К содержанию
РецензированоUZ1990

O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDAGI IQTISODIY ISLOHATLAR, BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH BARQAROR TARAQQIYOT SARI YO`L

TARAQQIYOT SARI YO`L · Odilov Alisher Farhod o`g`li

Образовательные инновации и интеграция · 1990

Аннотация

Mazkur tezis O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat taraqqiyotiga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, O‘zbekistonning global iqtisodiy maydondagi o‘rni va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham tahlil qilinadi. Kalit so`zlar:O`zbekiston iqtisodiyoti,iqtisodiy islohotlar, bozor iqtisodiyoti, inves titsiya, bank tizimi ,modernizatsiya ,raqamli iqtisodiyot Barchamizga maʼlumki, 1990-yillarning boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini eʼlon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bunday shovshuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini taʼkidlagan edi. Eng muhimi, yangiijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchunmaʼlum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va taʼminlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi. O`zbekiston mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Xususiy sektorni rivojlantirish va davlat mulkini xususiylashtirish O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy kapitalni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Sanoatni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmini oshirish iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi va bank tizimidagi islohotlar tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga xizmat qildi. Soliq islohotlari natijasida biznes yuritish sharoitlari yaxshilanib, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxta monopoliyasidan voz kechib, meva- sabzavot eksportini kengaytirish strategiyasini qabul qildi. Raqamli iqtisodiyot va https://scientific-jl.com/ 4 8 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi innovatsion texnologiyalar iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismiga aylandi.Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan islohotlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamladi.Davlat tomonidan ishlab chiqilgan uzoq muddatli iqtisodiy strategiyalar barqaror rivojlanish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan. 1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshida respublikamiz iqtisodiyoti juda og`ir ahvolga bо`lib, naq ocharchilik ostonasida turardik. O`zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo`liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o`tish taqozo etilardi. O`zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan so`ng ishlab chiqildi vaizchillik bilan amalga oshirila boshlandi. ,,Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikaning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga oladigan ,O`zbekistonning o`tmishi , xozirgi kuni va kelgusi taraqqiyotiga to`la to`kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza , o`ziga xos yo`l zarur ‘’-dedilar va yangi iqtisodiy tizimga о`tish modelining asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yo`llari, bosqichlarini Islom Karimov ishlab chiqdilar va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o`z aksini topdi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat bо`ldi: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Ikkinchidan, davlatning o„zi eski tuzumdan yangi tuzumga о‗tish davrida bosh islohotchi bо`lishi zarur. Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog`i zarur. To`rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qоllab-quvvatlash borasida mas‘ul bо`lishidir. Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta O`ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. Taraqqiyotning milliy modeli tanlanishida mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e‘tiqodidan kelib chiqildi. Bunda ko`plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o`rganildi va inobatga olindi. Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o`zgarishlar yuz berdi, amalda ko`pukladli iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o`rin egalladi. Yalpi ichki maxsulot tarkibida nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O`zb

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat taraqqiyotiga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis O‘zbekiston mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat taraqqiyotiga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inves titsiya, bozor iqtisodiyoti, raqamli iqtisodiyot, bank tizimi, Kalit so`zlar:O`zbekiston iqtisodiyoti, modernizatsiya, iqtisodiy islohotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники