К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA RUHIY MUVOZATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI · Yamonova Mehriniso Ibodullayevna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Maktab yoshidagi bolalarda ruhiy muvozanatni shakllantirish ularning psixologik farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim omillardan biridir. Ushbu maqolada ruhiy muvozanat tushunchasining mohiyati, uning bolaning shaxsiy va intellektual rivojlanishiga ta’siri hamda bu jarayonni belgilovchi psixologik va ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Xususan, pedagoglar va ota-onalarning ushbu jarayondagi o‘rni, bolalarning emotsional intellektini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali psixologik usullar, interfaol yondashuvlar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari yoritiladi. Maqola ilmiy tadqiqotlar, psixologik nazariyalar va real amaliy tajribalar asosida ruhiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘llarini ochib beradi hamda bu boradagi tavsiyalarni taklif etadi. Kalit so‘zlar: ruhiy muvozanat, maktab yoshi, psixologik barqarorlik, stressga chidamlilik, emotsional intellekt, ijtimoiy moslashuv, psixologik farovonlik, pedagogik yondashuvlar, oilaviy muhit, bola psixologiyasi. Har bir bolaning barkamol rivojlanishi, faqat jismoniy holatiga emas, balki ruhiy salomatligiga ham bog‘liqdir. Ruhiy muvozanat bolaning hissiy holati, stressga chidamliligi, ijtimoiy moslashuv qobiliyati va umumiy psixologik farovonligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Maktab yoshidagi bolalarda ushbu sifatlarni shakllantirish, ularning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy jamiyatda bolalar turli ijtimoiy va psixologik stresslarga duch kelishmoqda, shu jumladan, axborot bosimi va raqobat muhitida hayot kechirmoqda. Shunday sharoitda, bolalarning ruhiy muvozanatini saqlash va rivojlantirish ota-onalar, pedagoglar va jamiyatning birgalikdagi mas’uliyatidir. Ruhiy barqarorlikka ega bo‘lgan bola o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, muammolarga yondashishda chidamli bo‘lish va ijtimoiy muhitda osonlik bilan moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bolaning ruhiy barqarorligini shakllantirishda oilaviy muhitning roli juda katta. Mehribon va qo‘llab-quvvatlovchi ota-onalar farzandining ichki dunyosini yaxshiroq tushunishga harakat qilishlari, uning psixologik ehtiyojlarini inobatga olishlari zarur. Shu bilan birga, maktab pedagoglarining ham o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilar, o‘quvchilarning ruhiy holatini his etib, ularga individual yondashuv orqali motivatsiya berish, kerak https://scientific-jl.com/ 2 9 5 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi bo‘lganda psixologik yordam ko‘rsatishlari lozim. Bundan tashqari, bolalarni stressga chidamli qilish maqsadida, ularni turli ijodiy mashg‘ulotlar, jismoniy faollik va ijtimoiy muloqotga jalb qilish juda muhimdir. Sport, san’at, va jamoaviy o‘yinlar bolalarning ruhiy barqarorligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar nafaqat jismoniy sog‘likni, balki ruhiy holatni ham mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, bolalarni to‘g‘ri muloqot qilishga o‘rgatish, hissiyotlarini aniq ifodalash va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bolalar ruhiyatining barqarorligi ularning jismoniy va aqliy rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega. Hozirgi zamonning turli tashqi omillari — o‘quv jarayonidagi bosim, oilaviy muhit, ijtimoiy munosabatlar va texnologik taraqqiyot — bolalarning ruhiy muvozanatini buzishi mumkin. Ushbu omillar bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini, ijtimoiy moslashuvchanligini va hayotdagi umumiy faoliyatini sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun, bolalar ruhiy holatini muntazam ravishda kuzatish, ularning ruhiy barqarorligini saqlash va rivojlantirish jamiyat va ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashda kattalar kabi ochiq bo‘lavermaydi. Ko‘pincha, ular o‘z muammolarini so‘z bilan emas, balki xatti-harakatlari, rasmlar chizish yoki kayfiyatlaridagi o‘zgarishlar orqali namoyon etadi. Shuning uchun, bolalarning ichki dunyosini to‘g‘ri tushunish, ularni tashvishga solayotgan muammolarni aniqlash va stress darajasini kamaytirish uchun maxsus psixologik testlar va metodlardan foydalanish zarur. Bolalar hayoti turli xil hissiy o‘zgarishlarga boy bo‘lib, ular ko‘pincha stress, xavotir yoki charchoq kabi holatlar bilan yuzlashadilar. Bunday vaziyatlarda jismoniy faollikning roli katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu bolalarning ruhiy muvozanatini tiklashga, ularning farovonligini yaxshilashga yordam beradi. Harakat va jismoniy mashqlar nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash, balki bolalarning psixologik rivojlanishi va hissiy barqarorligini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Jismoniy faollikning bolalarning ruhiyatiga ijobiy ta’siri nafaqat jismoniy holatni, balki hissiy holatni ham o‘zgarishlarga olib keladi. Jismoniy mashqlar paytida organizmda endorfin va serotonin kabi baxt gormonlari ishlab chiqariladi, bu esa stressni kamaytiradi, xavotirni pasaytiradi va bolalarning

Доказательный фрагмент

«Maktab yoshidagi bolalarda ruhiy muvozanatni shakllantirish ularning psixologik farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim omillardan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktab yoshidagi bolalarda ruhiy muvozanatni shakllantirish ularning psixologik farovonligi, ijtimoiy moslashuvi va o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim omillardan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oilaviy muhit, maktab yoshi, ijtimoiy moslashuv, psixologik farovonlik, emotsional intellekt, Kalit so‘zlar: ruhiy muvozanat, stressga chidamlilik, bola psixologiyasi., psixologik barqarorlik, pedagogik yondashuvlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники