К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI VA TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Bo‘ronova Muyassar Xo‘shvaqtovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim metodikasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or pedagogik metodlar va innovatsion texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, o‘qitishning interfaol usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va o‘yin orqali o‘qitishning samaradorligi yoritilgan. Maqola maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, metodika, ta’lim texnologiyasi, interfaol o‘qitish, AKT, innovatsion pedagogika, o‘yin texnologiyalari, rivojlantiruvchi ta’lim. Maktabgacha ta’lim bolaning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlanishining asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bosqichda bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga yangicha yondashuvlar zarur. Zamonaviy pedagogik metodlar va ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyati, ijodiy tafakkuri va muloqot ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuyidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalani maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan ota-onalarning ijtimoiy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 https://scientific-jl.com/ 2 3 6 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti-yetti yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim-tarbiya oladilar. Ularning sog‘lig‘i mustahkamlanadi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Shuni ham aytish joizki, Innovatsion ta’lim texnologiyasi - bu o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va ta’lim va ta’lim faoliyati uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o‘z ichiga olgan o‘quv va ta’lim faoliyatini tashkil etish metodologiyasi, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi tendentsiyalari va ta’limdagi innovatsiyalar ta’lim sohasidagi innovatsiyalarning paydo bo‘lishiga qaratilgan kompleks tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu innovatsiyalar ta’lim jarayonini tashkil etishning usul va uslublari, ta’lim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan resurslar, ilmiy nazariyalar va tushunchalar bo‘lishi mumkin. Innovatsiya yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlarni, ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo bo‘lishi loyihalash ishlarining natijasi bo‘lishi mumkin, bunda mavjud ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini aks ettiruvchi instrumental va texnologik bilimlar rivojlanadi. Bugungi globallashgan davrda yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan himoyalashning eng samarali yo‘li ularni ta’lim va tarbiyaga jalb etish, qiziqtirish hamda ajdodlarimizning madaniy hamda ma’naviy meroslarini keng tarqatishdan iboratdir. Ta’lim va tarbiya to‘g‘ri tashkil qilinsa, yoshlar ongida ma’naviy bo‘shliq payda bo‘lmaydi. Ta’lim, avvalo, maktabgacha ta’lim davridan boshlanishi ham e’tiborga loyiq bir hol hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida quyidagi innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi:  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – interaktiv doskalar, ta’limiy ilovalar va multimedia vositalari orqali vizual o‘qitish.  STEAM yondashuvi – fan, texnologiya, mu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim metodikasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim metodikasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim texnologiyasi, metodika, interfaol o‘qitish, AKT, Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, o‘yin texnologiyalari, innovatsion pedagogika, rivojlantiruvchi ta’lim.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники