К содержанию
РецензированоEN2026

BOSHLANG'ICH SINFLARDA STEAM TA'LIM TEHNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Raximova Dilfuza Erkinovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

In the topic "Self-development of primary school students through STEAM education", students should know how to apply STEAM education during the mathematics lesson, and acquire the skills to develop self-development and inventiveness. Keywords: STEAM, self-development, inventor, education, skills, knowledge, idea, logical thinking, creative thinking. Аннотация: По теме «Саморазвитие учащихся начальных классов посредством STEAM-образования» учащиеся должны знать, как применять STEAM-обучение на уроке математики, а также приобрести навыки развития саморазвития и изобретательности. Ключевые слова: STEAM, саморазвитие, изобретатель, образование, навыки, знания, идея, логическое мышление, творческое мышление. Har bir sohada bilimni oshirish, amaliy jihatdan kasbiy ko`nikmalarini shakllantirishga erishishdagi imkoniyatlaridan keng foydalanish ta`lim va tarbiya jarayonining alohida amaliy ahamiyatini aks ettiradi. Bu hozirgi kunda ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi bilvosita aloqadorlikni ta`minlanishga nisbatan dolzarb talablarni shakllantiradi. Bu bevosita ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi bilvosita aloqalar tizimida pedagogik texnologiya, didaktik jarayonlar, zamonaviy o`qitishning STEAM texnologiyalaridan keng foydalanishning yangi usullarini ishlab chiqishga nisbatan bir qator talablarni shakllantiradi. Masalan, ta`lim axborot bazasi keng va uni amaliy ahamiyatini, mehnat samaradorligini oshirshdagi rolini oshirish faqat nazariy jihatdan texnologiyalarni qo`llashga bevosita bog`liqdir. Shu boisdan, ta`limning fundamental bazasi hisoblangan boshlan`ich ta`lim o`quv mashg`ulotlarida STEAM texnologiyalari asosida aniq fanlar bilimlarini o`zlashtirish, boshlang`ich sinf o`quvchilarining mehnat jarayonlaridagi turli amaliy jarayonlarning to`g`ri hisobini yuritish malakalarini https://scientific-jl.com/ 1 5 42-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi shakllantirish ushbu maqolaning didaktik prinsiplari, ta`lim jarayoni xususiyatlarini o`z ichiga oladi. Umumiy o'rta ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi № PQ- 3931 son qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” ning II bo'lim, 11 bandida: Umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEAM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) metodlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan. Ilg'or milliy va xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilayotgan Milliy o'quv dasturi mazmunida fanlararo integratsiyani ta''minlashga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, jumladan, STEAM ta'limi o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda qo'yilgan asosiy talab 21-asr ko'nikmalarini tarkib toptirish, kreativ va ijodiy rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, tez o'zgarayotgan dunyoga moslashishni o'rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. STEAM ta'limi tabiiy va iqtisodiy fanlar yo'nalishida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi kontent yaratilmoqda. O'z navbatida bunday yondashuv o'quvchilar rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita bog'laydi. Ma'lumki, tabiiy fanlar atrofimizdagi olam bilan bevosita bog'liq texnologiya kundalik hayotimizda doimiy ravishda qo'llaniladi, muhandislik esa uylar, yo'llar, ko'priklar va mashina mexanizmlarda o'z aksini topgan, biror bir kasb, kundalik mashg'ulotlar matematika fani bilan ham bog'langandir. Bugungi davr dunyo ta`limi oldiga ham katta vazifalarni qo‘ymoqda. Bunda qo‘yilgan asosiy talab yosh avlodni ma‘naviy –axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashishni o‘rgatishdan iboratdir. Shu bilan birga o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan. Ushbu fikrlarning tasdig‘i sifatida, boshlang‘ich ta’lim fanlari uchun STEAM ta’limini joriy etish maqsadida motivatsion va innovatsion yechimlarini qo’llash, ta’lim resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha

Доказательный фрагмент

«In the topic "Self-development of primary school students through STEAM education", students should know how to apply STEAM education during the mathematics lesson, and acquire the skills to develop self-development a…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the topic "Self-development of primary school students through STEAM education", students should know how to apply STEAM education during the mathematics lesson, and acquire the skills to develop self-development a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
STEAM, self-development, inventor, education, skills, knowledge, ixtirochi, kreativ fikrlash., ta’lim, mantiqiy fikrlash, bilim, Kalit so‘z: STEAM, g‘oya, malaka, o‘z-o‘zini rivojlantirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники