Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA GENDER ROLLAR VA ULARNING BOLA TARBIYASIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI
PSIXOLOGIK TA’SIRI · MUSINOVA NOZIRA MIRJADJANOVNA
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oiladagi gender rollar va ularning bola tarbiyasiga psixologik ta’siri tahlil qilinadi. An’anaviy va zamonaviy gender tasavvurlari, ota va onaning tarbiyaviy vazifalari, shuningdek, gender rollarning bolada xarakter va ijtimoiy moslashuv shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Maqolada zamonaviy oilalarda kuzatilayotgan gender tenglikka oid tendensiyalar va ularning bolalar psixologiyasiga ta’siri misollar bilan ko‘rsatilib, ijobiy va salbiy tomonlari muhokama qilinadi. Psixologik yondashuvlar asosida bola shaxsining rivojida gender muhitining o‘rni asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: gender rollar, oila, tarbiya, psixologik ta’sir, farzand rivoji, an’anaviy qadriyatlar, zamonaviy oila, gender tenglik, ijtimoiy psixologiya, farzand tarbiyasi Oilaviy hayot har bir insonning jamiyatga moslashuvi, shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida asosiy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Aynan oilada bolalar ilk bor erkak va ayol rollarini kuzatadi, o‘ziga xos jinsiy identifikatsiya shakllanadi. Shu bois, oilada mavjud bo‘lgan gender rollar va ularning taqsimoti farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.O‘zbek jamiyatida an’anaviy gender rollar chuqur ildiz otgan: erkak – uyning boshlig‘i, ayol – oila mehrini tutuvchi sifatida qaraladi. Biroq, zamonaviy ijtimoiy o‘zgarishlar, ayollarning faol jamiyatda ishtiroki, erkaklarning bolalar tarbiyasida faolroq bo‘lishi bu tasavvurlarni o‘zgartirmoqda. Ushbu o‘zgarishlar bolalarning ruhiy holatiga, o‘zini anglashiga, hayotga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Oilada gender rollarning psixologik xususiyatlari, ularning bolalarning xarakter, emotsional barqarorlik va ijtimoiy faollikka bo‘lgan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, sog‘lom gender muhitda ulg‘aygan bola kelajakda jamiyatga foydali, muvozanatli shaxs sifatida kamol topadi. Oiladagi muxit unda sodir bo’luvchi turli psixologik hodisalar ma'lum qonunlarga bo'ysunib bu qonunlarning qilishi guruh tarkibiga bog’liqdir. Shu munosabat bilan oila tarkibini guruhiy jarayonlar manbai sifatida maxsus tahlil obyektiga aylantirish zaruriyati tug’iladi. Tarkibiga ko’ra oila klassifikatsiyasi va oilada bo’lib o’tuvchi jarayonlar B.M.Karimovaning "Oilaviy hayot psix uslubidan ko’ra katta guruh ichida amal qiluvchi me’yoriy xulq shakllari ko’proq kuzatiladi. https://scientific-jl.com/ 2 7 1 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi B.A.Karimova sotsiologik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqqan holda a’zolari tarkibiga ko’ra quyidagi oila turlarini farqlab o’tadi: 1.Katta, bo’linmagan oila. Bunday oilada tarkibiga bir necha avlod vakillari kirib ular bir makonda ya’ni bitta hovlida xonadonda birgalikda yashaydilar."Odatda katta oilaning kattasi"bo'ladi, ya’ni,keksa otaxon va onaxon yoki ulardan biri boshqa bir yoki bir nechta er-xotinlar oilasini ularning farzandlari bilan birga boshqarib, "boshini qovushtirib "yashaydi". Etibor berilsa Karimova tomonidan bo’linmagan oilga berilgan tarifda oila boshqaruvi misolida xududimizga xos bo’lgan milliy xususiyatlar alohida ko’rsatib o’tiladi. 2.Nuklear (yaxlit,yadro) oila. Nuklear oila.Bunday oila turi iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlar va yirik shaharlarga xos tuzulmadir. Nuklear oilada odatda 2 avlod vakillari er-xotin va ularning farzandlari istiqomad qiladi. Subyektning oila kabi kichik guruhga a’zoligi tufayli yuzaga keluvchi sotsial identifikatsiya holati jinsiy identifikatsiya jarayoni bilan uyg’unlashib ketadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish davomida bola oiladagi o’z jinsiga mansub kattalar xulq atvorini o’ziga namuna qilib oladi.Natijada malum guruh doirasida yashovchi o’xshash statusli a’zolar xulq atvori bir-birinikiga o’xshab boradi. Qarindosh-urug’lari ko’p oilalarni o’z shakli shamoiliga ko’ra katta guruhga o’xshtish mumkin. Natijada bo’linmagan oilada shakllangan bola xulqida shaxsning induvidual uslubidan ko’ra katta guruh ichida amal qiluvchi meyoriy xulq shakllari ko’proq kuzatiladi.Shu sababli ta’lim va tarbiya tizimida psixologik xizmatni tashkil etishda bo’linmagan oilada ulg’ayayotgan shaxsga xos bunday xususiyatlar inobatga olinishi lozim. Gender rollar tushunchasi va ularning tarixiy shakllanishi Gender — bu insonning ijtimoiy va madaniy jihatdan belgilangan jinsiy roli va xatti-harakatlaridir. Biologik jinsdan farqli ravishda, gender jamiyat tomonidan belgilangan norma, qadriyat va kutishlarga asoslangan. Bu degani, erkak yoki ayol bo‘lish nafaqat biologik xususiyat, balki ijtimoiy rolni ham anglatadi. Masalan, jamiyat erkaklardan kuchli, jasur va mustaqil bo‘lishni kutsa, ayollardan esa yumshoqlik, mehr, e’tibor talab qiladi. Gender rollar va ularning tarixiy shakllanishi Tarixan erkaklar va ayollar jamiyatda turli vazifalarni bajargan: erkaklar ov qilish, oilani himoya qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ayollar uyda bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lgan. Bu rollar asrlar davomida shakllangan va jamiyat ongiga singib
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oiladagi gender rollar va ularning bola tarbiyasiga psixologik ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oiladagi gender rollar va ularning bola tarbiyasiga psixologik ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, Kalit so‘zlar: gender rollar, zamonaviy oila, ijtimoiy psixologiya, oila, an’anaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, gender tenglik, psixologik ta’sir, farzand rivoji
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026