Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SMIRLIK DAVRI PSIXODIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYASI
Raxmanova Marhabo Madirimovna · psixologi Otajanova Rahima Kadambayevna
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqda yoritilgan. Shuningdek, o'smirlik davrini o'rganish bo'yicha psixodiagnostik uslublar keltirilgan. o'smirlik ko'p jihatdan insonning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim palla hisoblanadi. Bu davrda ota-onalar farzandlariga har doimgidan ko'proq e'tibor berishlari kerak. Kalit so'zlar: O'smir, o'smirlik davri psixologiyasi, "Men" konsepsiyasi, o'tish davri. O'smirlik balog'atga yetish davri bo'lib yangi hislar, sezgilar, tuyg'ular paydo bo'ladi. Bu davrda o'smir hayotida fiziologik va psixologik o'zgarishlar juda ham keskin sur'atlarda amalga oshiraldi. Kichik maktab yoshidagi novcha qizlarning yonida bo'yi pastroq lekin serharakat bolalar o'smirlik davrida novcha qizlarga yetib oladilar, hattoki ulardan o'zib ham ketadilar. Bu davrda qiz bolalar 5-7 smga o'ssalar,o'g'il bolalar esa unadan yuqori 5-10 smga o'sib ketadilar. Bo'y o'sishi naysimon suyaklar va umurtqa pog'onasining uzayishi hisobiga ro'y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari hali yetarli darajada suyaklanmagan,yumshoq bo'ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o'smirlar sportning murakkab,og'ir turlari bilan shug'ullanishiga yo'l qo'ymasligi kerak.Aks holda bolalarning umurtqa pog'onasi qiyshayib bo'yi o'smay qolishi mumkin.Og'iz bo'shlig'iga hamda halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko'proq darajada sodir bo'ladi. O'g'il bolalarning tovushi vazminroq bo'lib qoladi va do'rillaydi. Ayni shu holat ham o'smir psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Agar ularning ovozi muhokama qilinaversa, ustidan kulinaversa o'smir aggressor, urishqoq bo'lib qoladi. Shuning uchun ham kattalar o'smirlar bilan qanday muomala qilishni bilishlari kerak. Chunki ular o'zlari bilan xuddi kattalardek muomala qilishlarini xohlashadi. Insonning o'zining "Meni" ham shu davrda rivojlana boshalaydi va u o'zligini anglashni o'rganadi. Ular o'zlarining layoqati, qobiliyati va imkoniyatlarini ma'lum darajada o'rtoqlariga va o'qituvchilariga ko'rsatishga intiladilar. O'smirlik davri "O'tish davri", "Krizis davri", "Qiyin davr" kabi nomlarni olgan psixologik ko'rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki bu yoshdagi o'smirlarning xatti-harakatlaridagi muqobil, yangi sharoitlarda o'z o'rnini topa olmaslik, psixik portlash hollari ham kuzatiladi. https://scientific-jl.com/ 2 9 1 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tevarak-atrofdagi odamlarga o'zining ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun u kuchli, qo'rqmas va epchil bo'lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o'z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo'lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo'lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o'rtasidagi qarama-qarshiliklar ba'zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o'smir bola tushunishga o'rgatilmagan bo'lsa va «kerak» bo'lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo'lsa, u o'zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o'zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O'smirning yangi huquqlarga da'vosi, avvalo, kattalar bilan o'zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo'ladi. O'smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko'rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo'naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u norozilik bildiradi. O'smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko'pincha ular o'zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.O'smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O'smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o'zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo'lgan o'smirda juda ko'p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo'ladi va ular o'smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o'smirning ma'naviy o'sishi, Shuningdek psixikasidagi o'zgarishlar bilan ham bog'liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o'zgaradi, o'zining yaqinlari, do'stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o'zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko'pgina o'smirlarda o'zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o'zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga to'g'ri kelmayotganligi o'smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o'smirda o'zi haqida salbiy fikr va qo'rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba'zi o'smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganlig
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqda yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqda yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O'smir, o'smirlik davri psixologiyasi, "Men" konsepsiyasi, o'tish, Kalit so'zlar: O'smir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025