Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ILK YOSHDAN SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRILISHNING AHAMIYATI.
SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRILISHNING AHAMIYATI. · Soatova Firuza Alisher qizi.
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshdan savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, uning psixologik-pedagogik asoslari, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida amalga oshirilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, bolalarning keyingi bosqichlardagi ta'limga tayyorligi uchun dastlabki savodxonlik ko‘nikmalarining o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: savodxonlik, maktabgacha ta’lim, ilk yosh, nutq rivoji, o‘qishga tayyorgarlik, metodika, innovatsion yondashuvlar. Bugungi kunda ta'lim tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, ijtimoiy va psixologik jihatdan har tomonlama rivojlanishi muhim masalaga aylangan. Ayniqsa, ilk yoshdan boshlab savodxonlikni shakllantirish, ya’ni tovush va harflarni tanish, qisqa matnlarni tushunish, so‘z boyligini kengaytirish orqali bolaning keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatli o‘qishiga zamin yaratadi. Ushbu maqolada aynan maktabgacha yoshdagi bolalarda savodxonlikni rivojlantirishning pedagogik va metodik jihatlari yoritiladi. Zamonaviy taʼlim tizimi bolalarning individual rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonning ilk bosqichi maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Aynan shu bosqichda bolalarda tilga, nutqqa, tafakkurga va savodxonlikka bo‘lgan qiziqish kuchli shakllanadi. Ilk yoshdan boshlab savodxonlikni rivojlantirish — bolaning kelajakdagi intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojiga mustahkam asos yaratadi. Bu bosqichda bolaning savodxon bo‘lishi — ya’ni o‘qish va yozishga tayyor holatga kelishi nafaqat bilimga asoslangan, balki ko‘p jihatdan tarbiyaviy va psixologik omillarga ham bog‘liq. XXI asrda bolalarning savodxonligi jamiyat taraqqiyoti va ta’lim sifati bilan bevosita bog‘liq holda baholanmoqda. An’anaviy tarzda savodxonlik deganda odamning o‘qish va yozish qobiliyati tushunilgan bo‘lsa-da, zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar bu tushunchaning yanada keng va chuqur mazmunga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun savodxonlik bu — kelajakdagi o‘qish, fikrlash va muloqot malakalari uchun zarur bo‘lgan asosiy poydevordir. Ilk yoshdagi savodxonlik: mazmuni va ahamiyati https://scientific-jl.com/ 5 5 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Ilk yoshdagi savodxonlik bolada til va nutq ko‘nikmalarining shakllanishi, tovushlarni anglay olish, so‘zlar va ularning ma’nosini tushunish, hikoya tuza olish, rasmli kitoblardan axborot qabul qilish va o‘z fikrini og‘zaki ifoda eta olish qobiliyatlarining rivojlanishidir. Bu ko‘nikmalar bolaning mantiqiy fikrlashi, eslab qolish darajasi, emotsional holati va ijtimoiy aloqalari bilan chambarchas bog‘liq. Ilk yoshdagi savodxonlik quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi: Fonematik eshituv va tovushlarni farqlash Bu bosqichda bola atrofidagi so‘zlar, tovushlar va nutq unsurlarini eshitib, ularni anglashni o‘rganadi. Masalan, “mushuk” va “shumshuk” so‘zlaridagi farqni sezishi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qilishi fonematik rivojlanish belgilaridir. So‘z boyligini rivojlantirish Til o‘rganish jarayonida bolalar o‘z atrofidagi predmetlar, holatlar va harakatlarni anglash uchun so‘zlardan foydalanishni o‘rganadilar. Bu bosqichda kitob o‘qish, suhbatlar va o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Nutqni tushunish va ifoda qilish Savodxonlik og‘zaki muloqot orqali shakllanadi. Bola savollarga javob berish, fikr bildirish, voqealarni ketma-ketlikda aytib berish orqali nutq strukturasini o‘zlashtiradi. Kitob bilan tanishish va tushunish Rasmli kitoblar bolalarda obrazlar orqali tushuncha hosil qilish, voqealar ketma- ketligini anglash, xarakterlar va voqealarning sababi va natijasini tushunishga yordam beradi. Ijodiy fikrlash va hikoya tuzish Bolalar rasm asosida voqea to‘qish, o‘z hayoti yoki tasavvuriga asoslangan hikoyalarni aytib berish orqali ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Ilk savodxonlik va bolaning umumiy rivojlanishi Ilk yoshdagi savodxonlik faqat til bilan emas, balki bolaning umumiy aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Savodxon bola: - O‘z fikrini ifoda etadi; - Suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha oladi; - Atrof-muhitdagi holatlarni tushunadi va sharhlay oladi; - O‘qishga tayyorlanishda ilg‘or bo‘ladi. Savodxonlikni rivojlantirish metodlari Maktabgacha yoshdagi bolalarda savodxonlikni rivojlantirish quyidagi metodlar orqali amalga oshiriladi: - O‘yinli mashg‘ulotlar – tovushlarni tanish, harflarni aniqlash, rasm asosida so‘z topish o‘yinlari; https://scientific-jl.com/ 5 6 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi - Ertak va hikoya o‘qish – bolalarda eshitish, tushunish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi; - Rasm asosida hikoya tuzdirish – mantiqiy ketma-ketlik va fikr izchilligini shakllantiradi; - She’r yodlash va qo‘shiqlar kuylash – fonematik eshituv va ritm tuyg‘usini rivojlantiradi; - Nutqiy muloqot – bolani savollarga javob berishga, voqeani izohlashga undash. Ilk y
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshdan savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, uning psixologik-pedagogik asoslari, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida amalga osh…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshdan savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati, uning psixologik-pedagogik asoslari, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida amalga osh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion yondashuvlar., Kalit so‘zlar: savodxonlik, metodika, nutq rivoji, ilk yosh, maktabgacha ta’lim, o‘qishga tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025