К содержанию
РецензированоUZ2026

O`ZBEK XONLIKLARINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI

Odilov Alisher Farhod o`g`li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada XVIasr boshlarida Buxoro ,Xiva,Qo`qon xonliklarining tashkil topishiga sabab bo‘lgan omillar, ularning ichki tuzilishi, boshqaruv tizimi va asosiy hukmdorlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada xonliklarning iqtisodiy hayoti, savdo yo‘llari va madaniy taraqqiyoti ham o‘rganilib, ularning XX asr boshlarigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida yozilgan bo‘lib, Oʻzbek xonliklarining o‘ziga xos jihatlarini tushunishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Oʻzbek xonliklari, Buxoro xonligi, Xiva xonligi, Qoʻqon xonligi, siyosiy tuzilish, iqtisodiy rivojlanish, madaniyat, tarix. Vatanimiz tarixi o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o‘tma-ganligi, uning rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo‘lganidan guvoh-lik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qud ratli davlat bo‘lganligi jahonga ma’lum. U o‘z vorislariga nafa qat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni qoldir gan edi: «...farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri’’ – deb yozgan edi u o‘zining tuzuklarida –,, unga muvofiq ish yurit sin Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foy dalangaylar, tokimendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lg‘ay». Ammo Amir Temur uning dasturi va vasiyatlariga amal qilishmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o‘zaro va ichki ku rash, jang-u jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib keldi. Oqibatda Turkiston uch xonlikka bo‘linib ketdi. XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500– 1501-yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504-yilda Farg‘ona va Hisor viloyatini, 1505- yillarda Urganchni, 1506–1507-yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm yerlari, Afg‘onis tonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari egallandi va Muhammad Shayboniyxonga qaram bo‘lib qoldi. Xuroson daligidan foydalangan qozoq sultonlari Movaroun nahrga bir necha marta bostirib kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1508–1509-yillarda Shay bo niyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu https://scientific-jl.com/ 4 1 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yurishlar nati ja sida Sig‘noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. Shun day qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shaybo-niylar sulolasi hukmronligi qaror top di. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon» unvonini olib, o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokim iyatni birlashtirdi.Shayboniyxon janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qila-di. Mash had va Tus shaharlarini egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safaviy katta qo‘shin bilan yetib keladi. Shayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo‘shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo‘ladi. 1510-yilda Marv yaqinida bo‘lgan jangda Shayboniyxon qo‘shinlari yengiladi, xonning o‘zi ham halok bo‘ladi.Taxtga Shayboniyxonning amakisi, Mirzo Ulug‘bekning qizi Ro biya Sultonbegimning o‘g‘li Ko‘chkunchixon (1510–1530) chiqdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib Ismoilshohga qarshi ku rashish o‘rniga Shayboniyxon tirikligidayoq suyurg‘ol sifatida taqsim lab berilgan viloyatlar va yerlarga egalik qilish bilan o‘ralashib qol dilar, ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bun dan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o‘lka-larini, Shimoliy Afg‘onistonni bosib oladi. Poytaxti Samarqand bo‘lgan Movarounnahrda esa shayboniylar hukmronligi saqlanib qoladi. Movarounnahrda yuz yilgacha davom etgan Shayboniylar davri-da ham tinchlik bo‘lmadi, qirg‘inborot urushlar, o‘zaro ichki kurash-lar davom etdi. Buxoro viloyati noibi bo‘lib kelgan Ubaydullo sulton1533-yilda Shayboniylar davlatining oliy hukmdori etib ko‘tarila di. Ubaydulla sulton Samarqanddagi Ko‘ch kunchixon avlodlari qarshi-ligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoro-ni davlat poytaxti deb e’lon qiladi. Shay boniy Ubaydullaxon (1533–1540) davrida Buxoroning mavqeyi ham siyosiy, ham iqtisodiy jihat-dan kuchaydi. Shu tariqa, Shayboniylarning Movarounnahrda tash-kil etgan davlati Buxoro xonligi, deb atala bosh landi. 1583 y. Abdullaxon o’zini barcha o’zbeklarning xoni deb e’lon qildi. Bu paytga kelib Abdullaxon deyarli butun Markaziy Osiyo erlarini o’z qo’l ostiga birlashtirishga muvaffaq bo’lgan edi.1595 y. Xorazm ham Abdullaxon II mulklariga qo’shib olindi.1598 yilda Abdullaxon II vafot etgach uning o’g’li Abdulmumin uzoq vaqt hokimiyatni saqlab qalolmadi va 1599 yilda hokimiyat boshqa sulola vakillari qo’liga o’tdi. XVI asrning oxirlaridan, aniqrog’i 1599 yildan boshlab Markaziy Osiyoda yangi sulol

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XVIasr boshlarida Buxoro ,Xiva,Qo`qon xonliklarining tashkil topishiga sabab bo‘lgan omillar, ularning ichki tuzilishi, boshqaruv tizimi va asosiy hukmdorlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XVIasr boshlarida Buxoro ,Xiva,Qo`qon xonliklarining tashkil topishiga sabab bo‘lgan omillar, ularning ichki tuzilishi, boshqaruv tizimi va asosiy hukmdorlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Buxoro xonligi, iqtisodiy rivojlanish, Kalit so‘zlar: Oʻzbek xonliklari, Xiva xonligi, tarix., Qoʻqon xonligi, siyosiy tuzilish, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники