К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABLARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI

BARTARAF ETISH YOʻLLARI · Gaipova Gulbahor Matiyakubovna · Kenjayeva Sevara Roʻzimboy qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy-psixologik muammolar, giperaktiv bolalar bilan ishlash, ota-onalarga tavsiyalar va chapaqaylik masalalari haqida to‘liq va chuqur tahlil berilgan. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-psixologik muammolar, giperaktivlik, agressivlik, chapaqaylik, krizis, korreksiya, psixika, verbal va noverbal kommunikatsiya, obrazli fikrlash, mantiqiy qobiliyat. Hozirgi zamonning tezkor rivojlanishi va o'zgaruvchan sharoitlari, faqat kattalar uchun emas, balki bolalar uchun ham yuqori talablarni keltirib chiqarmoqda. Bu murakkab ijtimoiy sharoitda, umumta'lim maktablarining asosiy vazifasi, har bir bolaga to‘g‘ri yo‘lni tanlashga yordam berishdir. Maktab, oiladan keyin eng muhim ijtimoiy muhit bo‘lib, u o‘quvchilarga ijobiy ijtimoiy xulqni singdirish va ularning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga imkon yaratish kerak. Maktabning ta’lim va tarbiya jarayonida muammolar mavjud bo‘lgan bolalarga yordam berish ayniqsa muhimdir, chunki bu bolalar, ko‘pincha ijtimoiy jihatdan xavfli, muammoli oilalarda tarbiyalanadi. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida eng katta ijtimoiy-psixologik muammo, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishdir. Ushbu masalani hal qilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: 1. Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligiga olib keluvchi sabablarni aniqlash, ularga qarshi profilaktika ishlari o‘tkazish. 2. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish. 3. Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarlik yoki boshqa ijtimoiy me'yorlarga zid hatti-harakatlar sodir etishining oldini olish. Bu vazifalarni amalga oshirishda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlarining ishtiroki muhim. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish uchun sport bilan shug‘ullanish, badiiy ijodiyotga jalb qilish va to‘garaklar tashkil etish juda zarur. Shu bilan birga, bolalarning ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, kitob o‘qish kabi tarbiyaviy faoliyatlar, o‘quvchilarning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilarining ijtimoiy-psixologik muammolarini aniqlash, ularga samarali https://scientific-jl.com/ 3 0 0 42-son_3-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi korreksiya va yordam ko‘rsatish jarayonida o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik birgalikda faoliyat yuritishlari zarur. Shuningdek, bolalar uchun bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va ijodiy faoliyatlarni rivojlantirish, ularning kelajakda ijtimoiy mas'uliyatli va muvozanatli shaxslar bo‘lib shakllanishiga katta yordam beradi. Huquqiy tarbiya berish. Voyaga yetmaganlar va ota-onalar uchun huquqiy masalalarga alohida e’tibor qaratish, bolalarning o‘z hatti-harakatlari uchun mas'uliyatini oshiradi. Amaliy tajribaga asoslanib, shuni ta’kidlash joizki, uzoq vaqt davomida doimiy ravishda darslarni qoldiruvchi va o‘qishdan orqada qolishga moyil bo‘lgan oila farzandlari quyidagi shartli guruhlarga bo‘linadi: 1. Nochor va kam ta’minlangan oila farzandlari. Bunday oilalarda ota-onalar aniq doimiy ish o‘rni bo‘lmagan, ko‘pincha mehnatga layoqatli emas yoki juda kam ish haqi bilan ishlaydigan kishilardir. O‘tmishda sudlangan, ichkilikka berilgan ota-onalar farzandlarining o‘qish va tarbiyasi bo‘yicha qiyinchiliklar ortadi, chunki ular maktab bilan muloqotda bo‘lishni xohlamaydilar va bu ularning tarbiyaviy funksiyalarini kuchaytirishga to‘sqinlik qiladi. 2. To‘liq bo‘lmagan oila farzandlari. Bunday oilalarda o‘quvchining tarbiyasi birgina ota yoki ona zimmasiga tushadi (ko‘pincha ona). Farzandining o‘qishi va vaqtini nazorat qilish, uning bilimini mustahkamlashda ota-onaning ko‘maklashishi zarur, ammo bu holatda ko‘pincha vaqtning etishmasligi yoki shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar ota-onaning tarbiyaviy faoliyatini cheklaydi. Oiladagi og‘ir ruhiy holat va barqarorlikning yo‘qligi farzandning o‘zini tutishiga ta’sir ko‘rsatadi. 3. Qarindoshlar qaramog‘ida bo‘lgan bolalar. Ota-onalari biror sabablarga ko‘ra (masalan, ko‘p bolali oila yoki ota-onalar safarda bo‘lganda) farzandini tarbiyalashni yaqin qarindoshlar zimmasiga yuklashadi. Bunday bolalar ko‘pincha oilaviy muhitdan uzoq bo‘lib, qarindoshlar tomonidan ta’lim va tarbiya ko‘rishadi, bu esa bolalarda ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 4. Ota-onalari ishlash maqsadida chet elga ketgan oila farzandlari. Bunday bolalar ko‘pincha o‘z ota-onalarining yo‘qligida o‘z oilaviy majburiyatlarini bajarishga majbur bo‘ladi, masalan, uy ro‘zg‘or ishlarini bajarish, ukalariga qarash va boshqa kundalik faoliyatlar. Ular ko‘pincha kattalar rolini o‘ynashga majbur bo‘lib, bu esa bolalarning psixologik va emotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 5. Notinch oila farzandlari. Bunday oilalarda doimiy ravishda janjallar, oila a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar, ota-ona o‘rtasidagi muammolar farzandlarida xavotir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ijtimoiy-psixologik muammolar, giperaktiv bolalar bilan ishlash, ota-onalarga tavsiyalar va chapaqaylik masalalari haqida to‘liq va chuqur tahlil berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ijtimoiy-psixologik muammolar, giperaktiv bolalar bilan ishlash, ota-onalarga tavsiyalar va chapaqaylik masalalari haqida to‘liq va chuqur tahlil berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
verbal va noverbal kommunikatsiya, mantiqiy qobiliyat., obrazli fikrlash, krizis, Kalit so‘zlar: ijtimoiy-psixologik muammolar, psixika, agressivlik, chapaqaylik, korreksiya, giperaktivlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники