Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIYNING O‘ZBEK ROMANCHILIGIDAGI O‘RNI
Mardonova Mashhura Murtoza qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning o‘zbek romanchiligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil etiladi. Muallifning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari o‘zbek adabiyotida yangi sahifa ochganligi, ularning milliy o‘zlikni anglash va adabiy tafakkurning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, maqolada Qodiriyning asarlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, uning uslubi va adabiy merosi xususida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, o‘zbek romanchiligi, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, milliy adabiyot, realizm, tarixiy roman, adabiy meros. Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20- yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Avval musulmon maktabida, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, Kasabalar sho‘rosining sarkotibi, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi. «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir. «Uloqda» hikoyasi, «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi satirik hikoyalar muallifi. «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari, «Obid ketmon» qissasi yozuvchining ulkan mahoratini o‘zida mujassam etgan. Abdulla Shunosiyning «Fizika», N. V. Gogolning «Uylanish», A. P. Chexovning «Olchazor» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy 1926-yilda «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937-yilning 31-dekabrida esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan. Uning asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlangan (1994). O‘zbek adabiyotida romanchilik janrining shakllanishi va rivojlanishida Abdulla Qodiriyning o‘rni beqiyosdir. U o‘zining ijodi bilan nafaqat yangi janrni yaratdi, balki https://scientific-jl.com/ 2 4 6 42-son_2-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi o‘zbek adabiyotiga milliy tarix va ijtimoiy muammolarni aks ettirish an’analarini ham olib kirdi. Uning asarlari millatning o‘zlikni anglashida muhim rol o‘ynagan va bugungi kungacha dolzarbligini yo‘qotmagan. Abdulla Qodiriyning romanchilik faoliyati Qodiriy o‘zbek romanchiligiga asos solgan ijodkor sifatida tanilgan. Uning “O‘tkan kunlar” romani 1926-yilda chop etilib, o‘zbek adabiyotida tarixiy roman janrining shakllanishiga asos soldi. Ushbu asar orqali muallif Turkiston tarixidagi murakkab davrlarni yoritib, milliy ong va madaniy xotiraning tiklanishiga xizmat qildi. Shuningdek, “Mehrobdan chayon” romani ham ijtimoiy muammolarni qalamga olgan bo‘lib, o‘zbek xalqining an’anaviy qadriyatlari va zamonaviy hayot o‘rtasidagi ziddiyatni yoritishga qaratilgan. Adabiy uslub va ta’sir Qodiriyning romanlarida realizm va tarixiy haqiqat uyg‘unlashgan. Uning uslubi hayotiylik, jonli dialoglar va aniq tasvirlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, asarlarida xalq og‘zaki ijodining unsurlaridan keng foydalanilgan bo‘lib, bu ularning o‘quvchilarga yanada yaqin bo‘lishini ta’minlagan. Qodiriyning ijodi keyingi avlod yozuvchilariga katta ilhom bag‘ishlab, o‘zbek romanchiligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynagan. O‘tkan kunlar” romanining ma’no-mundarija doirasi niho-yatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasiromanningasosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “O‘tkan kunlar” bamisoli ulkan va tiniq ko‘zgu, unda o‘zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf- odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq, ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik – oshiq, mashuqa va ag‘yor, bir qarashda, an’anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zo‘r mahorat bilan tasvir etiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” – ishq-muhabbat tuyg‘usiga doir inja tafsilotlar kitobxon ni hayajonga soladi; Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojeaviy sahnalar kishini chuqur o‘yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahv
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning o‘zbek romanchiligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning o‘zbek romanchiligidagi o‘rni va xizmatlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “O‘tkan kunlar”, adabiy meros., realizm, milliy adabiyot, o‘zbek romanchiligi, tarixiy roman, “Mehrobdan chayon”, Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025