Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI
HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI · Farhodova Go'zal Anvarovna
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article analyzes the rights and freedoms of young people in our country, guaranteed by the Constitution, and the extent of the opportunities created for them, based on the new Constitution. Keywords: law, inclusive education, new Constitution, young entrepreneur, five initiatives Olympiads. Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 79-modda) Kirish. Ma'lumki yurtimiz yoshlar mamlakati va Vatanimiz ertasi ham ularga chambarchas bog'liq. Shu nuqtai nazardan yoshlarning bilim olishlari va o'z qobiliyatlarini namoyon etib yurtimiz kelajagi uchun foyda keltirishlari maqsadida ularning huquq va erkinliklari yuqori darajada kafolatlangan hamda ularga mislsiz imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu imkoniyatlar qonun hujjatlari hamda bosh qomusimizda mustahkamlab qo'yilgan. Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati hayotga izchillik bilan tatbiq etilmoqda va ularning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, o‘sib-ulg‘ayishi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan oqilona foydalangan holda o'tgan yaqin yillar davomida yoshlarning har bir sohada katta yutuqlarga erishib jahon hamjamiyati tomonidan ham e'tirof etilyotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Tahlil va muhokama. Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor nihoyatda katta bo'lib ularning huquqiy asoslari hattoki Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Bosh qomusimizning 41-moddasi shunday deydi: "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi". Jamiyat hayotining jon tomiri bo'lgan ta'lim tarbiya masalasi https://scientific-jl.com/ 2 0 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yuqori o'rinda bo'lgan davlatda yoshlar keng imkoniyatlar ichida yashamoqda va bu albatta o'z samarasini beradi. Jadallashgan zamonda esa mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kelajak avlod haqida alohida bob kiritish zarur degan xulosaga kelnidi va Bosh qomusimizning alohida bobi – XIV bob “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlanganiga hamda undan yoshlarga oid qator normalar o‘rin olganligi quvonarli va ahamiyatga molik hodisa bo'ldi. Bunday tarzdagi yondashuv, albatta, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligining yorqin isbotidir. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonun ham alohida ahamiyatga ega hodisadir. Bu siyosat davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi1. Ushbu qonun yoshlarga oid har qanday masalani qamrab olgan va va ularning har bir muammolariga yechim bera oladi. 4 bob va 33 moddadan iborat qonunda yoshlarning huquq va erkinliklari, imkoniyatlari boshqa qonun va qonunosti hujjatlar bilan ham mustahkamlab qo'yilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida nizomning 2-bobi ham yoshlarning jismonam va ruhan sog'lom bo'lishi masalasiga bag'ishlangan. Muammo va yechim. Shuni ham aytish kerakki bolalarning va o'smirlarning bilim olishi va jamiyatda o'z o'rnini topish masalasi har doim ham muvaffaqqiyatli kechmagan. Ta'lim tizimidagi kamchiliklar yoki kishilarning loqaydligi sababli bu borada qator muammolar yuzaga kelganligini ta'kidlashni xolis fikr deb hisoblayman. Masalan, Yoshlarning turli oqim va yod g'oyalar girdobiga oson tushib qolishlari, G'arb mamlakatlariga ko'r ko'rona taqlid qilishlari nihoyatda ayanchli hol. Mana shu mummoni hal etish maqsadida yoshlar uchun maxsus alohida tashkilot tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori muhim qadam bo'ldi. Unda yoshlarga oid muhim masalalar o'rin olgan va ularning bandligini ta'minlab qiziqishlarini ro'yobga chiqarishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Besh tashabbus olimpiadasi ham yoshlar hayotida juda ham katta imkoniyatlar eshigi bo'ldi. Uning doirasidagi tadbirlar natijasida minglab yoshlar o'zlarini kashf etdilar. Shuningdek, imkoniyati cheklanganligi sababli o'zlarini namoyon eta olmaydigan bolalar uchun inklyuziv ta'lim tizimi ham keng yo'lga qo'yildi. Xulosa. Fikrimiz so'ngida aytishimiz mumkinki yurtimizdagi barcha islohotlar inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Yoshlar masalasi esa alohida ahamiyatdagi hodisadir. Yurt kelajagi porloq bo'lishi uchun hozirdan zamin tayyorlanmoqda. 1 " Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" 2016-yil 12-avgust https://scientific-jl.com/ 2 1 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN:
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the rights and freedoms of young people in our country, guaranteed by the Constitution, and the extent of the opportunities created for them, based on the new Constitution.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the rights and freedoms of young people in our country, guaranteed by the Constitution, and the extent of the opportunities created for them, based on the new Constitution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- law, inclusive education, new Constitution, young entrepreneur, five, Kalit so'zlar: qonun, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, yosh tadbirkor, inklyuziv ta'lim, besh tashabbus olimpiadasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026