К содержанию
РецензированоUZ2026

TURKIYADA TIL SIYOSATI

TURKIYADA TIL SIYOSATI · Tursunov Mirzohid

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Turkiyada amalga oshirilgan til siyosati haqida qisqacha fikr mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, mamlakatda turk tiliga bo‘lgan e’tibor, tilni soddalashtirish, terminlarni turkiylashtirish, ta’lim, turk tili ta’limi, ta’lim siyosati haqida fikr mavjud. Kalit so‘zlar: turk tili, usmonli turk tili, alifbo, yozuv, tilni soddalashtirish. Davlat mohiyatan bir geografiyada vatan va yurt kabi nomlar ostida birga yashayotgan kishilar tomonidan suverenitet va huquq asosida tuzilgan tashkilotdir. Davlat millat tomonidan shakllantiriladigan tuzilmadir. Millat – bu muayyan madaniy va tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan odamlar tomonidan yaratilgan tuzilma bo‘lib, bu tuzilmani tashkil etuvchi shaxslarni bir-biriga bog‘lab turadigan va davomiylikni ta’minlaydigan narsa tildir. Xususan, Usmoniylar imperiyasi (Turkiya)da ham tilga e’tibor turli yillarda turlicha bo‘lganligi uchun turlicha til siyosati amalga oshirilgan. Usmonlilar imperiyasi bosib olgan hududlariga nisbatan bag‘rikenglik siyosatini olib borib, mahalliy xalqning tili, dini va madaniyatiga hurmat bilan qaragan. Mahalliy xalqlarga o‘z tilida so‘zlashish va maktablardagi ta’limning mahalliy tillarda olib borilishiga to‘sqinlik qilmagan. Ya’ni, Usmonlilar imperiyasi tashkil topgan davrdan Tanzimat davri (Usmonli turk sultonligida oʻtkazilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar va shu islohotlar oʻtkazilgan 1839 – 1870-yillar)ga qadar imperiya hududida ko‘ptillilik vaziyati amal qilgan. Usmonli imperiyasida Tanzimatgacha til masalasiga davlat siyosati darajasida qaralmagan. Tanzimat davriga kelib til siyosatining ahamiyati ortdi. Bularning barchasi til masalasining asta-sekin mafkuraviy masalaga aylanib borayotganidan dalolat edi. Imperiyadagi til siyosatini davlat boshqaruv sohasida ham ko‘rish mumkin. T.Shimshekning tadqiqotida diniy e’tiqodi va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha fuqarolar, turli millatga mansub mahalliy xalqlar davlat ishida faoliyat yuritishlari, rasmiy hujjatlar bilan ishlay bilish, sulton farmonlaridan xabardor bo‘lish uchun usmonli turk tilini bilishlari zarurligi1 haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, Usmonli davlatida ish yuritish, tashqi aloqalar turk tilida olib borilgan2. T.Ilerining tadqiqotida sulton Abdulmajid II xorijiy mamlakatlarga tegishli kompaniyalar bilan shartnomalar va yozishmalarni turk tilida 1 Şimşek T. Osmanli devleti son donem dil politikasi ve turkce egitimi. – Ankara, 2021. 199-bet. 2 Karaağaç G. Dil, Tarih ve İnsan // Akçağ Yayınları. – Ankara, 47-bet. https://scientific-jl.com/ 6 2 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi olib borish haqida farmon chiqarilgani qayd etilgan.3 Bundan ko‘zlangan maqsad turk tilini butun dunyoga yoyish edi. Hukmdorlar tanzimat davrigacha turkiy boʻlmagan xalqlarga usmonli turk tilini o‘rganish siyosatini tizimli ravishda qoʻllamagan boʻlsa- da, turk tili arablar va albanlar orasida keng foydalanilgan4. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Imperiya tasarrufidagi Suriya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Misr, Shimoliy Afrikaning oddiy xalqlari arabcha, elita tabaqa esa turkcha so‘zlashar edi. Sado‘g‘luning fikricha, bu xalqlarning turkcha gapirishiga turli sabablar mavjud edi. Birinchidan, yuqori lavozimlarda xizmat qilish, harbiy xizmatni o‘tashga majburlik kabi sabablar bo‘lsa-da, eng asosiy sababi Usmonlilar imperiyasi kabi qudratli davlat hukmdorlari bilan bir tilda gaplashish imkonini yaratar edi5, shuningdek, hukmron tabaqa tilini egallash ijtimoiy mavqe ko‘rsatkichlaridan biri ham edi. Tanzimat davrida ta’lim sohasida ham bir qator amaliy ishlar bajarilgan. 1869-yilda “Umumiy taʼlim toʻgʻrisida”gi nizom ishlab chiqilib, imperiya tarkibidagi barcha boshlangʻich taʼlim muassasalarida turk tilini oʻqish majburiy qilib belgilangan. “Umumiy taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq shahar maktablarida turk tili darslari tashkil etilgan, ammo chekka qishloq maktablarida o‘qituvchi yetishmasligi sababli turk tili darslari amaliyotga tatbiq etilmagan6ligi T.Shimshekning tadqiqotlarida qayd etilgan. Shuningdek, ushbu nizomga ko‘ra, turk tili imperiya hududida rasmiy til sifatida belgilangan. 1876-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning 18-moddasida “Turk tili mamlakatning rasmiy tili” deb belgilanishi turk tilining siyosiy yutug‘i edi. Mazkur konstitutsiyaning 16-moddasida “Turli millatlarning e’tiqodlari bo‘yicha ta’lim berish tartibiga ziyon yetkazilmaydi”7 tarzidagi qonun ham mavjud edi. S.Orhanning “Turkiyada til siyosati, til huquqlari va ilovalari” nomli tadqiqotida Konstitutsiyaning 16-moddasiga asoslanib, musulmon bo‘lmagan xalqlar bu qoidaga amal qilmaganliklari va o‘z maktablarida turk tilini o‘qitmaganliklari haqida fikrlar mavjud. Bu muammo hal bo‘lmagach, 1894-yilda turk tilini o‘rgatish haqida yana qonun qabul qilindi, lekin bu qoidaga ham amal qilinmadi.8 Xususan, hukumatning 1894-yil 18- mayda e’lon qilingan farmoyishi bilan maktablarda beriladigan taʼlim arab va forscha iboralardan xoli boʻlishi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Turkiyada amalga oshirilgan til siyosati haqida qisqacha fikr mulohazalar bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Turkiyada amalga oshirilgan til siyosati haqida qisqacha fikr mulohazalar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alifbo, usmonli turk tili, Kalit so‘zlar: turk tili, tilni soddalashtirish., yozuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники