kirgan bo‘lib, ular 960-yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992-yili Elikxon Bug‘ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo‘shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniy g‘alabasiga https://scientific-jl.com/ 1 2 4 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bug‘raxon bilan Xurosonning Somoniy hokimi Abuali Simjur o‘rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo‘lgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg‘ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo‘yga qochishga majbur bo‘ladi. Ammo Bug‘raxon kasallanib, o‘z vatani Koshg‘arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o‘lja bilan qaytadilar. Qoraxoniylarning yangi yo‘lboshchisi bo‘lgan Elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 999-yili Qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg‘ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Qoraxoniylar davlati Koshg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi So‘g‘d yerlarini o‘z ichiga olgan. 1005-yilgacha Somoniylarning so‘nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan.Movarounnahr zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g‘aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo'lib qoladi.Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so‘ngra Samarqandga ko‘chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bo‘lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, ko'plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo‘shishgan. XIII-XIV asrlardagi O‘rta Osiyo xududidagi o‘zaro nizolar madaniyatning taraqqiy etishiga xalal yetkazdi. Ayniqsa mo‘g‘ullar istilosi davri (13-asr) da, ya‘ni yirik shaharlar, jumladan Buxoro to'la yoki qisman vayronalikka uchragan davrda madaniy hayot susaydi. O‘rta Osiyo Temur hokimiyati ostiga birlashtirilishi munosabati bilan XIV asrning ikkinchi yarmidanoq madaniyat va san’atda yangi yuksalish boshlandi. Temur va temuriylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo juda katta tashqi mavqeyga ega bo‘ldi. Arxitektura gullab-yashnadi, davlat poytaxti Samarqand hamda Temurning ona shahri Kesh (Shahrisabz) ulkan qurilishlar bilan obodonlashtirildi va bezatildi. Bosib olingan Xuroson, Eron, Suriyaning madaniy markazlaridan Temur turli xil hunarmandlar, jumladan musiqachilarni ham keltirgan edi. O‘sha davr kishilarining guvohlik berishicha, dabdabali saroy marosimlari musiqa jo'rligida o'tkazilgan.Masalan, hofizi Abro‘yozadi: «Xushovoz hofizlar va shirinnavoz sozandalar esa fors namunalari, arab ohanglari, turkiy an’analar, mo‘g‘ul ovozlari, xitoyliklar (ashula aytish) qonunlari va oltoyliklar o‘lchovlari asosida kuy chalib, qo‘shiq aytar edilar». Taniqli olim va musiqachi Abdulqodir avval Temur, keyinchalik esa uning vorislari saroyida xizmat qilgan. U saroy musiqa shakllari bayon qilingan https://scientific-jl.com/ 1 2 5 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi musiqa risolasining muallifidir. Abdulqodir madhiya xarakteridagi («Mayatayn») musiqa asari ham ijod qilgan. Risolada tarje’, peshrav va boshqa bir qator bizning davrimizgacha yetib kelgan musiqa janrlari ham eslatib o‘tilgan.Saltanatning bosh sozandasi Xoja Abdulqodir Marog‘iy bo‘ldi. U o‘z davridayoq “sohibi advor”(“advor egasi”), “saromadi advor” (“advor ilmining eng oldingi vakili”) degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan. Temuriylar davri madaniyatining ko‘rki hisoblangan Abdulqodir ijodi nafaqat mintaqaviy, balki jahon miqyosida katta ahamiyatga ega. Musiqashunoslik borasida XX asrning yirik olimlaridan biri Genri Jorj Farmerning ta‘kidlashicha, u Forobiy, Ibn Sino va Safiuddin Urmaviy bilan bir qatorda Sharq musiqa ilmining asosiy ustunlaridan hisoblanadi. Marog‘iy – z

Доказательный фрагмент

«Musical and cultural life during the Karakhanid period, Oriental scholars in various fields who lived during that period, the contribution of Khoja Abdulkadir Maroghi to music, the life and work of Safiuddin Urmavi an…»

Образец извлечения

Демо-превью

Musical and cultural life during the Karakhanid period, Oriental scholars in various fields who lived during that period, the contribution of Khoja Abdulkadir Maroghi to music, the life and work of Safiuddin Urmavi an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Urmavi, Mahmud Shirazi, Abdulkadir, music and treatise, article, Kalit so‘zlar: Urmaviy, Buxoro, musiqa va risola, yurish qilishadi, maqola, fas, Temuriylar., Yettisuv, Mahmud Sheroziy, muqaddima, bastakor Qoraxoniylar, Abdulqodir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники