К содержанию
РецензированоUZ1997

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI

VA AHAMIYATI · Axmedova Nargizaxon Raxmonaliyevna

Образовательные инновации и интеграция · 1997

Аннотация

ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Dars jarayonini tashkil qilish va turli xil dars ishlanmalaridan foydalanish to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, innovatsion usul, turli xil dars ishlanmalari, , o'quv rejasi, tarbiya, savodxonlik, “Taʼlim toʻgʻrisida qonun”, Boshlangʻich taʼlim — umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi. OʻzRda Boshlangʻich taʼlim 1—4sinflarda bolalarga ilk taʼlim berish, ularni maʼnaviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. U 1—4sinflarni oʻz ichiga oladi va oʻqish 6—7 yoshdan boshlanadi. Bunda taʼlim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega. OʻzRning 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunida Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga karatilgan. Boshlangʻich taʼlim sinflari uchun oʻquv rejasi va dasturlari mavjud. Boshlangʻich taʼlim da oʻquv rejasi asosida ona tili, matematika, tibbiyot, tarix (tarixiy mavzulardagi matnlar asosida), rus tili, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Ona tili darsida xatsavod oʻrgatiladi, nutqni oʻstirish, oʻqish va yozishga oʻrgatish yuzasidan maxsus mashgʻulotlar oʻtkaziladi, dastur asosida imlo qoidalari va baʼzi grammatik vositalar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlar beriladi. Mat. darsida 4 arifmetik amal ichida hisoblash (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish) oʻrgatiladi, algebra va geom.ga oid ilk tushunchalar bilan tanishtiriladi. Boshlangʻich taʼlim da maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻrgatish hamda hosil qilishga erishish uchun taʼlimning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi. Boshlang'ich ta'lim umumta'lim maktablarining bosh bo'g'ini bo'lgani sababli ana shu jarayonda o'quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko'proq e'tibor berish lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mas'uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo'ygan o'quvchilarni maktab hayotiga ko'niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo'l ochib beradilar. Bolalarning o'qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang'ich sinf https://scientific-jl.com/ 7 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o'qituvchilarining vazifasi mas'uliyatli ekanligini ko'rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. Ta'lim tizimida innovatsion deyilganda ta'lim maqsadi va mazmuniga yangilik kiritish , yangicha yondashish , pedagog va talabaning hamkorligidagi faoliyatini tashkil etish, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish jarayoni, ta'limning uslub, shakl, va vositalarining majmuasi tushuniladi. Boshlang'ich sinfda ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta'lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o'qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda ko'proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrofmuhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari. Mazkur fanning asosiy maqsadi boshlang’ich ta’limni davlat ta’lim standartlari va davlat talablari asosida talab darajasida tashkil etish asoslari bo’yicha kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiya berishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fani modul asosdagi quyidagi vazifalarni o’rganadi, bo’lajdak o’qituvchilarga o’rgatadi va amaliyotga joriy etish vazifalarini bajaradi: 1-modul: boshlang’ich ta’lim pedagogikasinin

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion usullar hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshlang'ich ta'lim, innovatsion usul, turli xil dars ishlanmalari, tarbiya, savodxonlik, Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, o'quv rejasi, “Taʼlim toʻgʻrisida qonun”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники