К содержанию
РецензированоUZ2026

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MILLIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK · Muallif: Usmonova Gullola Halilovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning oliy ta’lim muassasalari talabalarini barkamol shaxs sifatida shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, milliy qadriyatlarni rivojlantirishning samarali pedagogik-psixologik usullari, ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Talabalarda vatanparvarlik, milliy g‘urur, ma’naviy-etika qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Milliy qadriyat, oliy ta’lim, talaba, tarbiya, pedagogika, psixologiya, vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya. Globallashuv sharoitida yoshlarning ongiga turli g‘oyalar kirib kelayotgan bir paytda ularning milliy o‘zligini, tarixiy xotirasini, qadriyatlar tizimini asrab-avaylash, mustahkamlash dolzarb masalaga aylangan. Oliy ta’lim muassasalari bu borada muhim o‘rin tutadi. Talabalar shaxsini shakllantirishda milliy qadriyatlar negizida tarbiya berish, ularni ongli, ma’naviy yetuk, vatanparvar inson sifatida voyaga yetkazish pedagog va psixologlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Milliy qadriyatlar – bu xalqning tarixiy taraqqiyot yo‘lida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, millat ongini, o‘zligini belgilovchi asosiy ijtimoiy- madaniy me’yorlar tizimidir. Bunga urf-odatlar, marosimlar, an’analar, madaniy- tarixiy meros, til, din, san’at, axloqiy me’yorlar, estetik qarashlar, oila qadriyatlari va mehnat madaniyati kabi elementlar kiradi. Ular shaxsning ijtimoiylashuvi, ma’naviy shakllanishi va fuqarolik pozitsiyasini aniqlashda bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Oliy ta’lim tizimi bu qadriyatlarni o‘rgatish, singdirish va rivojlantirishning muhim bosqichi bo‘lib, yosh avlodni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirishda asosiy vositadir. Zamonaviy jamiyatda globallashuv jarayonlarining kuchayishi milliy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qilmoqda. Chunki tashqi madaniy ta’sirlar ayrim hollarda milliy o‘zlikni anglash jarayonini zaiflashtirishi mumkin. Shu bois, ayniqsa talaba yoshlar orasida milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlar olib borish, ularning tarixiy ildizlarini anglashga yo‘naltirish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarur. Bu esa o‘z navbatida barqaror fuqarolik jamiyatining shakllanishiga, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligi va mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. https://scientific-jl.com/ 1 6 9 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Pedagogik nazariyalarda shaxs tarbiyasida qadriyatlar tizimining shakllanishi uzluksiz, bosqichma-bosqich rivojlanadigan murakkab jarayon sifatida qaraladi. Oliy ta’lim muassasalarida bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘quv- tarbiya faoliyatida zamonaviy pedagogik yondashuvlar qo‘llanishi dolzarb hisoblanadi. Jumladan, konstruktivistik ta’lim konsepsiyasi asosida qurilgan interfaol darslar, “konstruktiv o‘qituvchi – faol talaba” modeli, muammoli ta’lim, kasbiy simulyatsiya, integratsiyalashgan yondashuvlar orqali milliy qadriyatlarni talabalarga chuqur anglatish mumkin. Shuningdek, milliy qadriyatlarni turli fanlar bilan bog‘liq holda yoritish – masalan, tarix fanida xalqimizning qadimiy madaniyati, adabiyotda milliy obrazlar orqali estetik qadriyatlar, falsafa fanida ma’naviy-axloqiy tushunchalar orqali – talabalar dunyoqarashini shakllantiradi. Bu fanlararo yondashuv, milliy qadriyatlar masalasini ko‘p qirrali o‘rganish imkonini yaratadi. O‘qituvchining didaktik mahorati, shaxsiy namunasi, kommunikativ uslubi va dars jarayoniga kreativlikni olib kirishi – talabalarda milliy o‘zlikni anglashga zamin yaratadi. Talaba shaxsini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishda psixologik yondashuvlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada psixologik fanlarda e’tirof etilgan individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli, emotsional intellekt (EQ), motivatsiya nazariyalari (Maslou, Xekhauz), identitet shakllanishi (E. Erikson) kabi konsepsiyalar muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Emotsional intellekt – ya’ni shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini tushunishi va boshqarishi, boshqalar hissiyotini anglash qobiliyati – milliy qadriyatlarni o‘zlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Talabalar orasida empatiya, ijtimoiy javobgarlik, madaniy bag‘rikenglik, o‘z-o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali milliy qadriyatlarga ongli munosabat shakllantiriladi. Psixologik jihatdan qulay muhit – o‘zaro hurmat, ishonch, ijobiy kommunikatsiya va konstruktiv fikr almashinuvi orqali talabalarning qadriyatlarga bo‘lgan munosabati barqarorlashadi. Bundan tashqari, psixologik treninglar, rolli o‘yinlar, o‘z-o‘zini anglashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar (refleksiya, “hayot yo‘li” metodi va boshqalar) orqali talabalar milliy identitetni shakllantiradi. Amaliy tadqiqotlar va kuzatuvlar asosida aniqlanishicha, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida milliy qadriyatlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning oliy ta’lim muassasalari talabalarini barkamol shaxs sifatida shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning mazmun-mohiyati, ularning oliy ta’lim muassasalari talabalarini barkamol shaxs sifatida shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, talaba, Kalit so‘zlar: Milliy qadriyat, psixologiya, oliy ta’lim, pedagogika, vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники