К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOG XONASINI TASHKIL ETILISHIDA QULAY IMKONIYATLAR YOXUD XONANING BESH BURCHAKLI GEOMETIRIK SHAKLI

Masharipova Umida Masharipovna · psixologi Xudayquliyeva Yulduz Otaboyevna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Vaqtning oʻtishi sayin borliq ham oʻzgarishlar bilan boyib bormoqda. Bunday oʻzgarishlar nafaqat borliq balki insoniyat tamadduniga katta taʼsir koʻrsatdi. Insonlar oʻz hayotini yillar mobaynida turli hayotiy jarayonlar va kashfiyotlar bilan osonlashtirish, turli xil qiyinchiliklar va muamolarni bartaraf etish choralarini muntazam takomillashtirib kelinmoqda. Psixolog xonasiga qo’yilgan talablarga innovatsion yondashib, yangicha imkoniyatlardan foydalanish va uni isloh etish bugungi o’zgarishlar va yangi evrilishlarga muvofiqdir. Kalit so’zlar: O’zgarish, rivojlanish, besh burchakli xona, onlayn suxbat, psixologik xizmat, yo’riqnoma etibor. Bunday oʻzgarishlar insonlar shart -sharoitlarini yaxshilashda turliy xil kasb va hunarlarning paydo boʻlishi bilan ham bogʻliqdir. Har bir kasb-hunar, sanʼat va mehnatning rivojlanishda hozirgi kunning oʻzgarishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Oʻzgarishlar deyarli barcha sohada, kasbu hunarda mavjud. Shuningdek, psixologiya fani ham birmuncha oʻzgarishlar bilan rivojlangan boʻlsa, yangi nazariya, gʻoya va fikrlar orqali u takomillashib kelmoqda. Balki bundan buyogʻiga ham fanning jadal surʼatda oʻsishiga shubha yoʻq. Bunga oddiy isbot- psixologiya hatto kichik detallarga ham katta eʼtibor qaratishi. 1Shuning uchun bu fan 300 dan ortiq tarmoqlanib, u turli- tuman sohalarda oʻz aksini topdi. Fanning oʻzgarishlari va rivojlanishi haqida gap ketar ekan, bunda biz uchun sir boʻlgan yoki bizni qiziqtirgan savollar ham bunga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bizni qiziqtirgan savollardan biri bu psixolog xonasini qanday tashkillash kerak? Bilamizki maktab, bohcha, kollej va boshqa taʼlim maskanlarida, undan tashqari turli tashkilotlarda psixolog xonasi tashkil etiladi. Psixolog xonasini tashkil etilishida nafaqat xona jihozlari balki xonaning joylashgan oʻrni va uning geometrik shakliga ham e’tibor berilsa bu maqsadga juda yaqin boʻladi. Geometrik shakli deganda asosan xonaning toʻgʻri toʻrtburchak yoki kvadrat shakliga ega boʻlishini tushunamiz. Toʻgʻri shunday, taʼlim maskanlari yoki boshqa tashkilotlardagi umumiy binoning xona tuzilishiga mos ravishda psixolog xonasi ham geometrik shakli jihatidan uncha farq qilmagan holda kvadrat yoki toʻgʻri toʻrtburchak boʻladi. Shakli 1 300 dan ortiq tur ziyotalimuz.com https://scientific-jl.com/ 2 8 7 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi jihatidan odatiy boʻlgan bunday xonalardan tashqari noodatiy tarzdagi yana bir shakl mavjud. Bu xonaning besh burchakligidir. Notoʻgʻri fikr, tushunarsiz holatni yuzaga keltiruvchi tasavvurni uygʻotishi tabiiy. Shuning uchun ham bu noodatiy xonaning shakli. Psixolog xonasining besh burchakli boʻlishi bir qancha imkoniyatlarga yoʻl ochib beradi. Besh burchakli ushbu psixolog xonasiga kirgan inson oʻzini oʻzga olamga oʻtganday his qiladi. Muammosi bor insonlar ham huddi shunday xonaga kirgach muammolarni unutib koʻrgan narsalarini tahlil qila boshlaydi bu esa mijozning fikrini jamlab olishiga koʻmaklashadi. Oʻz oʻtmish voqealariga nazar solishda unga hech bir noxush hislar xalal bermaydi. Xonaning besh burchakligi insonlarga yana bir yoʻl borligi haqida ishora qiladi. Bu shaklning qulaylik taraflarini birma-bir sanab o’tilsa, ko’p jixatdan foydali ekanligiga guvoh bo’lish mumkun. Misol uchun, xonaning bir oz kengroq bo’lishi, bazi predmetlarni devor tarafga qo’yilishida ularning soni bittaga ko’payib qolgan jixozlarni ham joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Ba’zan shaxslararo jamoviy uslubda psixologik xizmat, turli treninglar o’tqazishda ham yumaloq stolda ko’plab o’quvchi yoki boshqa turli insonlarni xona sig’imiga moslash juda qo’l keladi. Joylashuvi, xonaning geometirik shakli noodatiy holatga undagan bo’lsa, Joylashuv jihatdan ham bu yana bir bor o’zgarishlarga duch keladi. Ya’ni xonaning joylashuvi o’zgaradi. Buning sababi o’zingizga ayon. Chunki besh burchakli xonani hech bir tashkilot binosiga joylashtirib bo’lmaydi. Agarda joylashtirishning imkoniyati bo’lganida ham, bu bir talay muammoni keltirib chiqarar edi. Ushbu noodatiy tarzda qurilgan besh burchakli xonani joylashtirish uchun munosib o’rin bu alohidalashtirish, ya’ni yakkalash usulidan foydalanib, binoning yon tarafidan alohida poydevor bilan qilish lozim. Bunda psixolog xonasi asosiy binoning orqa yoki yon tomoniga qurilishi, asosan atrof tabiatga uyg’unlashgan holatda bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Xonaning devoriga yana bir kichik bino ya’ni kirish zalini birlashtirish bunga yana bir qulaylikni beradi. Uning yana bir qulayligi kirish zali uni xonaga bog’lash bilan birgalikda qo’shimcha ishchi xonasini hosil qiladi. Kirish zali xuddi qabul xonalar singari jixozlangan bo’lishi kerak. Alohidalashgan ushbu psixolog xonasining deyarli barcha tashkilotlar uchun yana bir qulayligi bor. Bu qulaylik shundan iboratki, ko’plab tashkilotlarda asosan ta’lim maskanlarida, maktablarda, psixolog xonasini tashkil etish unga yetarlicha joy tanlashga doir muammodan xalos etadi. Psixolog xonasining shakllanishi.2

Доказательный фрагмент

«Vaqtning oʻtishi sayin borliq ham oʻzgarishlar bilan boyib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Vaqtning oʻtishi sayin borliq ham oʻzgarishlar bilan boyib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, onlayn suxbat, besh burchakli xona, psixologik xizmat, Kalit so’zlar: O’zgarish, yo’riqnoma etibor.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники