Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAMLAKA DAVRIDA AQSH TIL SIYOSATI
Qudratova Sayyora Ziyadulla qizi
Образовательные инновации и интеграция · 176 – 177 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada AQSHning mustamlaka davridagi til holati, ingliz tilining bu davlatga kirib kelishi, yoyilishi hamda mustaqillik davrigacha yuritilgan til siyosati haqida fikr boradi. Kalit so‘zlar: til siyosati, lisoniy boshqaruv, ta’lim islohi, o‘qish va yozishga qarshi qonunlar, matbuot tili, ish yuritish tili. Ko‘p tilli mamlakatlarda lisoniy boshqaruv bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi tabiiy, albatta. Bunday lisoniy muammolar jamiyat a’zolarining turli irq, millat, til va madaniyatga egaligi sababli yuzaga keladi. Lisoniy boshqaruv atamasi ilk bor fanga B.Jernud va J.Neustupny tomonidan kiritilgan bo‘lib, lisoniy boshqaruv shaxsdan boshlanishi va bu oddiy lisoniy boshqaruv deb atalishi, uyushgan lisoniy boshqaruv esa mikro (oila)dan makro (davlat) darajasigacha bo‘lishini tushuntirganlar1[. Bundan ko‘rinib turibdiki, lisoniy boshqaruv ijtimoiy hayotdagi lingvistik holatni tartibga solishga qaratilgan til siyosatining ma’lum bir qismi, u bilan bog‘liq jarayon ekanligi bilan xarakterlanuvchi tushunchadir. Shu sababli til siyosatida lisoniy boshqaruv alohida ahamiyat kasb etadi. N.Mahmudovning fikricha, tabiiyki, ko‘p millatli davlatlarda, ayniqsa, milliy siyosatga, xususan, uning bevosita tarkibiy qismi bo‘lmish til siyosatiga jiddiy ehtiyoj seziladi. Shubhasiz, normal til siyosatisiz milliy masalani, biron-bir darajada bo‘lsin, hal qilish mushkul. Shuning uchun kattadir-kichikdir har qanday davlatning o‘ziga xos til siyosati mavjud. Til siyosati deganda, davlatda, jamiyatda til masalalarini siyosiy, huquqiy va ma’muriy tartibga solish tizimi, til muammolarini hal qilish bo‘yicha mafkuraviy tamoyillar va rasmiy-amaliy tadbirlar majmuyi, mamlakatdagi til vaziyatiga rejali ta’sir qilish mexanizmlari nazarda tutiladi2. Quyida biz Amerikaning mustamlakachilik davri, mustaqilikka erishuvi hamda global davrdagi mavjud til siyosati va uning bosqichlari xususida fikr yuritamiz. Amerika mustamlakachilik davri (1607 – 1776). 1492-yilda Amerika qit’asi X.Kolumb tomonidan kashf etilgan so‘ng bir qator Yevropa davlatlari bu yerlarni mustamlaka qilishga kirishgan. Bu yerlarda dastlab kishilarning turmush tarzi qabila, 1 Jernudd B., Neustupny J.V. Language Planning: For whom? // in LaForge (Eds.). Proceedings of the international collaquim on language planning. – Canada: Presses de l’Universite Laval, 1987. – P.69. 2 Маҳмудов Н. Тил сиёсати ва сиёсат тили // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2016. №4. 17-бет. https://scientific-jl.com/ 7 2 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qabila ittifoqi shaklida bo‘lib, muloqot jarayonida bir necha qabilaviy (Algonkian, Iroquoian, Sioux, Messoamerikan, And) tillardan foydalangan. Amerikaning tubjoy aholisi mahalliy hindulardan tashkil topgan. Amerikani mustamlaka qilishni birinchi bo‘lib, Yevropa davlatlaridan Ispaniya va Portugaliya boshlagan. Mustamlakachilik tarixi tufayli Amerikaning aksariyat aholisi ispan yoki portugal tillarida muloqot qilgan3. Bu davrda Amerikada bir qancha tillar mavjud bo‘lsa-da, ispan va portugal tillari asosiy muloqot vositasi vazifasini bajargan. Mustamlaka davrida AQShga ingliz tilining kirib kelishi Virjiniya koloniyasining tashkil etilishi bilan bog‘liq. Angliyalik mustamlakachilar 1607-yilda Shimoliy Amerikaning Virjiniya shtatiga qarashli Jeymstaunda ilk aholi yashash punktini tashkil qilganlar4. Virjiniya shtati ingliz aholisi uchun birinchi yashash punkti vazifasini bajarish bilan birga AQSHning ilk siyosiy yig‘inlari o‘tkazila boshlagangan hudud hisoblanadi. Shu sababli AQSH hukumatining boshlanishi ham shu shtat bilan bo‘g‘liq holda o‘rganiladi. Mustamlakachilik davrida ta’lim jarayonlari. Amerika til siyosati dastlab amerikan hindularining ta’lim jarayoni bilan bog‘liq ekanligi bilan xarakterlanadi. Amerika qit’asida hindu ta’lim tizimida mahalliy amerika tillaridan foydalanish uzoq tarixga ega. Avvalo, bir qancha missionerlar tomonidan sharqiy hindu xalqlari orasida ingliz tili targ‘ib etila boshlangan. Ilk bor Roksberi lotin maktabining asoschisi, puritan missioner, “hindularning havoriysi” nomi bilan tanilgan Jon Eliot Amerikaga kelib, 1646-yilda amerika hindulariga o‘z tillarida va’z qilgan. 1663-yilda esa hindu tarjimonlari va matbaachilari yordamida Massachuset hindu tilini inglizcha imlo qoidalariga moslashtirgan holda Yangi Ahdni nashr ettirgan5. Jon Eliot tomonidan ushbu matnlarni mahalliy hindularga o‘qitishni o‘rgatish uchun tubjoy amerikaliklar uchun ilk bor maxsus maktablar ham ochilgan. Chunki din qadimdan biror tilni o‘rgatish va yoyishda eng asosiy motivlardan biri hisoblangan. Asta-sekinlik bilan Amerika tomonidan hindu xalqi ta’limiga oid yuzdan ortiq shartnomalar ratifikatsiya qilingan. 1775-yilda Kontinental Kongress Dartmut kollejidagi 10 nafar hindu talabalarining xarajatlarini to‘lash uchun mablag‘ ajratgan. Shuningdek, qabila o‘qituvchilari va diniy guruh vakillariga ham maktab ochish uchun sarmoya ajratilib turilgan6. Amerikaning hindu ta’limiga mablag‘ ajratishinin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada AQSHning mustamlaka davridagi til holati, ingliz tilining bu davlatga kirib kelishi, yoyilishi hamda mustaqillik davrigacha yuritilgan til siyosati haqida fikr boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada AQSHning mustamlaka davridagi til holati, ingliz tilining bu davlatga kirib kelishi, yoyilishi hamda mustaqillik davrigacha yuritilgan til siyosati haqida fikr boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘qish va yozishga qarshi qonunlar, ta’lim islohi, lisoniy boshqaruv, ish yuritish tili., Kalit so‘zlar: til siyosati, matbuot tili
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025