К содержанию
РецензированоUZ2026

O’SMIRLARDAGI STRESS HOLATINING O’ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR

QILUVCHI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLAR · Muallif: Matyoqubova Zilola Zeripbayevna · Ilmiy rahbar: Abduqahhorova Shaxnoza

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida uchraydigan stress holatlari, ularga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyatlar hamda bu holatlarning oldini olish yoki yumshatish usullari tahlil etiladi. O‘sish va shakllanish bosqichidagi inson psixikasining nozik jihatlari stressni qanday qabul qilishi va unga moslashuvi misollar orqali yoritiladi. Kalit so‘zlar: o‘smirlik, stress, psixologik xususiyatlar, emotsional holat, moslashuvchanlik, oilaviy muhit, ijtimoiy omillar. O‘smirlik davri inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrda organizmda fiziologik va psixologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aynan shu davrda stressga moyillik ortadi, tashqi va ichki omillarga nisbatan sezuvchanlik kuchayadi. Stress esa o‘z navbatida shaxsning emotsional barqarorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyati, ijtimoiy munosabatlari va sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli o‘smirlik davridagi stress holatlarini aniqlash va unga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyatlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘smirlik — bu inson hayotida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradigan, o‘z-o‘zini anglash jarayoni faol bosqichga kiradigan davr hisoblanadi. Bu davrda shaxsiy identifikatsiya shakllanadi, o‘zini mustaqil individ sifatida tan olish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish istagi kuchayadi. Biroq aynan shu bosqichda o‘smir turli stress manbalariga duch keladi. Quyida ularning asosiy sabablari kengroq yoritib beriladi. 1. Oilaviy omillar: Oila — o‘smirning ilk ijtimoiy makoni bo‘lib, uning psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, farzandga bo‘lgan munosabati, tarbiya uslubi stress darajasini belgilovchi muhim omillardandir. Masalan, haddan ortiq qat’iy nazorat yoki befarqlik holatlari o‘smirni ruhiy bosim ostida qoldiradi. Uning fikri hisobga olinmasligi, mustaqil qaror qabul qilishga imkon berilmasligi shaxsiy erk va qadr-qimmatning cheklanishiga olib keladi. Bundan tashqari, oiladagi janjallar, iqtisodiy muammolar, ajrim holatlari o‘smirga bevosita stress manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida uning emotsional beqarorligiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. 2. Akademik bosim: Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchidan yuqori darajadagi bilim va yutuqlarni talab qiladi. O‘smirlar ko‘pincha baholarga haddan tashqari bog‘lanadi, ota-onalarning yoki o‘qituvchilarning umidlarini oqlashga urinadi. Bunday https://scientific-jl.com/ 1 7 8 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bosim ortiqcha tashvish, uyqu buzilishi, haddan tashqari charchoq, o‘zini aybdor his qilish kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, imtihonlar, uy vazifalarining ko‘pligi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik ham ruhiy zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Kelajakdagi kasb tanlovi, oliy o‘quv yurtiga kirish kabi masalalar o‘smir uchun doimiy xavotir manbai bo‘lib qoladi. 3. Tengdoshlar bilan munosabatlar: O‘smirlar uchun do‘stlar, sinfdoshlar va jamoada e’tirof etilish hissi nihoyatda muhimdir. Ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladilar, boshqalardan orqada qolmaslik istagi kuchli bo‘ladi. Ammo bu jarayon davomida tengdoshlar tomonidan rad etilish, masxara qilinish, zo‘ravonlik yoki ijtimoiy chetlatilish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Ayniqsa, “trollik”, “mobbing” yoki “bullying” kabi hodisalar o‘smir psixikasiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuningdek, o‘rtoqlarining fikriga haddan ortiq bog‘lanish, mustaqil qaror qabul qila olmaslik, o‘zligini yo‘qotish xavfini keltirib chiqaradi. 4. Jismoniy va emotsional o‘zgarishlar: Gormonal o‘zgarishlar tufayli o‘smir organizmida jiddiy fiziologik va emotsional silkinishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar ularning tashqi ko‘rinishida, his-tuyg‘ularida, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatida seziladi. Tana tuzilishining o‘zgarishi, husnbuzar, vazn o‘zgarishi, ovozning o‘zgarishi kabi jarayonlar o‘zini noqulay his qilishga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, o‘zini boshqalar bilan solishtirish, o‘ziga nisbatan past baho berish, “men boshqalarga o‘xshamayman” degan fikrlar stressni kuchaytiradi. 5. Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari: Zamonaviy o‘smirlarning hayoti ko‘p jihatdan ijtimoiy tarmoqlarga bog‘liq. Virtual olamda boshqalar bilan taqqoslash, ideal hayot obrazlari, “mukammal tana”, “ideal turmush” kabi tasvirlar ruhiy norozilikni yuzaga keltiradi. O‘smir o‘zining real hayotini boshqalarning sun’iy yaratilgan hayoti bilan solishtirib, o‘zini past baholay boshlaydi. Bu esa o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, norozilik, ruhiy tushkunlik va stressga olib keladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazish uyqu rejimini buzadi, ijtimoiy izolyatsiyani kuchaytiradi. 6. Shaxsiy identifikatsiya va mustaqillikka intilish: O‘smirlik — bu shaxsiy “men” ni anglash, jamiyatdagi rolini aniqlash, hayotiy pozitsiyani shakllantirish davridir. Bu davrda o‘smir mustaqil qaror qabul qilishga, o‘z fikrini bildirishga intiladi. Biroq bu har doim ham yengil kechmaydi. Ichki tortishuvlar, qarama-qarshi istak

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘smirlik davrida uchraydigan stress holatlari, ularga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyatlar hamda bu holatlarning oldini olish yoki yumshatish usullari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida uchraydigan stress holatlari, ularga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyatlar hamda bu holatlarning oldini olish yoki yumshatish usullari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oilaviy muhit, emotsional holat, moslashuvchanlik, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy omillar., stress, Kalit so‘zlar: o‘smirlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти