К содержанию
РецензированоUZ2026

“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI BANDLIGINI TA’MINLASH VA JAMIYATGA INTEGRATSIYA QILISH”

JAMIYATGA INTEGRATSIYA QILISH” · Amonova Dilnoza Shermat qizi · Abdurasulova Zulayho Xudaynazarovna · lmiy raxbar: Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va ularni jamiyatga to’laqonli integratsiya qilishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Nogironlar uchun maxsus ish o’rinlari yaratish, masofaviy ish imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga o’qitish kabi bandlikni ta’minlash yo’llarini ko’rsatadi. Kalit so'zlar: nogironligi bo’lgan shaxslar, bandlik, integratsiya, inklyuziya, ijtimoiy muhit, maxsus ish o’rinlari, masofaviy ish, kasb-hunar, infratuzilma,teng imkoniyatlar, ijtimoiy himoya. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti inson huquqlarini to‘liq ta’minlash va barcha qatlam vakillarining teng huquqli ishtirokiga asoslanmoqda. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy hayotga integratsiyasini kuchaytirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ularning mehnatga bo‘lgan salohiyatidan to‘liq foydalanish, ijtimoiy faolligini oshirish nafaqat ularning shaxsiy rivoji, balki jamiyatning umumiy farovonligiga ham xizmat qiladi. Shu sababli, nogiron shaxslarning bandligi va jamiyatga integratsiyasi masalasiga kompleks yondashuv zarurdir. Ijtimoiy davlatda har bir fuqaro, jamiyatning har bir a’zosi teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash har qanday rivojlangan jamiyatning muhim ijtimoiy va ma’naviy vazifalaridan biridir. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qator dasturlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ularga ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, infratuzilmadan foydalanish va ijtimoiy xizmatlardan teng foydalana olish borasida hali ham muayyan to‘siqlar mavjud.1 Bugungi kunda dunyo miqyosida nogironligi bo‘lgan insonlar soni ortib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, global miqyosda har yettinchi inson nogironlik bilan yashaydi. O‘zbekistonda esa rasmiy 1 Karimova, N. (2021). Ijtimoiy himoya va bandlik masalalari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti.. “Nogironlar uchun inklyuziv mehnat bozori: xalqaro tajriba va O‘zbekistonda amaliyot” – Ijtimoiy tadqiqotlar markazi tahliliy hisobot, 2022. https://scientific-jl.com/ 6 0 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi statistikaga ko‘ra, 800 ming nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mehnatga layoqatli yoshdagilardir. Shunga qaramay, ularning ko‘pchiligi bandlik tizimidan chetda qolmoqda. Bu esa, jamiyatda inklyuzivlik va teng imkoniyatlar prinsipi yetarli darajada qaror topmaganini ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlar tajribasida — masalan, Germaniya, Yaponiya yoki Shvetsiyada — nogironlar uchun maxsus kvotalar, imtiyozli ish joylari, moslashtirilgan infratuzilma va masofaviy mehnat tizimlari orqali ularning iqtisodiy hayotga faol jalb etilishi ta'minlanmoqda. O‘zbekiston ham bu borada muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi, bandlik agentliklari orqali nogiron fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarning kengaytirilishi — bularning barchasi ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkilotlar tomonidan ish o‘rinlarini zaxiralash tartibi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 965-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. Qarorga ko‘ra, quyidagi bosqichlar mavjud: Kamida 20 nafar xodimlar soniga ega bo‘lgan tashkilotlar har yili 1-avgustgacha kelgusi yil uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilaydi.2 Kamida 20 nafar xodimlar soniga ega bo‘lgan tashkilotlar har yili 15- avgustgacha kelgusi yil uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining eng kam soni haqidagi ma’lumotlarni Tuman shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga ma’lumotlarni taqdim etadilar. Har yili 1-sentabrgacha tuman shahar Kambag‘allikni qisqartirish markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxiralanadigan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi va Tuman shahar inson ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishadi. Shundan so‘ng umumlashtirilgan takliflarni tuman shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi. Tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralash jarayonida ishlarning xususiyati nogironligi bo‘lgan shaxslarga mos kelishini hisobga olishlari kerak bo‘ladi. Bunda Tuman shahar kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari yil boshlanishidan kamida 5 oy oldin o‘z hududidagi Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) ga nogironligi 2 O‘zbekiston Respublikasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020 yil O‘zb

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va ularni jamiyatga to’laqonli integratsiya qilishning dolzarb jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligini ta’minlash va ularni jamiyatga to’laqonli integratsiya qilishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nogironligi bo’lgan shaxslar, bandlik, integratsiya, inklyuziya, maxsus ish o’rinlari, teng imkoniyatlar, masofaviy ish, infratuzilma, ijtimoiy muhit, ijtimoiy himoya., kasb-hunar, Kalit so'zlar: nogironligi bo’lgan shaxslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники