К содержанию
РецензированоUZ1924

XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QOZOG‘ISTONDA TIL SIYOSATI

Ravshanova Feruza Murodullayevna

Образовательные инновации и интеграция · 1924

Аннотация

Ushbu maqola Qozog‘iston davlatining mustaqillikgacha bo‘lgan davr ichida olib borilgan til siyosati masalalari bag‘ishlangan. Ushbu davrda mamlakatda olib borilgan til siyosatining davlat boshqaruv tizimi, ta’lim, ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilishiga oid ishlar misolida ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘z: til siyosati, til vaziyati, demografik quvvati, tilning ijtimoiy vazifasi, oddiy so‘zlashuv tili, ta’lim tili. Mamlakatda til siyosati tilni rejalashtirish, til holati, til vaziyati, til maqomi kabi jihatlarni yoritishga qaratiladi. Har bir mamlakat til va jamiyat munosabatini o‘rganish asosida mamlakatda mavjud bo‘lgan millatlar tilining til vaziyatidan kelib chiqib, o‘z til siyosatini olib boradi. Xususan. sotsiolingvistika nuqtayi nazaridan til siyosatini A.Shveytser quyidagicha izohlaydi: “Davlat, partiya, sinf, ijtimoiy guruh tomonidan til yoki til quyi tizimining butun funktsional taqsimotini o‘zgartirish yoki saqlab qolish, yangi normani joriy etish yoki mavjud til normasini saqlab qolish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuyi”1. Mamlakatda olib borilayotgan til siyosati davlat boshqaruv tizimi, ta’lim, ommaviy axborot vositalarida tilning qo‘llanishiga oid ishlar misolida ko‘rish mumkin. Ish yuritishda til siyosati masalasi Tadqiqotlarda 1924-yilda “Avtonom respublikalarda ish yuritish mahalliy tillarga o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ushbu qarordan so‘ng mamlakatda ish yuritishda qozoq tilidan foydalanilgan. Bu vaqtda tashkilot va muassasa xodimlarining qozoq tilida ish yuritish malakasiga ega bo‘lmaganligi sababli, 1924-yil 21-iyulda QSSR Xalq mehnat komissarligining 55- sonli “qozoq tilida ish yuritishning joriy etilishi munosabati bilan davlat tashkiloti va muassasalarida qozoq tilida ish yuritish malakasiga ega bo‘lmagan xodimlarni, qozoq tilida ish yuritish malakasiga ega bo‘lgan xodimlarga almashtirish tartibi to‘g‘risida”2gi qarori chiqariladi. 1924-yilda “Avtonom respublikalarda ish yuritish 1 Швейтсер. А. Д. Современная социолингвистика: теория, проблеми, методи. [Modern Sociolinguistics: Theory, Problems, Methods]. – Москва: Наука, 1976. – C.98. 2 21 июля 1924 г. Постановление Народного комиссариата Труда КССР № 55 "О порядке увольнения рабочих и служащих государственных учреждений и предприятий по случаю введения делопроизводства на казахском языке и замены их лицами, знающими казахский язык и письменность" / Омирбекова М.Ш. и д. Языковая политика в Казахстане (1921-1990 годы). – Алмата: Казак университети, 1997. – C. 35. https://scientific-jl.com/ 6 7 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi mahalliy tillarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirish 1928-yil oxirigacha uzaytiriladi3. Natijada davlat idoralarida ish yuritishda yana rus tili qo‘llanaverdi, buning asosiy sabablaridan biri hukumat muassasalari xodimlarining qozoq tilida ish yuritish malakasiga ega emasligi bilan bog‘liqdir. Bu masalani bartaraf qilish maqsadida, 1925-yil 6-fevralda Qozog‘iston Markaziy Saylov komissiyasi huzuridagi Markaziy Komissiya QSSR Xalq Komissarlari Sovetiga xat yuboriladi. Xatda respublika davlat muassasalarida qozoq tilida ish yuritishni joriy etish tadbirlari uchun mablag‘ ajratish so‘ralgan.4 Shuningdek, Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi 1927-yilda joylarda milliy tillarni o‘rganish uchun muddat belgilash, xodimlarga til o‘rganish uchun imkoniyat berishni tavsiya etadi. Bu vaqtda mamlakatda til siyosati lotin alifbosiga asoslangan qozoq tilining ijtimoiy vazifalarini kengaytirishga ahamiyat qaratgan. Xususan, ish yuritishda qozoq tilining lotin alifbosida ish ko‘rishi bevosita tilning ommalashishi hamda yoyilishiga sabab bo‘ladi. Ta’limda til siyosati masalasi Ushbu davrda ta’limning asosiy e’tibori qozoq xalqini savodxonligini oshirish hamda maktablar uchun qozoq tilidagi darsliklarni tuzishga qaratilgan. Sobiq Rossiya imperiyasi davrida 60 dan ortiq xalqlar o‘z yozuviga ega bo‘lmagan. Xususan, bu davrda qozoq xalqi ham arab yozuvidan foydalangan. XX asr boshlarida ta’limda arab yozuv tizimi qo‘llanganligi qayd etilgan5. Shu sababli, 1921-yilda QSSR Davlat nashriyoti huzuridagi tahririyat komissiyasi a’zolarining I va II bosqich qozoq maktablari uchun darsliklar tuzish va tarjima qilish masalasi ko‘rib chiqilgan.6 Bu vaqtda qozoq tilidagi darsliklar yetarli emasligi sababli rus tilidagi darsliklarni qozoq tiliga tarjima ishlari olib borilgan. 1927-yil noyabr oyida Butunrassiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining millatlar bo‘limi boshlig‘i S.Asfendiyarov mamlakatdagi til vaziyatini quyidagicha izohlaydi: “Qozoq millat vakillarining farzandlari ixtiyoriy ona tilini emas rus tilini o‘rganishni xohlaydi. Qirg‘iz millat vakillari farzandlarini rus tilida ta’lim olishga undaydi.”7 Bu holat ta’limda qozoq tilidagi darsliklarning yetarli emasligi, mutaxassislarning qozoq tilini o‘qitish makalasiga ega emasligi hamda rus tilining demografik quvvati yuqori ekanligi bilan izohlanadi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Qozog‘iston davlatining mustaqillikgacha bo‘lgan davr ichida olib borilgan til siyosati masalalari bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Qozog‘iston davlatining mustaqillikgacha bo‘lgan davr ichida olib borilgan til siyosati masalalari bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oddiy so‘zlashuv tili, Kalit so‘z: til siyosati, demografik quvvati, til vaziyati, ta’lim tili., tilning ijtimoiy vazifasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники