К содержанию
РецензированоUZ2026

ARAB TILIDA SONNING ISHLATILISHI VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Mohizarbegim ERGASHEVA

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada arab tilida sonlarning ishlatilishi va ularning grammatik xususiyatlari keng tahlil qilinadi. Arab tilidagi sonlar morfologik va sintaktik jihatdan murakkab tizimga ega bo‘lib, ularning sanalmish bilan moslashuvi, e’rob holatlari va jumladagi sintaktik vazifalari alohida o‘rganiladi. Shuningdek, sonlarning arab tilida qo‘llanilishidagi istisnolar va murakkab qoidalar tahlil qilinib, ularning amaliy nutqdagi o‘rni yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: arab tili, sonlarning tasnifi, sanalmish, e’rob, grammatik qoidalar, sintaktik vazifa, istisnolar, mubtado=ega, xabar=kesim, marfu’=bosh kelishik, mansub=tushum kelishigi, majrur=qaratqich kelishigi, kalom=gap/tugal fikr, kalima=so‘z, muzakkar va muannas jins kategoriyalari, mabniy, Tillar inson tafakkurining o‘ziga xos ko‘rinishidir va ularda turli xil birliklar mavjud. Ayrim tillarda qoidalar oson, sodda; ayrimlari esa biroz va hatto ancha murakkab, o‘rganish uchun ko‘proq harakat talab qiladi. Arab tili ham son tizimi jihatidan murakkab va qoidalar bilan boy bo‘lgan tillardan biri hisoblanadi. Arab tilida sonlarning o‘ziga xos grammatik shakllanishi, sanalmish bilan bog‘lanish qonuniyatlari hamda gap tarkibidagi ahamiyati o‘ziga xos tizimni tashkil etadi. O‘zbek, ingliz va rus tillaridagi sonlar va ularning qoidasi arab tilidagi son qoidalaridan sezilarli darajada farqlidir. Son – biron bir predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar turkumi bo‘lib, arab tilida murakkab grammatik qoidalarga ega. Arab tilida sonlar jins (muzakkar/muannas), e‘rob1 va sanalmish bilan uyg‘unlashish jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular nafaqat hisob-kitob uchun, balki adabiy nutq va Qur’oni karim oyatlarida ham keng qo‘llaniladi. Sonlarning to‘g‘ri ishlatilishi arab tilida grammatik aniqlik va mantiqiy izchillikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Sonlarning nutq va grammatika tizimidagi ahamiyati quyidagilardan iborat: 1. Ma’no aniqligi – Sonlar miqdor va tartibni aniq ifodalab, gapning tushunarli bo‘lishiga yordam beradi (uchta kitob – بتك ةثلاث ) 1 E’rob – aynan bir omil tufayli so‘z oxirgi harakatining o‘zgarishi. O‘zbek tilida kelishiklarga to‘g‘ri keladi. https://scientific-jl.com/ 2 7 9 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 2. Grammatik uyg‘unlik – Sanalmish bilan jins va e’rob (so‘zning oxirgi harakati) jihatidan moslashishi yoki maxsus istisnolarga amal qilishi talab etiladi. 3. Sintaktik rol – Mubtado, xabar, aniqlovchi yoki hol vazifasida kelishi mumkin (Talabalar beshtadir. – ةسمخ بُ لاطل). Bu gapda son xabar, ya’ni kesim vazifasidadir. 4. Murakkab tuzilma – 3–10 sonlar sanalmish bilan teskari jinsda, 11–12 mos jinsda kelishi kabi qoidalar mavjud. (Uchta kitob – ب تك ُةثلاث) → kitob so‘zi muzakkar jinsida bo‘lgani uchun unga sonning muannas jinsidagi shakli ishlatilgan. Yoki: (To‘rtta mashina – ت ارايس عُ برأ) → mashina so‘zi muannas jinsida ekanligi uchun uning son qismi muzakkar jinsda bo‘lgan. 5. Nutqning aniqligi – Sonlarning to‘g‘ri ishlatilishi rasmiy nutq va yozma matnlarda grammatik izchillikni ta’minlaydi. Endi esa sonlarning, xususan, sanoq sonlarning grammatik xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz. 1 va 2 sanoq sonlarini ifodalashda, odatda, sonlar ishlatilmaydi. Chunki sanalmishning o‘zida uning bitta yoki ikkita ekanligi aniq bo‘lib turadi. Masalan: Bitta ruchka ( دحاو م لق) Ikkita ruchka ( نِ اتنثا نِ املق ) Yuqoridagi misollarda „qalamun“ va „qalamani“ sanalmishlarining o‘zini ishlatsak ham, uning bitta/ikkita ekanligi aniq bo‘lib qolaveradi. 1 va 2 sonlari sanalmish bilan jinsda to‘liq moslashadi, ya‘ni son muzakkar bo‘lsa, sanalmish ham muzakkar; aksincha bo‘lsa, sanalmish muannas bo‘ladi. Lekin predmetning bir yoki ikkitaligi ta’kidlansa, نِ اتنثا/نانثا ،ةدحاو/دحاو qo‘shilishi kerak. 1 va 2 sonnlari sanalmish otdan keyin qo‘yiladi va sanalmish ot bilan moslashgan aniqlovchi kabi to‘rt jihatda (jinsda, sonda, kelishikda, holatda) moslashadi. Masalan: Menda bitta kitob bor. دحاو ب اتك يل : Bosh kelishik, muzakkar, birlik, noaniq holatda. Bitta kitob sotib oldim. ً ادحاو ًاباتك تُ يرتشا : Tushum kelishigi, muzakkar, birlik, noaniq holatda. Eslatma! دحأ soʻzi gapda «kimdir» gumon olmoshi yoki inkor gaplarda «hech kim» ma’nosida ham ishlatiladi. Masalan: Oldimga kimdir keldi. – . دحأ ينءاج Oldimga hech kim kelmadi. – 2. دحأ ينءاج ام 3–10 gacha bo‘lgan sanoq sonlar sanalmishning birlik sondagi jinsiga qarama-qarshi jinsda bo‘ladi, sanalmish esa ko‘plik, noaniq, qaratqich kelishigida keladi. Ular odatda izofa birikmasini hosil qiladi: ب لاط ُةثلاث – uchta talaba ت ابلاط ثُ للاث – uchta toliba 2 N.Ibrohimov va M.Yusupov. Arab tili grammatikasi I jild. Oʻquv qoʻllanma. T., 1997. https://scientific-jl.com/ 2 8 0 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Sanalmish aniq holda bo‘lishi mumkin: .تابلاطلا عَ برأ تُ يأر – (o‘sha) to‘rtta tolibani ko‘rdim. 3-10 bo‘lgan ma’lum sonlarni bildiruvchi „bir nechta“ (ةعضب/ضعب ) so‘zi ham xuddi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada arab tilida sonlarning ishlatilishi va ularning grammatik xususiyatlari keng tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada arab tilida sonlarning ishlatilishi va ularning grammatik xususiyatlari keng tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sonlarning tasnifi, sintaktik vazifa, grammatik qoidalar, mansub=tushum kelishigi, mubtado=ega, muzakkar va muannas jins kategoriyalari, tugal fikr, mabniy, kalom=gap, Kalit so‘zlar: arab tili, sanalmish, kalima=so‘z, majrur=qaratqich kelishigi, e’rob, marfu’=bosh kelishik, xabar=kesim, istisnolar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники