Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QARAG’AYTOIFA BO’LIMINING VAKILLARINING KO’PAYISHI, TARQALISHI VA AHAMIYATI.
TARQALISHI VA AHAMIYATI. · Turdaliyeva Zarnigor (Andijon davlat pedagogika instituti)
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Изучены биологические особенности видов черного тополя , механизмы их распространения, географическое распределение и их экологическое , экономическое и кулътурное значение, Среди широко распротраненных растений исследованы представители семейства черного тополя, Рассмотрена их важная ролъ в эволюции , механизмы распространения и адаптации, а также их особые характеристики. Qarag’aytoifa ochiq urug’li o’simliklar orasida eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Ushbu oila taxminan 220 turni o’z ichiga olib , ular 11 turlarga bo’linadi. Qarag’ay , archa , oq qayin , tilog’och , kedr va boshqalar. Asosan shimoliy yarim sharning mo’tadil va sovuq mintaqalarda keng tarqalgan. Asosiy qism Ochiq urug’li o’simliklar devon davrida paydo bo’lgan yuksak o’simliklarning eng qadimgi guruhlaridan bo’lib , ular paleozoy va mezazoy eralarida keng rivojlangan. Ochiq urug’lilar urug’ hosil qilib , shu urug’lari yordami bilan ko’payadi. Urug’lar shaklan o’zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo’lmish urug’kurtakdan paydo bo’ladi. Urug’kurtak va shunga yarasha urug’ to’g’ridan – to’g’ri sporofillarda joylaashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joy olishi – ochiq https://scientific-jl.com/ 3 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi urug’lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir . Urug’ ko’p hujayrali murtak va endospermdan tashkil topgan . Murtak boshlang’ich ildiz , poya va bargdan iborat. Ochiq urug’lilar bo’limi 6 ta sinfga bo’linadi. Urug’li qirqquloqlar, sagovniklar , bennettitlar, gnetumlar, ginkgolar, qarag’aylar sinfiga bo’linadi. Urug’li qirqquloqlar daraxt, liana va o’t o’simliklar bo’lgan. Barglari yirik, murakkab patsimon , hozirgi qirqquloqlarning barglariga o’xshash bo’lgan. Sagovniklar shoxlanmaydigan daraxtsimonlar o’simliklar bo’lib, ularning bo’yi 1 metrdan 20-25 metrgacha yetadi. Ayrimlarning poyasi esa ildizmevaga o’xshash bo’lib , deyarli butun tanasi yer bag’rida joylashgan. Sagovniklarning yaproqlarining har biri 3 yildan 10 yilgacha umr ko’radi. Bennittitlar tashqi ko’rinishi va vegetativ qismlarining xarakteriga ko’ra hozirgi zamon va qirilib ketgan sagovniksimonlarga juda o’xshagan. Ularning tanasi sagovniksimonlarnikiga o’xshab shoxlanmagan yoki biroz shoxlangan , bo’yi pastroq ,yo’g’on yoki ma’lum darajada tugunaksimon yoki uzun va ingichka bo’lgan. Poyasining ko’p qismini yaxshi rivojlangan o’zak hosil qilgan , unda yelim yo’llari bo’lgan , tashqi tomondan ancha qalin po’stloq o’rab turadi. Gnetumlar hayotiy shakli daraxt, buta yoki chirmashib o’suvchi o’simliklardir. Barglari poyaga qarama –qarshi joylashadi. Gnetumlarning changlari shamol yordamida tarqaladi. Megastrobil urug’chi qubbalarining tashqi qoplami yumshoq etli, ichkisi esa qattiq bo’ladi. Ginkgolar baland bo’yli , ikki uyli o’simlik . Gingkoning barglari yelpig’ichsimon , yirik, uzunligi 10 sm , eni 10-12 sm keladi, barglarining chetlari tekis, egri –bugri yoki biroz kesilgan bo’lib , uchlari ikki pallaga bo’lngan bo’ladi. Qarag’aylar asosan urug’lari yordamida ko’payadi. Qubbalari ayrim jinsli . Ayrim vakillarida bir necha qubbalari to’p bo’lib , murakkab qubbalarni hosil qiladi. Qarag’aylar asosan shamol yordamida changlanuvchi o’simliklar bo’lganligi sababli changchili qubbalarida hosil bo’ladigan changlar havo oqimi bilan urug’kurtakning chang yo’li orqali chang kamerasiga borib tushadi va changlanish sodir bo’adi. Xulosa Qarag’aytoifa o’simliklar o’zining ko’payish mexanizmlari, keng tarqalishi va ko’p qirrali ahamiyati bilan tabiatning muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Ularni muhofaza qilish va oqilina foydalanish kelajak avlodlari uchun bu qimmatli biologik resurslarni saqlashga yordam beradi. Foydanilgan adabiyotlar 1. Botanika . O’simliklar sistematikasi . O’. E. Xo’janazarov, X. Mavlonov , J.S. Saidov 2. O’simliklar aniqlagichi . S. Haliqov, U. Pratov 3. Botanika o’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi A. S. Dariyev https://scientific-jl.com/ 4 42-son_3-to’plam_Aprel -2025
Доказательный фрагмент
«Изучены биологические особенности видов черного тополя , механизмы их распространения, географическое распределение и их экологическое , экономическое и кулътурное значение, Среди широко распротраненных растений иссле…»
Образец извлечения
Демо-превьюИзучены биологические особенности видов черного тополя , механизмы их распространения, географическое распределение и их экологическое , экономическое и кулътурное значение, Среди широко распротраненных растений иссле… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ochiq urug, qarag aylar, черного тополя, механизмы распространения, qarag aytoifa, urug simliklar, biri hisoblanadi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026