Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING SAVOD O‘RGATISHGA KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
O‘RGATISHGA KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI · Ochilova Gavhar Hamid qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2017
Аннотация
This article illuminates the significance of teachers' professional and methodological competence in literacy instruction. It enumerates approaches for enhancing the professional and methodological competence of prospective elementary school teachers. Key words: competence, professional-methodological competence, analytical ability, reflective ability, communicative skills, innovative approach, individual approach. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2909-sonli, 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli qarorlari, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari https://scientific-jl.com/ 1 4 0 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi to‘g‘risida”gi PF5313-sonli Farmoni va boshqa ushbu sohaga tegishli me’yoriy- huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni alohida hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maktabga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarning savodini chiqarishda, ularni shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.[1] Kompetensiya (lotincha competentia – muvofiqlik, yaroqlilik) – bu shaxsning o‘z sohasida zarur bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi orqali muayyan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati hisoblanadi. Kompetensiya shaxsning hayotiy muammolarni hal qilishga, professional faoliyatda muvaffaqiyatli ishlashga va o‘qish davomida o‘zini samarali rivojlantirishga imkon beruvchi asosiy sifatlar majmuasidir. Kasbiy-metodik kompetentlik – bu o‘qituvchining o‘z kasbiga tegishli nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kasbiy malakalarni ta'lim jarayonida samarali qo‘llay olish qobiliyatidir. Ushbu tushuncha ta'lim jarayonining sifatini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.[5] Kasbiy-metodik kompetentlikning asosiy tarkibiy qismlari: 1.Nazariy bilimlar: -Pedagogika va psixologiya asoslarini bilish. -Fanlararo integratsiya tamoyillarini tushunish. -Ta'lim standartlari va dasturlarini bilish. 2.Amaliy ko‘nikmalar: -Samarali dars rejalari tuzish. -Innovatsion va interfaol usullardan foydalanish. -Bolalar bilan individual va guruhli ish olib borish. 1.Analitik va reflektiv qobiliyatlar: a) O‘quv jarayonini tahlil qilish. b) O‘z faoliyatini baholash va takomillashtirish. d) Ta'lim natijalariga erishishni monitoring qilish. 2.Kommunikativ ko‘nikmalar: a) O‘quvchilar va ota-onalar bilan samarali muloqot qilish. b) Jamoaviy ishlash va hamkorlikni rivojlantirish. 3.Innovatsion yondashuv: a) Yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish. b) Zamonaviy ta'lim vositalaridan foydalanish. Kasbiy-metodik kompetentlikni rivojlantirishning ahamiyati: Kasbiy-metodik kompetentlikni rivojlantirish o‘qituvchilarga: Ta'lim sifatini oshirish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Har xil ta'limiy ehtiyojlarga javob berish imkonini beradi. Rivojlantirish yo‘llari: https://scientific-jl.com/ 1 4 1 43-son_1-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1. Malaka oshirish kurslari va seminarlar orqali o‘qituvchilarning bilim darajasini yangilash. 2. Ilmiy-tadqiqot faoliyati: yangi uslubiy tadqiqotlar o‘tkazish va ular natijalarini o‘qitishda qo‘llash. 3. Tajriba almashish: yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ishlash orqali kasbiy bilimlarni boyitish. Kasbiy-metodik kompetentlikni to‘g‘ri rivojlantirish o‘qituvchi faoliyatini samaradorligini oshiradi va ta'lim tizimi talablariga mos keladigan yuqori sifatli bilim berishga zamin yaratadi.[2] Savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetentlikning ahamiyati: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetentlikning rivojlanganligi ta'lim jarayonining samaradorligi va sifatini belgilovchi muhim omillardan biridir. Bu nafaqat o‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirish, balki ularning mustaqil fikrlash, muloqot qilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi.[3] Savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetentlikning asosiy ahamiyati 1. Ta'lim sifatini ta'minlash: O‘qituvchi savod o‘rgatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarga asosiy bilim va ko‘nikmalarni tez va tushunarli yetkazadi. Didaktik materiallardan maqsadli foydalanish ta'lim jarayonini osonlashtiradi. 2. O‘quvchilarning individual rivojlanishiga e'tibor qaratish: Kompetent o‘qituvchi har bir bolaning ehtiyoj va qobiliyatlarini aniqlab, ularga mos yondashuvni tanlay oladi. Mustahkam poydevor shakllanishiga ko‘maklashadi, bu esa keyingi ta'lim bosqichlarida muvaffaqiyat garovidir. 3. Nutq va yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish: To‘g‘ri metodik yondashuv bolalarning o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tezroq egallashiga yordam beradi. Qoidalarga asoslangan va ijodiy yondashuv bilan o‘rgatilgan savodxonlik kelajakda
Доказательный фрагмент
«This article illuminates the significance of teachers' professional and methodological competence in literacy instruction.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article illuminates the significance of teachers' professional and methodological competence in literacy instruction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competence, professional-methodological competence, analytical, innovatsion yondashuv, individual yondashuv., kommunikativ ko‘nikma, Kalit so‘zlar: kompetensiya, analitik qobiliyat, reflektiv qobiliyat, kasbiy-metodik kompetentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026