Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Qazaqova Sarvinoz Jahongir qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari Kalit so‘zlar: metodika, grammatika, nutq o‘stirish metodikasi, so‘z yasalishi, o‘qish metodikasi, husnixat Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir. Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolarni bildiradi. Metodika (yurt, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta’limot — ta’lim berish metodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir. Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta ’lim- tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta ’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika maktab oldiga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‘rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika fani quyidagi masalalarni o‘rganadi: 1. O‘qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang‘ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o‘quvchilar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi. 2. O‘qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar amaliy ishlari mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o‘qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?” savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o‘rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi. https://scientific-jl.com/ 9 6 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish metodikalarini ham o‘z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: a) boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o‘rgatish, o‘qish, grammatika, imlo, nutq o‘stirish va hokazo) dasturini belgilash va asoslash; b) o‘qish va yozuvdan bilim va ko‘nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o‘rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‘g‘rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; v) ona tilidan beriladigan o‘quv materialini o‘quvchilar aniq tushunishi va puxta o‘zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‘quvchilarning umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‘ylashini, nutqini o‘stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; g) ona tilini o‘rgatish bilan bog‘liq holda maktablar oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‘quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o‘qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. Shuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari ham metodikaning metodologik asosi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi: 1. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish. 2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o‘rganish. 3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish. 4. Ona tilidan o‘quvchilarning o‘qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish. 5. O‘quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og‘zaki qayta hikoyalash, y
Доказательный фрагмент
«Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari Kalit so‘zlar: metodika, grammatika, nutq o‘stirish metodikasi, so‘z yasalishi, o‘qish…»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari Kalit so‘zlar: metodika, grammatika, nutq o‘stirish metodikasi, so‘z yasalishi, o‘qish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatika, Kalit so‘zlar: metodika, husnixat, nutq o‘stirish metodikasi, o‘qish metodikasi, so‘z yasalishi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026